Karvonsaroy
Xavfsizlik

2019-yil yakunlari: Rossiya Markaziy Osiyo uchun jozibadorligini yoʻqotib bormoqda

Kanat Altinbayev

14-noyabr kuni mintaqada boʻlgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2019-yilda Markaziy Osiyoda Moskvaga nisbatan kuchayib borayotgan hafsalasizlik alomatlariga guvoh boʻldi. [Pavel Golovkin/Pool/AFP]

14-noyabr kuni mintaqada boʻlgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2019-yilda Markaziy Osiyoda Moskvaga nisbatan kuchayib borayotgan hafsalasizlik alomatlariga guvoh boʻldi. [Pavel Golovkin/Pool/AFP]

OLMAOTA – Rossiya rasmiylari koʻpincha “tomorqa” deb ataydigan Markaziy Osiyoda davlatlari rejim siyosatidan hafsalasi pir boʻlib bormoqda va Moskvadan tobora uzoqlashayotgani, uning mahalliy jamiyatlarga taʼsiri esa kamayib bormoqda.

Mintaqada Rossiyadan uzoqlashish belgilari bir muncha vaqt oldin kuzatilgan boʻlsa-da, u zohiran har doim ham sezilarli boʻlmagan.

Endilikda bu yuzaki sokinlik oʻzgara boshlagan. Rossiya siyosati rejim qoʻshnilari tarafidan tobora koʻproq tanqid qilinayotgan yetmaganidek, Sovet Ittifoqining vorisi bilan madaniy aloqalarni uzishga urinishlar ham koʻzga tashlanmoqda.

“Karvonsaroy” nashri oʻtgan yili yuz bergan hodisalarni sarhisob qildi – bu voqealar Rossiyaning xatti-harakatlaridan hafsalasi pir boʻlayotgan Markaziy Osiyo davlatlarini milliy oʻzlikni anglash, Rossiyaga muqobil iqtisodiyotlarni izlash va xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikni kuchaytirishga undamoqda.

Sirpanchiq yoʻlkaga tuz sepayotgan oʻzbekistonlik mehnat migranti, 26-dekabr, Olmaota. Rossiyadagi noqulay shart-sharoitlar va ksenofobiyadan charchagan mehnat migrantlari endi oʻz mintaqalarida ish topmoqdalar. [Kanat Oltinboyev]

Sirpanchiq yoʻlkaga tuz sepayotgan oʻzbekistonlik mehnat migranti, 26-dekabr, Olmaota. Rossiyadagi noqulay shart-sharoitlar va ksenofobiyadan charchagan mehnat migrantlari endi oʻz mintaqalarida ish topmoqdalar. [Kanat Oltinboyev]

18-avgust kuni Qozogʻiston milliy telekanallarining birida kechki serialni tomosha qilayotgan olmaotalik. Koʻplab Markaziy osiyoliklar Rossiya yangiliklar kanallaridan voz kechmoqda. [Fayl]

18-avgust kuni Qozogʻiston milliy telekanallarining birida kechki serialni tomosha qilayotgan olmaotalik. Koʻplab Markaziy osiyoliklar Rossiya yangiliklar kanallaridan voz kechmoqda. [Fayl]

Qozogʻiston banknotalari, 1-mart kuni olingan surat. Yangi tengedagi yozuvlar suratda koʻrsatilgan ikki tilli banknotalardan farqli oʻlaroq, faqat qozoq tilida boʻladi.

Qozogʻiston banknotalari, 1-mart kuni olingan surat. Yangi tengedagi yozuvlar suratda koʻrsatilgan ikki tilli banknotalardan farqli oʻlaroq, faqat qozoq tilida boʻladi.

Rossiyada avj olayotgan ksenofobiya

2019-yilda yuz bergan qator voqealar Rossiya jamiyatida Markaziyo osiyolik mehnat migrantlariga nisbatan toqatsizlik kuchayib borayotganini koʻrsatgan.

Diplomatik mojaroga keltirib chiqargan soʻnggi voqealardan biri 12-dekabr kuni Rossiyaning Xabarovsk shahrida roʻy bergan.

