BAGʻDOD – Juma (3-yanvar) kuni Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining (IIPK) “Al-Quds” boʻlinmasi qoʻmondoni, general-mayor Qosim Sulaymoniyning AQSH droni tomonidan oʻldirilishi Tehronning Yaqin Sharq va boshqa hududlarda jangarilik va ixtiloflarni yoyishga qaratilgan bir necha oʻn yillar davomidagi faoliyatida burilish yasadi.
Juma kuni erta tongda Bagʻdod xalqaro aeroportiga bir talay raketalar yogʻdirildi – Eron bilan mustahkam aloqalarga ega Iroqning “Xashid al-Shabiy” jangari guruhiga tegishli karvon nishonga olindi. Eronning eng qudratli shaxslaridan biri – Sulaymoniy avtomashinalarning birida boʻlgan.
Bir necha soatdan soʻng, Xashid va IIPK qoʻmondonning oʻlimini tasdiqladi. Bir necha oʻn yillar davomida dunyo boʻylab tajovuzkor faoliyatidan soʻng, aprel oyida bu ikki guruh terrorchilik tashkiloti deb tan olingan edi.
AQSH mudofaa vazirligi Sulaymoniy “Iroq va mintaqa boʻylab amerikalik diplomatlar va xizmatchilarga qarshi faol ravishda hujum rejasini tuzib yurgani” haqida xabar bergan.
Unga koʻra, AQSH “Qosim Sulaymoniyni oʻldirish bilan xorijdagi xizmatchilarini himoya qilish choralarini” koʻrgan.
Juma kuni CNN bilan suhbatlashgan AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning aytishicha, Sulaymoniy “hududdagi oʻnlab, balki yuzlab amerikaliklarning hayotiga tahdid soluvchi oʻta yirik amaliyotni rejalashtirgan”.
Pompeoning aytishicha, AQSH bu rejaning amalga oshishi “muqarrar” ekanligini bilgan.
Payshanba (2-yanvar) kuni AQSH mudofaa vaziri Mark Esper, agar hujumlar rejalashtirilayotgani haqida maʼlumotga ega boʻlsa, AQSH ikkilanmasdan “ehtiyot choralari” koʻrishini aytib oʻtgandi.
Oʻtgan hafta eronparast guruhning Kirkukdagi bazaga qarata raketa hujumi tufayli amerikalik pudratchining halok boʻlishi “oʻyin oʻzgarganini” anglatgan edi, dedi Esper.
Esper Eron yetakchilariga qarata murojaatini davom ettirib, shunday dedi: “Bizga qaratilgan hujumlarga oʻzimiz tanlagan vaqt, sharoit va joyda qarshi hujum bilan javob beramiz. Biz Eron rejimini zararli harakatlarni toʻxtatishga chaqiramiz.”
Mintaqadagi tahdid
Quddusning (Iyerusalim) arabcha nomi bilan ataluvchi “Al-Quds” boʻlinmasi xorijdagi missiyalar, harbiy mashqlar, ekstremistik guruhlarni, jumladan Livanning “Hizbulloh” va Falastinning “Xamas” guruhini moliyalashtirish va ularni qurol bilan taʼminlashga ixtisoslashgan.
Sulaymoniy va uning “Al-Quds” boʻlinmasi Suriyadagi fuqarolar urushida Suriya rejimini qoʻllab-quvvatlashda muhim rol oʻynagan.
“Al-Quds” boʻlinmasi hududdagi taʼsirini kuchaytirish va hukmronlik oʻrnatish maqsadida Afgʻoniston, Pokiston, Iroq va yamanlik yoshlarni Suriyada oʻz manfaati yoʻlida jang qilish uchun yollagan.
“Fotimiyun” boʻlinmasida bu strategiya yaqqol koʻzga tashlanadi, bu diviziya 2013-2017-yillarda 50 mingga yaqin afgʻonistonlik qochqinlarni Suriyada jang qilish uchun yollagan. IIPK “Zaynabiyun” jamoasining pokistonlik jangarilarini tayyorlagan va qurol bilan taʼminlagan, Eron esa Suriyada IIPKning boshqa boʻlinmalari va Suriya rejimi bilan bir safda jang qilish uchun ularni urush hududiga olib borgan.
“Sulaymoniy mintaqaga tahdid solsa-da, Eron milliy manfaatlari yoʻlidagi vosita boʻlib xizmat qilgan. Mintaqadagi bilvosita urushlarning yetakchisi boʻlgan. U Fotimiyun, Zaynabiyun, Haydaryon va Husayniyon boʻlinmalarining barchasiga asos solgan”, deb yozgan Milliy xavfsizlik boshqarmasining (NDS) sobiq rahbari Rahmatulla Nabil oʻzining Twitter sahifasida.
IIPK bir necha oʻn yildan beri Yaqin Sharq va boshqa mintaqalardagi bir qator teraktlar, jumladan 1996-yilda Saudiya Arabistonidagi Al-Hubar binosi, 1994-yilda Buenos Ayresdagi Argentina yahudiylar markazidagi xudkushlik hujumi, 1983-yilda Bayrutdagi AQSH harbiy dengiz kazarmalaridagi portlashlarga aloqador boʻlgan.
Soʻnggi tomchi
Dekabr oyi oxirida Sulaymoniy tarafidan Bogʻdoddagi AQSH elchixonasiga uyushtirilgan olomon hujumi 2019-yildagi Amerikaga qarshi provokatsiyalarining soʻnggisi boʻldi.
