BISHKEK – Egalari “aksilkorruptsiya kafesi” deb nomlagan Bishkekdagi kafeda barista kofe ustiga dolchin bilan tanish suratni tushirmoqda.
“Kommuna” kafesi bojxona rahbarining sobiq oʻrinbosari Raimbek Matraimovning suratiga toʻlgan – u finjonlar, devordagi posterlar, hatto hojatxonaga ham ilib qoʻyilgan.
Hozirda Matraimovga qarshi poraxoʻrlik va kontrabanda ayblovlari ilgari surilmoqda, undan norozi boʻlgan yuzlab odamlar namoyishga chiqqan, norozilarning aksariyati Istanbulda ishga aloqador informatorning oʻldirilganidan gʻazabga tushgan.
Ayrimlar “Kommuna” kafesida joylashgan “UMUT-2020” harakatini muxolifat boshqaruvidagi faol namoyishlar tarixiga ega, ammo fuqaroviy faolligi past boʻlgan umidli oʻzgarish oʻlaroq olqishlamoqda.
Bu “siyosiy madaniyatimizdagi yangi yoʻnalish”, deydi iqtisodiy tahlilchi va faol Twitter foydalanuvchisi Azamat Akeneyev shu oy boshida “Kommuna” kafesida boʻlib oʻtgan siyosiy sheʼrxonlik kechasida AFP nashriga.
“Korruptsiyaga qarshi haqiqiy choralar koʻrishi uchun hukumatga bosim oʻtkazmoqchimiz”, dedi u. Bu nuqtai nazarni Matraimovning surati diqqat markazida boʻlgan 25-noyabr kungi noroziliklar ham tasdiqlagan, shu kuni koʻchaga chiqqanlar xuddi futbol oʻyinidagi kabi sariq kartochkalarni koʻtarib olishgan.
Korruptsiya Qirgʻizistonda koʻpchilik uchun oddiy holga aylanib qolgan. 2005 va 2010-yillarda tanish-bilishchilik va poraxoʻrlikka qarshi noroziliklardan keyin ikki prezident lavozimidan olib tashlangan edi.
Uchta ommaviy axborot vositalari tomonidan eʼlon qilingan jurnalistik tekshiruv natijasida dengizga chiqish yoʻli boʻlmagan bu davlatda aniqlangan kontrabanda, pul yuvish va bojxonadagi korruptsiya tufayli koʻpchilik norozilikka sabab boʻlgan bu tizimda hech qanday oʻzgarish yuz bermaganiga amin boʻldi.
Informator oʻlimi
Tanqidchilari tomonidan “Raim million” deb atalgan Matraimov bojxona idorasida keng koʻlamli poraxoʻrlik va kontrabanda bilan shugʻullangani, mamlakatdan millionlab AQSH dollarining chiqib ketishiga sabab boʻlgan sxemalarda ishtirok etgan.
U qonunni buzganini rad etmoqda, unga qarshi hech qanday ayblovlar qoʻyilmagan.
Bojxona xizmati tizimda kontrabanda mavjudligini rad etar ekan, Matraimovning lavozimidan ozod qilinganini taʼkidlagan.
Matraimov Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining qirgʻiz xizmati, mahalliy Kloop.kg nashri va da joylashgan uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyani yorituvchi AQSH loyihasi olib borgan tekshiruvlar yuzasidan soʻroq uchun Qirgʻiziston davlat xavfsizlik qoʻmitasiga ikki marta chaqirtirilgan.
U oila aʼzolarini tergov qilgan qirgʻiz jurnalistlardan birini, shuningdek, “UMUT-2020” harakati va “Kommuna” kafesi asoschisi, sobiq deputat Shirin Aytmatovani sudga berishini aytgan.
10-noyabr kuni Istanbulda asosiy informator oʻldirilmaganida jurnalistik tekshiruv bu qadar norozilikka sabab boʻlmas edi.
Asli uygʻur boʻlgan Xitoy fuqarosi Ayyerken Saymaiti kontrabanda bilan shugʻullanuvchi uygʻur biznes klani foydasiga mamlakatdan minglab AQSH dollari olib chiqqani haqida hujjatlarni jurnalistlarga taqdim etgan.
U Matraimov va boshqa mansabdorlarga pora berganini ham iddao qilgan.
2017-yilda Qirgʻizistondan qochib ketgan Saymaiti jurnalistlarga oʻz hayoti uchun xavfda ekanini aytgan. Bungacha ham Markaziy Osiyo mamlakatlarining birida uning hayotiga tahdid qilishgan edi.
U tekshiruv chop etilishidan ikki hafta oldin Istanbul markazida otib ketilgan. Turkiya politsiyasi otishmaga aloqador toʻrt kishini hibsga olgani haqida xabar bergan.
Siyosiy rishtalar
Faollar Matraimovning soʻroq qilinganini olqishlagan boʻlsa-da, koʻpchilik ushbu nufuzli shaxsning hibsga olinishi yoki real islohotlar boshlanishiga ishonmayapti.
25-noyabr kungi mitingdan bir kun oldin kommunada oʻtkazilgan sheʼriyat kechasida ishtirok etganlarning aksari taniqli blogerning finta qoʻzgʻashda ayblanib hibsga olingani yuzasidan xavotir bildirgan.
“Hukumat arboblari haqidagi munozarali postlari uchun” bloger Aftandil Jorobekovga qarshi ayblovlar ilgari surilgan, deb xabar beradi Human Rights Watch.
Oʻshandan beri u ozod qilingan boʻlsa-da, ammo uy qamogʻida.
Davlat televideniyesi namoyishlarni yuzaki yoritgan va tergovni shubha ostiga olgan, deputatlar esa parlamentda Matraimovni himoya qilganlar.
Ayrim hukumat mansabdorlari mamlakat siyosiy siyosiy elitasi aʼzolari bilan aloqalari boʻlgan Matraimovning imijini “oqlashga” urinmoqdalar, deydi “UMUT 2020” va “Kommuna” qahvaxonasi asoschisi Aytmatova.
Biroq u Matraimovning uzoq yillardan beri uyushgan jinoyatchilik va boshqa gʻarazli manfaatlar bilan qirgʻiz hukumatidagi ortiga yashirinib kelgan qudratli “reketchi” ekanligiga shubha qilmayapti.
Bu manfaatlar yoʻq qilinmas ekan, “Qirgʻizistonning kelajagi yoʻq”, dedi u Frans-Press agentligiga.
Nimaga karantinga rioya qilishmayapti?
Javob berishFikrlar 2
Ajoyib
Javob berishFikrlar 2