Karvonsaroy
Xavfsizlik

AQSH Tojikiston mudofaa vazirligiga togʻ operatsiyalari uchun moʻljallangan transport vositalarini taqdim etdi

Karvonsaroy

AQSH elchisi Jon Mark Pommershaym va Tojikiston mudofaa vazirining logistika boʻyicha oʻrinbosari, general-mayor Suhrob Talbak Mahmadzoda yengil transport vositalarini topshirish marosimida ishtirok etmoqda. [AQSHning Tojikistondagi elchixonasi]

AQSH elchisi Jon Mark Pommershaym va Tojikiston mudofaa vazirining logistika boʻyicha oʻrinbosari, general-mayor Suhrob Talbak Mahmadzoda yengil transport vositalarini topshirish marosimida ishtirok etmoqda. [AQSHning Tojikistondagi elchixonasi]

DUSHANBE – Tojikistondagi Amerika elchixonasining bayonotiga koʻra, juma (10-yanvar) kuni AQSH Tojikiston mudofaa vazirligiga yengil xizmat mashinalarini topshirdi.

Marosimda AQSH elchisi Jon Mark Pommershaym va Tojikiston mudofaa vazirining logistika boʻyicha oʻrinbosari, general-mayor Suhrob Talbak Mahmadzoda ishtirok etdi.

Ushbu transport vositalari Tojikiston mobil kuchlariga turli hududlar va sharoitlarda operatsiyalar oʻtkazishga imkon beradi. Umumiy qiymati 575 ming AQSH dollariga (5,5 million somoniy) teng transport vositalari AQSH hukumatining tashqi harbiy moliyalashtirish dasturi doirasida taqdim etildi, deyiladi bayonotda.

Bayonotda taʼkidlanishicha, Qoʻshma Shtatlar avvalgidek, Tojikistonning suvereniteti, xavfsizligi va mintaqaviy barqarorlikdagi rolini qoʻllab-quvvatlash uchun u bilan hamkorlik tarafdori boʻlib qoladi.

Bunday choralar Markaziy Osiyo davlatlarining siyosiy koʻmak, iqtisodiy aloqalar va terrorizmga qarshi kurash orqali Afgʻonistonda uzoq muddatli tinchlik va farovonlikni taʼminlashdagi ijobiy rolini qoʻllab-quvvatlaydi, deyiladi bayonotda.

Amerika Qoʻshma Shtatlari Tojikiston bilan 27 yildan beri hamkorlik qilib kelmoqda va mamlakatga xususiy sektor, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, taʼlim, demokratik institutlar va xavfsizlikni qoʻllab-quvvatlovchi dasturlar orqali qariyb 1,9 milliard dollar (18 milliard somoniy) mablagʻ ajratgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500