Mahalliy OMON boʻlinmasi hech qanday asossiz avtobus haydovchilari boʻlib ishlayotgan 70 dan ortiq Qirgʻiziston fuqarolarini kaltaklagan. Jabrlanganlardan ayrimlari ogʻir ahvolda tushgan.

Sentabr oyida Rossiyaning “Rossiya-1” davlat telekanalidagi “Jonli efir” koʻrsatuvi boshlovchisi Andrey Malaxov hech qanday dalillarsiz qirgʻizistonlik taksichini yollanma qotil sifatida rossiyalik milliarderning oʻgʻlini oʻldirganlikda ayblagan. Motosikl mingan yigit qirgʻizistonlikning avtomobiliga urilib halok boʻlgan edi.

Oradan bir oy oʻtib, oktyabr oyida Moskvadagi Jukovskiy aeroportida haqoratomuz hodisa yuz berdi – bojxonachilar va aviakompaniya xodimlari tojikistonlik yoʻlovchilariga baqirib, ularni tahqirlovchi holatlardan oʻtishga majburlaganlar.

Dushanbelik jurnalist Anora Sarkorova oʻzining Facebook sahifasida qanday qilib aeroportda sababsiz hibsga olingani va 40 daqiqa davomida noxolis soʻroq qilingani haqida yozgan. U qoldirgan xabar butun mintaqadagi Facebook foydalanuvchilari orasida jiddiy rezonans keltirib chiqardi, ular Rossiyada noslavyan koʻrinishdagilarga nisbatan noxolis munosabat masalasini koʻtarib, oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashganlar.

Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, bu holat ruslar orasida ksenofobiyaning kuchaygani bilan izohlanmoqda.

Moskvadagi mustaqil “Levada” markazi oʻtkazgan soʻrovga koʻra, 2019-yilda Rossiya aholisi orasida ksenofobik kayfiyat keskin kuchaygan. Rossiyaliklarning 72 foizi (2017-yilda 58 foiz) hukumat mehnat migrantlari oqimini cheklashi kerak, deb hisoblaydi.

Migrantlar oqimi oʻzgarmoqda

Rossiyada Markaziy osiyolik mehnat migrantlarining yashash sharoitlari yomonlashayotgan bir paytda, Qozogʻiston migrantlar uchun qoidalarni yanada soddalashtirmoqchi, deb xabar beradi “Fargʻona Nyus”.

Tashqi ishlar vazirligining muloqot guruhi Qozogʻiston bilan vizasiz rejimga ega mamlakatlardan kelgan migrantlarga ishlash uchun ruxsat olish talabini bekor qilish taklifini bildirgan. Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari Qozogʻiston bilan vizasiz rejimga ega.

Olmaotadagi “Xalqaro huquqiy tashabbus” (XHT) nodavlat tashkiloti mehnat migrantlarining ishga yollanish tartibini soddalashtirishni tavsiya qilgan. Qozogʻiston IIV Migratsiya xizmati vakilining ishontirishicha, “ushbu tavsiyalar deyarli bajarilgan”.

Soʻnggi yillarda Qozogʻiston avval Rossiyada ishlagan koʻplab Markaziy osiyolik mehnat muhojirlari uchun jozibador mamlakatga aylandi, degan edi bishkeklik iqtisodchi Elmira Suranchiyeva oktyabr oyida.

Boshqa davlatlarning mehnat migrantlarini qabul qilish yoʻlidagi choralari, ruslarning ksenofobik munosabati va mamlakatdagi iqtisodiy pasayish Rossiyadan ishchi kuchining sezilarli darajada chiqib ketishiga va natijada jiddiy demografik muammolarga sabab boʻlgan.

Qozogʻistonda “birodar” deb hisoblanadigan qirgʻizistonlik mehnat migrantlari uchun ish sharoitlari ancha qulayroq va nisbatan barqaror iqtisodiyot kelajak uchun rejalar tuzishga imkon beradi, deb qoʻshimcha qilgan Suranchiyeva.

Qoʻsh iqtisodiy standartlar

Rossiya rejimi oʻz bozoriga qozogʻistonlik tadbirkorlarning kirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun barcha maʼmuriy vositalarni ishga solmoqda, deb xabar bergan noyabr oyida “Atameken” Qozogʻiston milliy tadbirkorlar palatasi.

