Karvonsaroy
Xavfsizlik

Yevropaning qudratli davlatlari AQSHni qoʻllab-quvvatlayotgan bir vaqtda Eron yadroviy majburiyatlardan voz kechmoqda

Karvonsaroy va AFP

Iroqdagi Bagʻdod elchixonasini qoʻriqlash kuchaytirilgan paytda postida turgan AQSH dengiz piyoda askari, 2020-yil 4-yanvar. [AQSH Markaziy qoʻmondonligi]

Iroqdagi Bagʻdod elchixonasini qoʻriqlash kuchaytirilgan paytda postida turgan AQSH dengiz piyoda askari, 2020-yil 4-yanvar. [AQSH Markaziy qoʻmondonligi]

Yakshanba (5-yanvar) kuni Eron rejimi oʻzining yadroviy majburiyatlaridan voz kechishini va “sentrifugalar sonining cheklovi”ni bekor qilishini aytdi. Bu orada Yevropaning bir nechta qudratli davlatlari eronlik general oʻldirishi ortidan Tehron bilan yuzaga kelgan qarama-qarshilik AQSHni qoʻllab-quvvatlashini bildirgan.

“Eronning yadroviy dasturi uchun endi amaliy jihatdan hech qanday cheklov yoʻq”, dedi Eron hukumati yakshanba kuni kechqurun bergan bayonotida.

Bu Tehronning uranni boyitish salohiyatiga, amalga oshirilayotgan boyitish darajasiga, boyitilgan uran miqdoriga hamda boshqa tadqiqotlar va ishlanmalarga taalluqlidir, deyiladi bayonotda.

Hozirgacha Tehron atom elektrostantsiyalarida elektr energiyasi olishda ishlatiladigan yoqilgʻi ishlab chiqarish uchun uranni 5% gacha boyitishi kerakligini aytgan.

3-yanvar kuni Eronning oliy harbiy rahbariyati mamlakatdagi harbiy obʼektlarga tashrifi chogʻida joriy vaziyatni muhokama qildi. [Eron mudofaa vazirligi]

3-yanvar kuni Eronning oliy harbiy rahbariyati mamlakatdagi harbiy obʼektlarga tashrifi chogʻida joriy vaziyatni muhokama qildi. [Eron mudofaa vazirligi]

Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Parijdagi Yelisey saroyidan televideniye orqali xalqqa murojaat qilmoqda. U Eronga qarshi ziddiyatda Britaniya va Germaniya rahbarlari bilan birgalikda AQSHni qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi. [FRANCE 2 / AFP]

Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Parijdagi Yelisey saroyidan televideniye orqali xalqqa murojaat qilmoqda. U Eronga qarshi ziddiyatda Britaniya va Germaniya rahbarlari bilan birgalikda AQSHni qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi. [FRANCE 2 / AFP]

Iyul oyida Eron rejimi 2015-yilgi xalqaro yadro bitimi tomonidan belgilangan uranni boyitish cheklovini buzganini tan olgan edi.

Yevropaning qudratli davlatlari AQSH tarafida

Germaniya, Frantsiya va Angliya rahbarlari yakshanba kuni tanglikni yumshatish ustida ishlashga kelishib oldilar, dedi Germaniya hukumati vakili.

3-yanvar kuni Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining (IIPK) “Al-Quds” boʻlinmasi qoʻmondoni, general-mayor Qosim Sulaymoniyning AQSH droni tomonidan oʻldirilishi Tehronning Yaqin Sharq va boshqa hududlarda jangarilik va ixtiloflarni yoyishga qaratilgan bir necha oʻn yillar davomidagi faoliyatida burilish yasadi.

Tehron oʻch olishga vaʼda bergan.

Germaniya kantsleri Angela Merkelning Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan telefon orqali soʻzlashuvlaridan soʻng rahbarlar “vaziyatni yumshatishni ortga surib boʻlmaydi”, degan xulosaga kelganlar.

“Ayniqsa, yuzaga kelgan vaziyatda Eronni bosiqlikka chaqiramiz”, deya qoʻshimcha qildi u.

Yakshanba kuni Makron AQSH bilan “birdam ekanligini” uqtirib, Tehronni “mintaqadagi beqarorlikni kuchaytirishi mumkin boʻlgan harbiy ziddiyatdan” tiyilishga chaqirdi.

Makron “Iroq va mintaqadagi tanglikning kuchayib borayotganini” qayd etar ekan, Sulaymoniy qoʻmondonlik qilgan Eron kuchlari mintaqani beqarorlashtiruvchi xatti-harakatlar amalga oshirishi mumkinligidan xavotir bildirdi, deyiladi Yelisey saroyining bayonotida.

Makron Eron bunday xatti-harakatlarga chek qoʻyishi kerakligini yana bir karra taʼkidlagan.

“Iroqning suvereniteti, uning xavfsizligi va mintaqaviy barqarorlikni toʻliq hurmat qilgan holda xalqaro koalitsiyaning DAIShga qarshi kurashiga ustuvor ahamiyat qaratish lozim”, dedi Makron “Islom davlati”ning (ID) arabcha nomini tilga olib.

