Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Jahon banki Oʻzbekistondagi bozor islohotlarini yuqori baholadi

Jahon banki

Chortoq, Namangan viloyati, 2018-yil. Fargʻona vodiysida joylashgan bu oddiygina shahar yashil yaylovlar va qoyali manzaraga ega. Turizm Oʻzbekistonning chekka hududlaridagi aholi uchun ish oʻrinlari yaratishga yordam beradi. (Natalya Shulepina)

Chortoq, Namangan viloyati, 2018-yil. Fargʻona vodiysida joylashgan bu oddiygina shahar yashil yaylovlar va qoyali manzaraga ega. Turizm Oʻzbekistonning chekka hududlaridagi aholi uchun ish oʻrinlari yaratishga yordam beradi. (Natalya Shulepina)

TOSHKENT – Jahon bankining yuqori martabali rasmiysi Oʻzbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi.

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha mintaqaviy vitse-prezidenti Siril Muller Oʻzbekiston hukumatining iqtisodiyotdagi islohotlarini olqishlab, Jahon banki kelgusida ham mamlakatni qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi, deb xabar bergan Jahon banki 18-yanvar kuni.

U 16-17-yanvar kuni Toshkentda boʻlib, prezident Shavkat Mirziyoyev, hukumat yetakchilari va parlament aʼzolari bilan islohotlar va iqtisodiy koʻmak yuzasidan muzokaralar oʻtkazdi.

“Oʻzbekiston iqtisodiyotni isloh qilish va aholi farovonligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishda ijobiy natija koʻrsatmoqda. Islohotlar orqali aholi turmush darajasini koʻtarish vaqt talab qiluvchi murakkab jarayondir”, deydi Muller.

“Mamlakat dinamik iqtisodiyot modelini yaratish boʻyicha murakkab islohotlarning navbatdagi bosqichiga oʻtar ekan, Jahon banki asosiy yoʻnalishlar va konsultativ xizmatlarga investitsiya kiritish orqali hukumat siyosatining ijtimoiy va iqtisodiy ustuvor vazifalarini qoʻllab-quvvatlamoqda.”

Muller Mirziyoyev, Senat raisi Tanzila Norboyeva va yuqori martabali boshqa rasmiylar bilan muzokara oʻtkazdi.

Muloqot chogʻida mamlakatning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini mustahkamlash, biznes va investitsiya muhitini yaxshilash, energetika, transport, moliya, bank va qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, davlat-xususiy sheriklik tizimini rivojlantirish, hokimiyat organlari va davlat korxonalarini isloh qilish, Markaziy Osiyo mintaqasida savdo va transport aloqalarini kengaytirish, shuningdek fuqarolarga sifatli davlat xizmatlari koʻrsatish, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlash va gender tengligi masalalari muhokama qilindi.

Bosh vazir oʻrinbosari va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov bilan boʻlib oʻtgan muzokaralardan soʻng, Muller Jahon banki tomonidan Oʻzbekistonning 300 dan ortiq qishloqlarida bazaviy infratuzilmani rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun taqdim etiladigan 100 million dollarlik (957,3 milliard soʻm) kredit bitimini imzolash marosimida qatnashdi. Ushbu mablagʻ bolalar bogʻchalari, maktablar, poliklinikalar, yoʻllarni taʼmirlash va tiklash, suv taʼminoti va kanalizatsiya, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlashga safarbar etiladi.

(Jahon banki guruhi http://www.worldbank.org/terms manzilida koʻrsatilgan shartlar asosida ushbu materialdan foydalanishga ijozat beradi.)

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500