Karvonsaroy
Diplomatiya

AQSH va Qozogʻiston oʻrtasidagi “Ochiq osmon” kelishuvi yanada yaqinroq aloqalar tomon yoʻl ochadi

Aydar Ashimov

Sharqiy Qozogʻiston viloyati, oʻtgan yil oktabr oyida samolyotdan olingan surat. (Aydar Ashimov)

Sharqiy Qozogʻiston viloyati, oʻtgan yil oktabr oyida samolyotdan olingan surat. (Aydar Ashimov)

NUR-SULTON – Qoʻshma Shtatlar va Qozogʻiston ikki davlat oʻrtasidagi aviatashuvlarni yengillashtirishni koʻzda tutuvchi “Ochiq osmon” kelishuvini imzoladi. Bu haqda AQSH davlat departamentining shu haftadagi bayonotida maʼlum qilingan.

AQSHning Qozogʻistondagi elchisi Uilyam Mozer hamda Qozogʻiston sanoat va infratuzilmaviy taraqqiyot vaziri Beybut Atamkulov 2019-yil 30-dekabr kuni Nur-Sultonda havo-transport aloqasi shartnomasini imzoladilar.

Shartnoma AQSHning “Ochiq osmon” xalqaro aviatsiya siyosati talablariga muvofiq fuqarolik aviatsiyasi munosabatlarini oʻrnatadi, deyiladi dushanba (6-yanvar) kungi bayonotda.

Shartnomada Qozogʻiston va Qoʻshma Shtatlar oʻrtasida cheklanmagan sondagi aviareyslarni amalga oshirish koʻzda tutilgan boʻlib, u shuningdek, boshqa afzalliklar, jumladan turizm va savdoni rivojlantirishga koʻmaklashadi.

AQSHning Qozogʻistondagi elchisi Uilyam Mozer Qoʻshma Shtatlar va Qozogʻiston oʻrtasida havo-transport aloqasiga oid shartnomani imzolamoqda, Nur-Sulton, 30-dekabr. (AQSHning Qozogʻistondagi elchixonasi)

AQSHning Qozogʻistondagi elchisi Uilyam Mozer Qoʻshma Shtatlar va Qozogʻiston oʻrtasida havo-transport aloqasiga oid shartnomani imzolamoqda, Nur-Sulton, 30-dekabr. (AQSHning Qozogʻistondagi elchixonasi)

“Qozogʻiston bilan imzolangan bu shartnoma kuchli iqtisodiy va tijoriy hamkorlikni hamda xalqlar oʻrtasidagi munosabatlarni ham rivojlantiradi. Avialiniyalar, sayyohlik kompaniyalari va mijozlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi”, deyiladi bayonotda.

Hujjat Qozogʻiston Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) tomonidan tavsiya etilgan “Ochiq osmon” tamoyillarini koʻzda tutuvchi ilk shartnoma hisoblanadi, deyiladi Qozogʻiston sanoat va infratuzilmaviy taraqqiyot vazirligi bayonotida.

Unga koʻra, bu chora Qozogʻiston va Qoʻshma Shtatlar oʻrtasida parvoz qiluvchi aviatashuvchilar uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi.

Ishonch belgisi

Rasmiylarga koʻra, kelishuv ikki mamlakat oʻrtasida muntazam ravishda uzluksiz parvozlarni amalga oshirish uchun huquqiy asos yaratadi hamda Qozogʻiston va AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

“Ochiq osmon kelishuvining muhim jihati – AQSH va Qozogʻiston oʻrtasidagi iqtisodiy va ikki xalqning oʻzaro aloqalarini mustahkamlashdir”, dedi AQSHning Nur-Sultondagi elchixonasi matbuot kotibi Shon Boda.

“Ishonamanki, kelishuv mamlakatlarimizdagi tijoriy faoliyat va farovonlikning jadal rivojlanishiga hissa qoʻshadi”, dedi Boda.

“Imzolangan bitim Amerika Qoʻshma Shtatlari va Qozogʻiston oʻrtasidagi ishonch belgisi va rivojlanib borayotgan aloqalar kelajagi uchun yaxshi hissa qoʻshadi”, deydi tarazlik siyosatshunos Ruslan Seksenbayev.

“Boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, ochiq osmon toʻgʻridagi shartnoma fuqaro aviatsiyasining ravnaqiga xizmat qiladi. U biznes sektor uchun ham, oddiy fuqarolar uchun ham foydalidir”, dedi Seksenbayev.

“Shu munosabat bilan, AQSH davlat kotibi Maykl Pompeoning Qozogʻistonga Iroq va Yaqin Sharqdagi vaziyat sababli vaqtincha kechiktirilgan tashrifidan umid katta”, dedi Seksenbayev dastlab yanvar oyi boshiga rejalashtirilgan tashrifni nazarda tutib.

Yanada yaqinroq

AQSH bilan biznes, taʼlim va boshqa aloqalarga ega qozogʻistonliklar yangi kelishuvdan juda mamnun.

“Men bu fursatni oʻtgan yilning yanvarь oyidan beri kutayotgan edim, oʻshanda AQSH va Qozogʻiston oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida bitim tayyorlanayotgani haqida eʼlon qilingan edi”, deydi Nur-sultonlik tadbirkor Berik Torgumbayev.

“Birinchi boʻlib yoʻlga qoʻyish rejalashtirilayotgan Nьyu-York uchadigan toʻgʻridan-toʻgʻri reys juda zoʻr, endilikda AQSH bizga yanada yaqinroq boʻladi”, dedi u.

Hozirgi vaqtda Nur-Sultondan Nьyu-Yorkka uchishda Moskvada qoʻnib oʻtiladi, bu “vaqt yoʻqotilishi va Rossiya aeroportida osiyoliklarga nisbatan yomon munosabat” tufayli juda noqulay, dedi Torgumbayev.

“Ilk uzluksiz parvozlarni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Jiyanim Qozogʻistonning “Bolashak” dasturi doirasida AQSHda tahsil oladi. U olmaotalik”, deydi Chimkentda yashovchi Bibigul Boranbayeva yuqori natija koʻrsatgan qozoq talabalariga xorijda taʼlim olish uchun beriladigan grantni nazarda tutib.

“Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarning kengayib borayotganidan mamnunmiz. Dunyo biz uchun yanada koʻproq ochilmoqda”, dedi u.

2019-yilgi AQSH-Qozogʻiston hamkorligi

Oʻtgan yil AQSH-Qozogʻiston munosabatlari uchun muhim yil boʻldi. Jumladan, quyidagi diqqatga sazovor voqealar yuz berdi:

5-dekabr kuni Qozogʻiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Yerjan Ashikbayev va AQSH Davlat kotibi yordamchisining birinchi oʻrinbosari Elis Uells Vashingtonda uchrashib, mamlakatlar oʻrtasidagi mustahkamlanib borayotgan strategik sheriklikni muhokama qildilar.

Uchrashuvda AQSH Davlat departamenti Qozogʻistonning terrorizmga qarshi kurash va “Suriyadan 600ga yaqin qozoq fuqarolarini vataniga qaytarish va jamiyatga qayta moslash” yoʻlidagi yutuqlarini yuqori baholadi.

AQSH Davlat departamentining Terrorizmga qarshi kurash masalalari boʻyicha koordinatori, elchi Natan A. Seyls oktyabr oyida Nur-Sultonga tashrif buyurib, qaytarilganlarni reabilitatsiya qilish va jamiyatga qayta moslash boʻyicha “Qozogʻistonning novatorlik faoliyatini” maqtagan.

Iyun oyida Qozogʻistonda Buyuk Britaniya, Hindiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkiya, Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari harbiylari ishtirokida “Dasht burguti - 2019” koʻp millatli harbiy oʻquv mashqlari boʻlib oʻtdi. Bu mashgʻulotlarda 2003-yildan beri har yili oʻtkazib kelinmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Yaqin kelajakda Qozogʻiston Xitoyning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy mavqeining mislsiz mustahkamlanishiga qarshi real qarama-qarshi kuch sifatida Rossiyani emas, balki AQSHni koʻradi. Umuman olganda, bu ikki mamlakat oʻrtasidagi yaqinlashuv jarayonini tezlashtiradi va Rossiyani Yevro-Osiyo janubiy hududidan chiqarib yuborilishi tahdidini yuzaga keltiradi.

Javob berish