Bu holat tovarlarning erkin harakatlanishini taʼminlaydigan va Markaziy Osiyoning bir qator davlatlarini oʻz ichiga oladigan Rossiya boshqaruvidagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YOII) asosiy tamoyillariga ziddir.

“Atameken”ga koʻra, Kreml davlat xaridlarini amalga oshirishda qozogʻistonlik tadbirkorlarni huquqiy jihatdan cheklaydi va oʻz ishlab chiqaruvchilariga asossiz ravishda ustunlik beradi.

Jumladan, palata xabariga koʻra, Rossiya qishloq xoʻjaligi sohasini tartibga soluvchi idora – Rosselxoznadzor Qozogʻistondan kirib kelayotgan sut mahsulotlari va muzlatilgan oziq-ovqatlarga nisbatan bir necha marta cheklovlar qoʻygan.

Yil boshida qozogʻistonlik eksportchilar rasmiy Nur-Sultonga murojaat qilib, Qozogʻiston bozoriga hech qanday toʻsiqlarsiz mahsulot kirib kelayotgan Rossiya rejimiga qarshi chora koʻrishni soʻragan.

“YOII aslida hech qanday iqtisodiy missiyaga ega emas, balki u postsovet hududda Rossiyaning taʼsirini tiklashga qaratilgan siyosiy loyihadir”, degan edi sobiq qozogʻistonlik diplomat, “Markaziy Osiyodagi geosiyosat” kitobi muallifi, olmaotalik Rasul Jumali aprel oyida.

Rossiya OAV auditoriyani yoʻqotmoqda

Bir vaqtning oʻzida Markaziy Osiyoliklarning Rossiya OAVga ishonchi kamayib bormoqda, buning oʻrniga ular yangiliklarni oʻz tillaridagi mahalliy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlardan olmoqdalar.

Rossiya telekanallari hatto Rossiyada ham oʻz auditoriyasini boy bermoqda, bunga ularning ashaddiy kremlparastlik tashviqotini olib borayotgani sabab boʻlmoqda, deyiladi avgust oyida “Levada” markazi chop etgan “Rossiya ommaviy axborot markazi” deb nomlangan hisobotda.

Oktabr oyida Turkmaniston Rossiya telekanallaridan voz kechdi. Ular hatto sunʼiy yoʻldosh antennalari orqali ham uzatilmaydi, dedi davlat telekommunikatsiya kompaniyasi – “Turkmantelekom”dagi manba.

Bu voqeadan bir oy avval Markaziy Osiyoda OAV rivoji va inson huquqlariga oid masalalar bilan shugʻullanuvchi Londondagi Urush va tinchlikni yoritish instituti (IWPR) Markaziy Osiyoda onlayn axborot isteʼmoliga oid tadqiqot natijalarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Markaziy Osiyolik yoshlar yangiliklardan asosan ijtimoiy tarmoqlardan orqali xabardor boʻlishi va bu koʻrsatkich Oʻzbekistonda 87, Qirgʻizistonda esa 92 foiz ekanligi maʼlum boʻlgan.

IWPR hisoboti Qozogʻiston va Qirgʻizistonda qozoq va qirgʻiz tilidagi onlayn kontentga ehtiyoj ortib borayotganini, Tojikiston va Oʻzbekistonda esa tojik va oʻzbek tilida kontent taqdim etayotgan bloglar ommalashayotganini qayd etgan.

Markaziy Osiyolik tomoshabinlar Rossiya telekanallaridagi tashviqot toʻsiqlarini yoqtirmay qolgan, deydi bishkeklik ommaviy axborot vositalari kuzatuvchisi Erlan Satibekov.

Ammo mamlakatning Rossiya bilan chegaradosh boʻlgan Qozogʻiston shimolida yetakchilik qilayotgan rus televideniyesi Nur-Sultonga uchun muammo tugʻdiradi, deydi olmaotalik siyosiy tahlilchi Aydos Sarim. “U yerdagi koʻpchilik aholining milliy oʻzlikni anglash bilan bogʻliq muammosi milliy xafvsizlikka toʻgʻridan-toʻgʻri tahdiddir.”