27-dekabr kuni Iroq xalq safarbarlik kuchlari Sulaymoniy rahbarligidagi “Al-Quds” boʻlinmasi qoʻllovida AQSH harbiylariga qarata raketalar yogʻdirdi, natijada bir amerikalik fuqaro halok boʻldi, shuningdek, toʻrt nafar AQSH va ikki iroqlik harbiy xizmatchi jarohatlandi.
Soʻnggi bir necha oy ichida Eron qoʻllovidagi shia koʻngilli lashkarlari Amerika kuchlarining Iroqdagi bazalariga bir necha marotaba, jumladan 9-dekabr, 5-dekabr, 3-dekabr va 9-noyabr kunlari hujumlar uyushtirgan.
Sentyabr oyida aksari Eronga tegishli deb hisoblangan bir nechta raketa yordamida Saudiya Arabistonining eng yirik neft konlariga zarba berildi, buning natijasida mamlakatda neft qazib olish va eksport qilish vaqtincha toʻxtab qoldi.
Oʻtgan yilning iyul oyida IIPK harbiy dengiz kuchlari Britaniya harbiy tankerini noqonuniy ravishda egallab olishi ortidan Eronning uchuvchisiz qurilmasi Hormuz boʻgʻozi yaqinidagi AQSH harbiy kemasiga tahdid qilgan edi.
20-iyun kuni IIPK boʻgʻoz uzra uchayotgan AQSH dronini urib tushirdi.
IIPK yoz oylari davomida boʻgʻoz yaqinidagi tankerlarga bir necha bor tahdid qilgan. 13-iyun kuni Ummon koʻrfazida Kokuka Courageous va Front Altair kemalari hujumga uchradi. Keyinchalik AQSH harbiylari tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Eronning patrul kateri kemalarning biridan “portlamay qolgan minani” chiqarib olgan.
Ichki muammolar
Yaqin Sharqda yuqori martabaga ega Sulaymoniyning qarorlari va xatti-harakatlari koʻp jihatdan Eronning yakkalanishib qolishiga sabab boʻldi, joriy qilingan sanksiyalar esa mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy putur yetkazdi.
Bu voqealar ichki norozilikning avj olishi va Sulaymoniyning mamlakat tashqarisidagi vazifalarini ado etishiga nisbatan tanqidlar kuchaygan vaqtga toʻgʻri keldi.
Xabarlarga koʻra, Eronning islohotchi harakati rahbarlari va murosasiz siyosat tarafdorlari IIPK rahbariyati olib borayotgan tashqi siyosatdan xavotir bildirib, u mamlakatni ihotalashda davom etishi va iqtisodiy inqirozlarga duchor qilishini aytganlar.
2019-yilda davlat televideniyesi orqali qilgan chiqishida Eronning oliy diniy rahnamosi Ali Humanaiy iqtisodiy qiyinchiliklarni Eron xalqi duch kelgan asosiy va eng dolzarb muammo sifatida tilga olgan edi.
Eron hukumati noyabr oyidagi iqtisodiy inqiroz ortidan boshlangan hukumatga qarshi noroziliklar davomida minglab namoyishchilar, jurnalistlar, inson huquqlari faollari va talabalarni hibsga olgan.
Eron siyosatchilari Sulaymoniy tomonidan yuqori martabali mansabdor shaxslarga yuborilgan dala hisobotlariga ishonchsizlik bildirib, ularni “chalkash” va “notoʻgʻri strategiyaga asoslangan” deb ataganlar.
Sulaymoniyning xatti-harakatlari, jumladan, IIPKning yozda suv toshqini yuz bergan hududlardagi namoyishlarni bostirishga yordam berish uchun mamlakatga Iroq safarbarlik kuchlarini kiritish qarori ham Eron xalqining noroziligiga uchragan.
Sulaymoniy “jinoiy toʻda” sifatida muayyan operatsiyalarni amalga oshiradigan, “oʻz faoliyat hududidagi davlatlarda yuzaga kelgan tartibsizliklardan foydalanadigan” qurolli guruhlarni boshqaradi, degan edi eronlik siyosiy tahlilchi Ali Narimon dekabr oyida.
Bu guruhlar qoʻshni mamlakatlarda nizo qoʻzgʻab, ularning xavfsizligiga tahdid solmoqda, dedi u, ularning maqsadi “Eronni Fors koʻrfazida qoʻshnilari bilan urush holatida” ushlab turish ekanligiga eʼtibor qaratar ekan.
Sulaymoniy rahbarligidagi “Al-Quds” boʻlinmasining xatti-harakatlari “Eron va eronliklarga nisbatan sanksiyalar qoʻllanishi va mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatning yanada ogʻirlashuviga olib keldi”, deb qoʻshimcha qildi u.
Terrorchilar hamma yerda jazosini oladi
Javob berishFikrlar 4
Yagona qudratli davlat bu Amerika
Javob berishFikrlar 4
Endi AQSH Lavrov va bugʻuchi Shoygu kabi yuqori martabali Rossiya harbiy jinoyatchilari va terrorchilarini yoʻq qilishi kerak.
Javob berishFikrlar 4
Noli me tangere - civis romanus sum! [Menga tegma, men Rim fuqarosiman] Shunga Amerika respublikasi Rim respublikasining qonuniy merosxoʻri ekanligi bejiz emas.
Javob berishFikrlar 4