Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Mirziyoyev: Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilmaydi

Karvonsaroy

“Biz bu ittifoqqa aʼzo boʻlmaymiz”, dedi 20-yanvar kuni mamlakat senatida chiqish qilgan prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning Rossiya hukmronligidagi YOIIga aʼzo boʻlishdan bosh tortganini aytib. [Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati]

“Biz bu ittifoqqa aʼzo boʻlmaymiz”, dedi 20-yanvar kuni mamlakat senatida chiqish qilgan prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning Rossiya hukmronligidagi YOIIga aʼzo boʻlishdan bosh tortganini aytib. [Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati]

TOSHKENT – Dushanba (20-yanvar) kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Rossiya boshchiligidagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) aʼzo boʻlmasligini aytdi, deb xabar bermoqda The Tashkent Times.

Buning oʻrniga Oʻzbekiston 2017-yildan beri tashkilotni kuzatib kelayotgan Moldova kabi kuzatuvchi maqomiga ega boʻladi.

Mirziyoyev oʻz qarorini Oʻzbekistonning yangi saylangan Senati ilk majlisida maʼlum qilgan.

YOIIga Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Armaniston va Belarus kiradi.

“Integratsiyalashuv haqida ikki ogʻiz aytsam”, dedi Mirziyoyev. Koʻp odamlarimiz chet elda ishlab yuribdi. Qozogʻiston va Rossiyada.”

“Bitta narsani bilib qoʻyinglar”, dedi u. “Hech kim mustaqillikni hech kimga berib qoʻymaydi. Mustaqillik xalq ishongan prezidentning qoʻlida.”

“Biz ittifoqqa aʼzo boʻlib kirmayapmiz”, dedi u.

Nur.kz xabariga koʻra, prezident Oʻzbekiston YOIIga aʼzo emas, faqat kuzatuvchi maqomida kirishini taʼkidlagan.

“Kuzatuvchi maqomida nima yaxshi, nima yomonligini kuzatamiz”, dedi u aʼzolikdan koʻra kuzatuvchi boʻlishning foydasini tushuntirib. “Bir narsaga amin boʻlinglar, hamma qilgan harakatlarimiz millatimiz manfaati uchun.”

Achchiq tajriba

YOIIning ayrim aʼzolari, jumladan Qozogʻistonning ittifoqdan hafsalasi pir boʻlgan.

Masalan, qozoq rasmiylari va biznes yetakchilari blok qozogʻistonlik eksportchilarni Rossiya bozoridan toʻsish bilan Rossiya manfaatlari uchun xizmat qilishini aytadilar.

“Biz, qozoqistonlik tadbirkorlar Rossiya kompaniyalari bilan Rossiyada ham, Qozogʻistonda ham raqobatlasha olmaydigan qiyin ahvolga tushib qoldik, chunki ular bizni Rossiya bozoriga kiritmaydilar, Qozogʻistonda esa oʻz mahsulotlarini atayin arzon sotadilar”, degan edi sut ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi qustanaylik tadbirkor Nurtayev oʻtgan yil noyabrda. “Bunday sharoitda qanday tirik qolish mumkin?”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 16

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

qushilmaslek kk

Javob berish

bundan kòzlangan natija menimcha a'zo mamlakatlarda Rossiya tovarlarini kòpayitrilishiga olib kelsa kk

Javob berish

Alloh bu qarori uchun Mirziyoyevni sogʻ-salomat qilsin. Axlatga toʻla Sovet-Rossiya choʻchqaxonasiga Oʻzbekiston muhtoj emas. Arnasoydagi atom elektr stansiyasi ham kerakmas.

Javob berish

Bu gapizga qoshilaman honlik davrida ham rassiya orta osiyoni bosib olmoqchi bolgan va bosib olgan buga sabab bizning boshligimizda bolgan yani biz bir maqsad yolida birlasholmaganimizdan bolgan but hattoni boshqa qaytarmasligimiz kerak!

Javob berish

Qozogʻiston ham, Qirgʻiziston va Belarus ham bu Ittifoqdan chiqishi kerak! ! !

Javob berish

10 yildan keyin oʻzbek xalqi YOII nimaligini tushunib yetadi.

Javob berish

Xudoga shukr oʻzbeklar YOIIga aʻzo boʻlmas ekan. Kimga kerak! Tilanchilar. Fohishalar. Kimni tagiga yotishni bilishmaydi. Turklar va amerikoslar beryaptimi yoki oʻzlaring olyapsanlarmi. Rossiyaga pul ishlagani, iflos qilgani kelmalaring. Uyda qolib eshshaklaringni sevib yotlaring!!!

Javob berish

Alloh sanga kifoya qilsin

Javob berish

Allohim Oʻzingga beadad Shukr. Bosqinchi, dunyo nafratiga sazovor, urushlar,begunohlar qoniga qoʻli botgan Rossiya bilan birga qilmaganingga. Alhamdulilloh. Rossiya YOII deb atayin bosh boʻlib oladi va asta davlatni yemirib ogʻir ahvolga solib bosib oladi. Alloh oʻzing eng yaxshi himoyachisan

Javob berish

Ha, toʻgʻri gapirding! Xudosiz ruslar bilan birga ish qilish katta gunoh! Bu alkashlar uxlab, sovet davridagi kabi hech narsa qilmay, behojat yashashni tush koʻradilar! Ularga ishonish oʻz-oʻzingga nisbatan hurmatsizlikdir! Nazik [Nazarboyev] mamlakatni butkul vayron qildi, biz qilgan xatolarni takrorlamang; ahmoq boʻlmang! Doʻkonlarda Rossiya suti sotiladi, oʻzimizniki esa kam, bunaqasini qayerda koʻrgansiz; hech qachon bunday narsalarni koʻrganmisiz! Bu jin urgur ittifoqqa qoʻshilib, Qozogʻiston yutqazdi! Albatta, ruslar orasida vijdonli odamlar bor, lekin ular juda kam.

Javob berish

Qullab quvatlayman

Javob berish

Жаноб президент Биз сиз билан фахрланамиз. Мустакиллигимиз абадий булсин. Хеч качон чарчаманг.

Javob berish

Umuman aʼzo boʻlmaganimiz yaxshi, hatto kuzatuvchi boʻlib ham! YOIIning strategik maqsadi bizga boshida biroz yordam berib, kelajakda xomashyo yetkazib beruvchi davlatga aylantirish! Oʻzimiz mustaqil rivojlanishimiz uchun hamma shart-sharoitlar mavjud!

Javob berish

Qushilmasdan yaxshi ish qilibdi prezident qushni davlatlarniyam do'stligi yo'q xamma uz manfatni uylidi baribir faqat yaxshi muomlada salom alik qilsak shuni uzi etarli

Javob berish

Prezident 100 foiz haq. Mustaqilligimizni sotmaymiz.

Javob berish

Bizga shu kerakmi oʻzi? Usiz ham noliydiganmas hayotimiz

Javob berish