Rus tilidan voz kechish

2019-yil boshida Qozogʻiston tengening faqat qozoq tilidagi yangi dizaynini tasdiqladi, unda ayni damda muomalada boʻlgan tengening orqa tarafidagi kabi hech qanday ruscha yozuv yoʻq. Yangi pul birligi qaysi sanadan muomalaga kiritilishi haqida maʼlumot berilmagan.

Rejadagi dizaynda qozoq milliy naqshi, davlat tarixi va rivojiga hissa qoʻshgan taniqli shaxslarning suratlari, oʻziga xos tarixiy, geografik joylar va arxitektura yodgorliklari, Qozogʻistonga xos oʻsimlik va hayvonot dunyosi namunalarining rasmlari, shu bilan birga, davlat bilan bogʻliq muhim ramzlar kiritiladi.

2017-yil boshida Qozogʻiston 2025-yilgacha bosqichma-bosqich qozoq tilidagi kirill imlosidan lotin imlosiga oʻtishni oʻtishni rejalashtirgan edi.

Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham kirillcha yozuvlardan xoli boʻlgan pul birliklarini bosib chiqargan edilar: oʻzbek soʻmi faqat lotin imlosida, Tojikistonning pul birligi somoniyda esa, tojik va ingliz tillaridagi yozuvlar bor.

Qozogʻistonning qarori Rossiyani achchigʻini keltirgan.

Fevral oyida bir guruh rossiyalik millatchilar oʻz Facebook sahifasida Qozogʻistonning shimoliy viloyatlarini tortib olinishini yozib, Nur-Sultonga tahdid qildi. Bu hududda mamlakatning rusiyzabon aholisi toʻplangan.

Ular Qrimda yuz bergan voqealarni misol oʻlaroq keltirganlar. 2014-yilda Rossiya Qrimni va rusiyzabon ayirmachilar istiqomat qiluvchi Ukrainaning sharqiy qismidagi Donbassni noqonuniy bosib olib, mustaqil deb eʼlon qilgan edi, ammo xalqaro hamjamiyat buni tan olmagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 39

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Maqolani oʻqir ekanman, soʻnggi paytlarda Rossiyada migrantlarga munosabat juda murakkab ekanligini tushunib yetyapman. Patentlar qimmatlashdi, ichki ishlar organlari xodimlari agressiv boʻlib qolgan, hech qanday sababsiz hujjatlaringni tekshiradi; Guvohnomasini koʻrsatishini soʻrasangiz, juda qoʻpollik bilan javob qaytaradi. Hujjatlarni nima sababdan tekshirishayotganlarini soʻrasangiz, javob bermaydi yoki shunaqa buyruq bor deydi. Patentlar qimmatlashgan. Soʻnggi yillarda Rossiya hududidagi oʻzbekistonliklarning soni yanada koʻpaygan. Ilgari Rossiyaga koʻproq ukrainalik migrantlar borar edi. Endi bu borada Oʻzbekiston yetakchi boʻlib qoldi. Eng muhimi, Rossiyada yaxshi odamlar koʻp. Tashviqotdan saqlanish kerak. Aytmoqchimanki, nima boʻlishidan qatʼi nazar, bir-birimiz bilan tinch-totuv yashashimiz kerak. Rossiya bilan doʻstona munosabatda boʻlishimiz kerak. Barchangizga tinchlik boʻlsin. Men Rossiyani va MDHning boshqa davlatlarini hurmat qilaman. Hammasi yaxshi boʻladi.

Javob berish

Rossiyada oʻzlarini tutishni bilishmaydi, ukrainalik yengil ayollar yoki Markaziy Osiyolik “fohishalar” koʻpligiga qaramay ayollarni zoʻrlashadi. Bir foizigina ishlashga tayyor, qolganlari esa tekinxoʻrlar. Oʻzlarini sharmanda qilib boʻlishgan, ammo ularga yaxshi muomala qilishlarini istashadi.

Javob berish

Qozoqlarning oʻzi uchiga chiqqan millatchi. Rossiya haqida yozibsiz, oʻzbeklarga qanday muomala qilishingizga ahamiyat bering, bojxonachi va mirshablaringiz oddiy fuqarolardan ming tangalab shilib olishadi.

