Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiya va Xitoy Eronning Bagʻdoddagi AQSH elchixonasiga hujumini qoralashdan bosh tortdi

Karvonsaroy va AFP

Eron qoʻllovidagi Iroq koʻngilli askarlarining hujumiga uchragan Bagʻdoddagi AQSH elchixonasi eshiklari, 2020-yil 2-yanvar. (Ahmad al-Ruboiy/AFP)

Eron qoʻllovidagi Iroq koʻngilli askarlarining hujumiga uchragan Bagʻdoddagi AQSH elchixonasi eshiklari, 2020-yil 2-yanvar. (Ahmad al-Ruboiy/AFP)

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) 27 aʼzosi Bagʻdodda Eron hukumatiga moyil namoyishchilar tomonidan AQSH elchixonasiga uyushtirilgan hujumni qoralagan bir vaqtda, Rossiya va Xitoy sukut saqladi.

Aksariyati Eron qoʻllovidagi Iroq xalq safarbarlik kuchlaridan iborat boʻlgan namoyishchilar 31-dekabr kuni elchixonaga bostirib kirishgan, unga qisman oʻt qoʻyib, 1-yanvarda yetakchilarining buyrugʻiga koʻra tarqalganlar.

Rossiya va Xitoy sukunati xavfsizlik kengashining chorasini barbod qildi, deb xabar bergan BMTdagi AQSH missiyasi dushanba (6-yanvar) kuni.

“BMT Xavfsizlik kengashining diplomatik va konsullik binolarining daxlsizligiga oid eng asosiy bayonotlarning qabul qilinmagani Kengash nufuzini shubha ostida qoldirmoqda”, deyiladi AQSH bayonotida.

Bagʻdod elchixonasini qoʻriqlash kuchaytirilgan bir vaqtda postni mustahkamlash uchun qumli qop olib ketayotgan Amerikalik dengiz piyoda jangchisi, Iroq, 2020-yil 4-yanvar. (CENTCOM)

Bagʻdod elchixonasini qoʻriqlash kuchaytirilgan bir vaqtda postni mustahkamlash uchun qumli qop olib ketayotgan Amerikalik dengiz piyoda jangchisi, Iroq, 2020-yil 4-yanvar. (CENTCOM)

Diplomatik missiyalarni himoya qilishni koʻzda tutuvchi 1961-yilgi Vena konventsiyasini qoʻllab-quvvatlash “munozarali yoki jasorattalab ish boʻlmasligi” kerak, deb bayonot bergan Vashington.

“Biz AQSH xodimlari va binolariga hujum uyushtirilishiga toqat qilmaymiz va manfaatlarimiz, fuqarolarimiz, ittifoqdoshlarimizni himoya qiluvchi qatʼiy choralarni koʻramiz. Buni namoyish qildik”, deyiladi bayonotda.

Dekabr oyi oxirida Bagʻdoddagi elchixonaga qilingan hujum Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining (IIPK) “Al-Quds” boʻlinmasi qoʻmondoni, general-mayor Qosim Sulaymoniy tomonidan amalga oshirilgan edi.

Yangi maʼlumotlarga koʻra, oktabr oyi oʻrtalarida Eron Islom respublikasiga putur yetkazgan Eronning Iroqdagi taʼsiri kuchayib borayotganiga qarshi noroziliklar avj olgan mahal Sulaymoniy bir qator Tehron qoʻllovidagi iroqlik jangarilar bilan uchrashgan.

Sulaymoniy qoʻmondonlarga yangi xufiyona jangarilar guruhini tuzishni buyurgan, ular Iroqdagi harbiy bazalarda joylashgan AQSHning manfaatdor shaxslariga hujumlarini amalga oshirishlari lozim edi.

Elchixonaga uyushtirilgan hujumga javoban, AQSH dronlari 3-yanvar kuni Sulaymoniyni oʻldirdi.

Zoʻravonliklarning kuchayishi

Dushanba kuni NATO rahbari Yyens Stoltenberg Sulaymoniyning oʻlimidan keyin Yaqin Sharqda tanglik kuchayib borayotgan sababli, Tehronni “zoʻravonlik va provokatsiyalarni kuchaytirishdan” saqlanishga chaqirdi.

Stoltenberg dron hujumi AQSH qarori boʻlganini taʼkidlar ekan, NATOning boshqa 28 aʼzosi anchadan beri Eronning Yaqin Sharqdagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi xatti-harakatlaridan xavotirda boʻlganini qoʻshimcha qildi.

AQSH hujumi biror aʼzo mamlakat tomonidan tanqid qilindimi yoki yoʻqmi degan savolga Stoltenberg ularning birdamligi va Eron xatti-harakatlaridan xavotirda ekanligini taʼkidladi.

“Eron tomonidan vaziyatni keskinlashtiruvchi harakatlar qayd etildi, jumladan sentabr oyida Saudiyaga tegishli energetik inshootga va iyunda Amerika droniga hujum uyushtirildi”, dedi Stoltenberg.

“Bugungi uchrashuvda ittifoqdoshlar bosiqlik va tanglikni yumshatishga chaqirdilar. Yangi nizo hech kimga kerak emas, shuning uchun Eron zoʻravonlik va provokatsiyalardan saqlanishi lozim.”

NATO Eronda mahalliy kuchlarning 500 kishidan iborat guruhni “Islom davlati” (IS) ekstremistlariga qarshi kurashga tayyorlash missiyani qoʻllab-quvvatlaydi, ammo hozirda xavfsizlik boʻyicha vaziyat yaxshilanguniga qadar uning asosiy mashgʻulotlari toʻxtatilgan, dedi Stoltenberg.

“Hozirgi vaqtda ... diplomatik kanallarni ishga solib, Eron, jumladan Iroq uchun nizolarni avj oldirish emas, balki bosiqlik yoʻlidan borish maʼqul ekanligini bildirish muhim”, dedi Evropa Komissiyasi. Dushanba kuni Prezident Ursula fon der Lyayyen.

Frantsiya Eronni qasos olishdan tiyilishga chaqirgan

Frantsiya tashqi ishlar vaziri dushanba kuni Tehronni Sulaymoniyning oʻlimi uchun qasos olmaslikka chaqirgan.

“Eron har qanday javob choralari yoki oʻch olish harakatlaridan tiyilishi zarur”, dedi Jan-Iv Le Drian BFM telekanaliga bergan intervyusida. “Xayriyatki, muammoni diplomatik yoʻl bilan hal qilish imkoniyati bor”.

Le Drian Qoʻshma Shtatlarga qarshi har qanday kontr-hujumlar Iroq va Suriyada ISHIDga qarshi kurashayotgan koalitsiyaning salohiyatiga putur yetkazishi mumkinligini aytdi.

Shuningdek, u shu hafta Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Eron masalasi boʻyicha favqulodda majlisi oldidan Tehronni yadroviy faoliyatni cheklashga qaratilgan 2015-yilgi kelishuvni bekor qilishdan tiyilishga chaqirdi.

5-yanvar kuni Eron rejimi oʻzining yadro qurolini qoʻllashga oid majburiyatlaridan voz kechishini va “sentrifugalar sonining cheklovi”ni bekor qilishini aytgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Amerika boshqa davlatlarni yerida nima qiladi?

Javob berish

Amerikadan boshqa yana kimdir AQSH elchixonasiga hujum Eron tomonidan uyushtirilganini isbotladimi?

Javob berish