“General Qosim Sulaymoniy barcha manfaatlarimizga tahdid tugʻdirib, mintaqada buzgʻunchilik va beqarorlik keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarga masʼul boʻlgan”, dedi Jonson oʻz bayonotida.

“U minglab begunoh odamlar va Gʻarb davlatlari xodimlarining oʻlimiga olib kelgan amaliyotlarda asosiy rolni oʻynaganini inobatga olib, biz uning oʻlimiga aza tutmaymiz.”

“Shunisi aniqki, qasos olish yoki javob choralari koʻrish chaqiriqlari mintaqadagi zoʻravonlikning yanada kuchayishiga olib keladi va hech kimga foyda keltirmaydi”.

Jonson vazirlar uchrashuvlari va xalqaro darajadagi telefon soʻzlashuvlaridan soʻng, seshanba (7-yanvar) kuni parlament aʼzolari vaziyatdan boxabar boʻlishlarini aytdi.

3-yanvar kuni Germaniya hukumati vakilining aytishicha, Sulaymoniy va Iroqning yuqori martabali harbiy qoʻmondonining oʻlimiga sabab boʻlgan AQSH hujumi Tehronning “provokatsiyalariga” javoban amalga oshirilgan.

“Amerikaning bu chorasi – Eron masʼul boʻlgan bir qator harbiy fitnalarga reaktsiya boʻldi”, dedi matbuot kotibi Ulrike Demmer.

Yevropa Ittifoqining (YI) tashqi siyosat boʻyicha mutasaddisi Jozep Borrell dam olish kunlari Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan telefon orqali suhbatlashdi va uni muzokaralar uchun Bryusselga taklif qildi.

YI xabariga koʻra, Zarif “ushbu masala yuzasidan hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga qaratilgan” taklifga javob bermagan.

“Katta xato”

Yakshanba kuni AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Tehron Sulaymoniyning vafotidan keyin Amerika qoʻshinlariga hujum qilishga urinishi mumkinligini aytdi.

“Bizningcha, Eron xato sodir etishi va ayrim kuchlarimiz, Iroqdagi harbiylar yoki Suriya shimoli-sharqidagi askarlarga qarshi hujum uyushtirishga qaror qilishi mumkin”, dedi u yakshanba kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Uning soʻzlari Eron oliy rahbari harbiy maslahatchisining Sulaymoniy oʻlimidan keyin Tehron tomonidan “harbiy obʼektlarga qarshi” “harbiy” javob qaytarilishi haqidagi daʼvolaridan keyin yangragan.

“Bu ish Eron uchun katta xato boʻladi”, dedi Pompeo.

AQSHning mintaqada 60 mingga yaqin, jumladan Iroqda deyarli 5200 askari bor. Sulaymoniyning oʻlimidan keyin, 3-yanvarda Vashington Yaqin Sharqqa yana minglab askarlar yuborishni buyurgan.

Yakshanba kuni Iroq va Eronning oliy qoʻmondonlari oʻlimiga sabab boʻlgan AQSH hujumidan keyin elchining chaqirilishidan bir necha soat oʻtib, Bagʻdoddagi AQSH elchixonasi yaqiniga ikkita bomba tashlangan.

Yakshanba kungi hujum Bagʻdodda kuchli qoʻriqlanadigan Yashil hududga qilingan kun davomidagi ikkinchi hujum boʻldi, AQSH obʼektlariga esa ikki oy ichida 14 marta hujum uyushtirilgan.

Uchinchi raketa Yashil zona tashqarisidagi xonadonlardan biriga borib tushgan, natijada toʻrt kishi jarohat olgan, deb xabar bergan AFP.

Sulaymoniyning maxfiy rejasiga oid tafsilotlar oydinlashgan

Bu orada Sulaymoniyning AQSH qoʻshinlariga qarshi rejalashtirgan maxfiy hujumiga oid yangi tafsilotlar paydo boʻldi.

Reuters agentligi xabariga koʻra, Sulaymoniy oktabr oyi oʻrtalarida Eronning Iroqdagi taʼsiri kuchayib borayotganiga qarshi noroziliklar avj olgan mahal Eron qoʻllovidagi bir necha iroqlik jangari guruh yetakchilari bilan uchrashgan.

Oktyabr oyidagi uchrashuvlardan ikki hafta oldin, Sulaymoniy IIPKga mukammalroq qurollar, jumladan “Katyusha” raketalari, vertolyotlarni urib tushira oladigan minomyotlarni ikki chegara punkti orqali Iroqqa olib oʻtishni buyurgan. Bu haqda brifingda qatnashgan ikki harbiy qoʻmondon va ikki nafar xavfsizlik xodimi Reuters agentligiga xabar bergan.

Sulaymoniy Bagʻdoddagi villada toʻplangan qoʻmondonlarga yangi xufiyona jangarilar guruhini tuzishni buyurgan, ular Iroqdagi harbiy bazalarda joylashgan amerikaliklarga qarshi raketa hujumlarini amalga oshirishlari lozim edi.

Reyter manbasining xabar berishicha, Sulaymoniy “amerikaliklar bunday guruhni aniqlashi qiyin” boʻlishini aytgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bunday ojiz davlatlar Erondan qoʻrqadi, hammasini yakson qilish kerak

Javob berish