Javob berish

Rossiya Federatsiyasi – SSSR emas, YOII esa iqtisodiy birlashma emas, balki zaif va qaram rahbarlarga ega “qorin osti”ni shakllantirish jarayonidir. Maqsadlardan biri – Rossiyaning avtomobilsozlik va boshqa sohalarini qoʻshnilar hisobidan rivojlantirish. Shuningdek, ular fuqarolarning oʻz fikrini ifoda etishiga toʻsqinlik qilish usullarni ham eksport qiladilar. Zimiston.

Javob berish

Rossiya bu fashist mamlakat

Javob berish

Bu provokatsion harakatlarda yaxshilik yoʻq, muallif Pompeoning buyrugʻi bilan bir tiyinga qimmat maqola yozganga oʻxshaydi.
Bunday safsatani istalgan gʻarb nashrida oʻqish mumkin, shunga qaramay Rossiyaga millionlab osiyoliklar keladi.

Javob berish

Axmoqlar

Javob berish

Toʻgʻri aytasan birodar, gapingga qoʻshilaman. Ular chet davlatda boʻla turib oʻzlarini juda qoʻpol tutishadi. Agar oʻzlarini kamtar va tinch tutishganida edi, ularni hech kim hibsga olmas edi. Nimaga boshqalarni qoʻlga olishmaydi? Masalan, nemislar va finlarni. Chunki ular tartibli, Markaziy osiyoliklarga oʻxshab baqiroq emas va biznikilardan farqli oʻlaroq tushunadigan odamlar. Albatta, shunaqa boʻlgandan keyin ruslar osiyoliklarni yoqtirmaydida, ruslar ishlashga imkon bergan boʻlsa, u odamlardan minnatdor boʻlish kerak.

Javob berish

Bu manba odamlar oʻrtasida nizoga sabab boʻlyapti. Oʻzbeklar, ruslar, qozoqlar va qirgʻizlar. Men ularni bir xalq, bir madaniyat deb bilaman. Odamlar orasida nizo qoʻzgʻashga bu nashrchaning oʻzi yetarli.

Javob berish

Rossiyada uzokrokda boliw kerak

Javob berish

Gʻarb bilan yaqin aloqada boʻling, ular sizga ish berishadi, ovqatlantirishadi, liberal bagʻrikenglikni, gey-paradlarni yaxshi koʻrishni va geylarning nikohlarini hurmat qilishni oʻrgatishadi.

Javob berish

Kechirasiz, ammo ruslardan farqli oʻlaroq ular ruslar qilmaydigan ishni qilib qulga aylanyapti. 58169 karmoningizni oʻmarganini gapirasiz. Nimaga qishloqdagi ruslar aroqqa pulini sarflamay, ishlagani kelmaydi? Oʻzingizga shu savolni berib koʻringchi.

Javob berish

Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afgʻonistondan iborat qudratli Turkiston AQSH va Rossiyaning manfaatlariga mos emas. Ana shuning uchun ham ular ayirmachilik qilishadi.

Javob berish

Gʻazablangan, kambagʻal, aroqxoʻr, OITSga botgan, sivilizatsiyalarning eng ortda qolgani - shularning hammasi SRASHIYA

Javob berish

Rossiyaga qarshi boʻlganlar hammangiz keting! Qayerda yashasangiz oʻsha yerda ishlang! Chet mamlakatda ishlashga hech kim sizni zoʻrlamayapti! Oʻzingizning respublikangizni rivojlantiring!

Javob berish

Rivojlang emas, rivojlantiring. Rus emaslardan oʻrganinglar...

Javob berish

Ruslarning oʻzlari qotib qolibdiku, oʻz tillarini esdan chiqarishibdi. Markaziy Osiyoliklar Rossiyasiz yashay olmaydi deyishadi, aslida esa bizsiz yashay olishmaydi.

Javob berish

2014-yilda Ukrainaga tegishli Qrimni noqonuniy ravishda anneksiya qilganidan keyin Rossiyadan hafsalam pir boʻlgan.

Javob berish

Abadiy izgʻirin hududdagi qoloq va shovinistik ovloq joy kimga kerak?

Javob berish

Menga va Rossiyaning qolgan hamma vatanparvarlariga kerak!

