Karvonsaroy
Jamiyat

Qozogʻistonliklar tarixiy 2019-yil bilan xayrlashmoqdalar

Aydar Ashimov

Qariyb 2000 yillik qadimiy Taraz shahridagi qazish maydonchasida barpo etilayotgan soatli minoraning qurilishi Yangi yil bayrami arafasida tugallanishi kutilmoqda, 19-dekabr, Taraz. (Aydar Ashimov)

Qariyb 2000 yillik qadimiy Taraz shahridagi qazish maydonchasida barpo etilayotgan soatli minoraning qurilishi Yangi yil bayrami arafasida tugallanishi kutilmoqda, 19-dekabr, Taraz. (Aydar Ashimov)

Supermarketdagi archa oldida suratga tushayotgan yoshlar, 19-dekabr, Chimkent. (Aydar Ashimov)

Supermarketdagi archa oldida suratga tushayotgan yoshlar, 19-dekabr, Chimkent. (Aydar Ashimov)

Yangi yil bayrami yaqinlashishi bilan doʻkonlar va davlat tashkiloti binolari bayramona bezatilgan, 18-dekabr, Chimkent. (Aydar Ashimov)

Yangi yil bayrami yaqinlashishi bilan doʻkonlar va davlat tashkiloti binolari bayramona bezatilgan, 18-dekabr, Chimkent. (Aydar Ashimov)

Qozogʻistonliklar sovgʻalarni oldindan sotib olishadi, 18-dekabr, Chimkent. (Aydar Ashimov)

Qozogʻistonliklar sovgʻalarni oldindan sotib olishadi, 18-dekabr, Chimkent. (Aydar Ashimov)

Qozogʻiston poytaxti bayramga tayyorlanmoqda. Bu yil Nur-Sultonda ob-havo odatdagidan ancha iliqroq – Selsiy boʻyicha 10°-15° daraja sovuq boʻldi. 19-dekabr, Nur-Sulton. (Aydar Ashimov)

Qozogʻiston poytaxti bayramga tayyorlanmoqda. Bu yil Nur-Sultonda ob-havo odatdagidan ancha iliqroq – Selsiy boʻyicha 10°-15° daraja sovuq boʻldi. 19-dekabr, Nur-Sulton. (Aydar Ashimov)

Qorbobo va Qorqiz. 22-dekabr, Taraz. (Aydar Ashimov)

Qorbobo va Qorqiz. 22-dekabr, Taraz. (Aydar Ashimov)

Tarazliklar bayram kiyiklari va Santa-Klaus changʻisi oldida suratga tushmoqdalar. 22-dekabr, Taraz. (Aydar Ashimov)

Tarazliklar bayram kiyiklari va Santa-Klaus changʻisi oldida suratga tushmoqdalar. 22-dekabr, Taraz. (Aydar Ashimov)

Poytaxtdagi Yangi yil archasi. 19-dekabr, Nur-Sulton. (Aydar Ashimov)

Poytaxtdagi Yangi yil archasi. 19-dekabr, Nur-Sulton. (Aydar Ashimov)

Qozogʻiston shaharlari bayram chiroqlari bilan bezatilgan. 22-dekabr, Taraz. (Aydar Ashimov)

Qozogʻiston shaharlari bayram chiroqlari bilan bezatilgan. 22-dekabr, Taraz. (Aydar Ashimov)

NUR-SULTON – Mustaqil Qozogʻiston tarixida 2019-yil Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning mart oyida oʻz lavozimidan ketishi bilan esda qoldi. U 1990-yildan beri mamlakatni boshqarib kelgan.

Sobiq prezident bir nechta lavozimni, jumladan Millat yetakchisi va davlat xavfsizlik kengashining umrbod rahbarligini saqlab qoldi.

Senat raisi Qosim-Joʻmart Toʻqayev prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Uning birinchi qilgan ishi 23-mart kuni mamlakat poytaxti Ostonani Nazarboyev sharafiga Nur-Sulton deb nomlash haqidagi qarorni imzolash boʻldi.

9-iyun kuni Qozogʻistonda prezident saylovi boʻlib oʻtdi, unda Toʻqayev 71 foiz ovoz bilan gʻalaba qozondi. Toʻqayev Nazarboyevning siyosatini davom ettirdi, ammo bilbordlar va tashkilotlar idoralarida oʻz suratini ilishni taqiqladi.

16-dekabr kuni Qozogʻiston Mustaqillik kunini nishonladi. Sovet tuzumiga qarshi kurash timsoli boʻlgan Qayrat Risqulbekov haykali. Risqulbekov 1986-yil dekabr oyida Olmaotada boʻlib oʻtgan norozilik namoyishidan bir necha hafta oʻtib hibsga olingan va 1988-yil may oyida sirli ravishda vafot etgan. 16-dekabr, Taraz. (Aydar Ashimov)

Xalqaro maydonda Qozogʻiston tomonidan oʻtkazilgan muhim tadbir Jusan (Achchiq shuvoq) operatsiyasi boʻldi, unda “Islom davlati” (ID) jangarilari va ularning qaramogʻidagilar – jami 600 dan ortiq qozogʻistonlik Suriyadan vataniga qaytarildi.

Shuningdek, terrorchi tashkilotlarga aʼzolikda ayblanib, Iroqda umrbod qamoqqa hukm qilingan qozoq ayollarining farzandlari ham vataniga qaytarilgan .

Huquqni muhofaza qilish idoralari uchun terrorchilikka qarshi kurash ustuvor vazifa boʻldi. 2019-yilda Qozogʻiston hukumati uchta terrorchilik hujumning oldini oldi va yettita ekstremistik guruhni yoʻq qildi.

Hukumat xabariga koʻra, 2019-yil boshida Qozogʻiston aholisi 18 396 000 kishini tashkil etgan. 2020-yilda aholini roʻyxatga olish rejalashtirilgan. Soʻnggi marta aholi 2009-yilda roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Yangi yil arafasida har bir shaharda mahalliy hokimiyat bolalar uchun bayram oʻtkazishni tashkillashtirgan. 1-4-yanvar Qozogʻistonda bayram kunlari etib belgilangan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

ddddddddddddddddddddlllllllllllllllllllllllllllllllllllllllllllaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaabbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbbb

Javob berish