Javob berish

поэтому миллионы эмигрантов шастоют по рф и мороз их неволнует и мерзлота северная небирёт, рубли греют!

Javob berish

Yangi yilda Moskva markazini rus boʻlmaganlardan tozalash davom etmoqda, Qizil maydon, 05.01.2020 https://www.youtube.com/watch?v=eShqBCGkW_w

Javob berish

Agar Markaziy Osiyo mamlakatlari birlashib, umumiy valyuta yoki umumiy davlat yaratganlarida edi, bizning osiyoliklar bugun Rossiyada tahqirlanmasdilar, ksenofobiya, kamsitish va boshqalar boʻlmas edi.

Javob berish

Tarixga nazar soling, avvaliga ruslar bizni oʻmarishgan

Javob berish

Moskvada Markaziy osiyoliklar ovi: https://www.youtube.com/watch?v=5b9u6pNlT20&t=237s

Javob berish

Moskvada Yangi yilni nishonlash paytida toʻs-toʻpolon yuz beradi. Oʻz vaqtida fashistlar yahudiylarga qarshi qilgani kabi osiyoliklarga qarshi ov eʼlon qilinadi, politsiya va Rossiya Milliy gvardiyasi pachkalab mashinalarga bosadi va nomaʼlum taraflarga olib ketadi.

Javob berish

Boshqa davlatlar Rossiyadan tobora nafratlanib bormoqda, hatto ruslarning bir-birini koʻrgani koʻzi yoʻq.

Javob berish

Toʻgʻri

Javob berish

Natsistlar davlati boshqa davlatlar uchun jozibador boʻla olmaydi. Bu ham yetmagandek, Rossiyadagi inqiroz besh yildan beri tugamayapti, aksincha kuchayib bormoqda.

Javob berish

Бор гап

Javob berish

Afsuski, ksenofobiya, Rossiyada va boshqa joylarda gastarbayterlarning [mehnat migrantlari] masxara qilinishi, Rossiya telekanallarida Markaziy osiyoliklarning kamsitilishi bor gap. Shuningdek, Rossiyaning barcha asosiy yangiliklar telekanallaridagi siyqasi chiqqan Ukraina mavzusi, Ukraina birinchi raqamli dushman deb koʻrsatilishi va gastarbayterlar va ular doimiy yashaydigan mamlakatlar toʻgʻrisida juda koʻp salbiy telekoʻrsatuvlar bor.

Javob berish

Keting! Rossiya fuqaroligi va eng muhimi onalik kapitali, ijtimoiy yordam pullari, nafaqa va koʻmak puli uchun hujjat topshirmang!! TAMOM! Ana shunda sizni hamma hurmat qiladi!

Javob berish

Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrovning taʼkidlashicha, lotin yozuviga oʻtish – Qozogʻistonning ichki ishi. Va bu Rossiyaning rasmiy pozitsiyasidir. Qandaydir natsistlar yozgan narsa esa bu devordagi yozuvdan boshqa narsa emas. (Negadir maqolada bu natsistlarning ismlari yoki ularning tahdidlari bitilgan Facebook sahifasiga havola yoʻq)

Javob berish

Bu Qozogʻistonning ichki ishi va biz natsist emasmiz, sen oʻzing natsistsan, bu yerda har xil boʻlmagʻur gaplarni yozyapsan. Biz mustaqil davlatmiz va oʻz milliy tilimiz bor, bu degani dunyoning boshqa tillarini oʻrganishdan voz kechamiz degani emas.

Javob berish

Qozoq tangalaridagi yozuvlar doim qozoq tilida boʻlib kelgan, bu meni hech qachon bezovta qilmagan.

Javob berish

Rossiya yoqimsiz mamlakatga aylanib bormoqda. U Gʻarb mamlakatlariga deyarli hamma narsada yutqazmoqda, lekin natsistlar soni boʻyicha yetakchi.

Javob berish

Olma bilan apelsinni taqqoslayapsiz. Yevropada yoki Rossiyada ishlash tanlovi boʻlsa, hatto ruslar ham Yevropada ishlar edi.

Javob berish

Ha

Javob berish

Bu subyektiv fikr. Bu yerda zarracha ham obyektivlik yoʻq.

Javob berish