Karvonsaroy
Xavfsizlik

Erondagi tanglik sababli Turkmanistonda xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Jumaguli Annayev

Turkmaniston yuk mashinalari Saraxs yaqinidagi Eron chegara hududlariga kirib bormoqda. Tehron Ukraina samolyotini urib tushirganidan soʻng, Turkmaniston Eron bilan barcha chegara postlarini yopgan. [IRNA]

Turkmaniston yuk mashinalari Saraxs yaqinidagi Eron chegara hududlariga kirib bormoqda. Tehron Ukraina samolyotini urib tushirganidan soʻng, Turkmaniston Eron bilan barcha chegara postlarini yopgan. [IRNA]

ASHXOBOD – Shu oy boshida mintaqada yuzaga kelgan tanglik sharoitida Eron Ukrainaga qarashli yoʻlovchi samolyotni tasodifan urib tushirganini tan olgach , Turkmaniston oʻz chegaralari va aholisini himoya qilish choralarini koʻrmoqda.

Ukraina samolyoti tunda havoga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay halokatga uchragan – bu voqea Eron rejimi Iroqdagi AQSH va boshqa xorijiy qoʻshinlar joylashgan ikki harbiy bazaga 22 ta raketa uchirganidan bir necha soat oʻtib yuz bergan.

Halokat natijasida barcha 176 yoʻlovchi va ekipaj aʼzolari hayotdan koʻz yumgan, ular orasida 82 nafar Eron fuqarosi, 63 kanadalik, 11 ukrainalik, 10 shved, toʻrt afgʻon, uch nemis va uch britaniyalik boʻlgan.

Samolyot “yer-havo” toifasidagi raketa bilan urib tushirilganini isbotlovchi videolavha va bilvosita dalillarga qaramay, Tehron bir necha kun davomida “Ukraina xalqaro havo yoʻllari”ga qarashli PS752 samolyoti raketa hujumi tufayli yerga qulaganini rad etib keldi.

10-yanvar kuni Turkmaniston aviakompaniyasi Eron havo hududi orqali oʻtadigan parvozlarni vaqtincha toʻxtatdi. [Twitter]

10-yanvar kuni Turkmaniston aviakompaniyasi Eron havo hududi orqali oʻtadigan parvozlarni vaqtincha toʻxtatdi. [Twitter]

Ammo shanba (11-yanvar) kuni tobora kuchayib borayotgan xalqaro va ichki bosimga duch kelgan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy haqiqatni – samolyot Eron harbiylarining “mudhish xatosi” tufayli urib tushirilganini tan oldi.

IIPKning havo kuchlari qoʻmondoni 8-yanvar kuni urib tushirilgan samolyot bilan bogʻliq javobgarlikni toʻliq oʻz zimmasiga olgan boʻlsa-da, operator yoʻlovchi samolyotni “qanotli raketa” deb oʻylab nishonga olganida mustaqil tarzda harakat qilganini aytdi.

Parvozlar vaqtincha toʻxtatildi

Norozilikka sabab boʻlgan bu voqea Turkmaniston fuqarolarining Eron rejimiga nisbatan ishonchsizligini kuchaytirgan.

“Yuqori texnologiyalar rivojlangan va eng soʻnggi havo nishonlarini aniqlash tizimlari mavjud boʻlgan bugungi zamonda qanday qilib fuqarolik samolyotini jangovar qanotli raketa bilan adashtirish mumkin?” deydi Ashxobod xalqaro aeroportining aviatsiya xavfsizligi boʻyicha mutaxassisi Mardon Otayev.

Buning ehtimoliy sabablaridan biri shuki, Eron Rossiyada ishlab chiqarilgan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimiga egalik qiladi, ular harbiy va fuqarolik samolyotlarini farqlay olmaydigan eskirgan dasturlar asosida ishlaydi.

2019-yilda Rossiyaning eskirgan harbiy texnikasi bilan bogʻliq boshqa halokatli voqealar ham yuz bergandi. Mart oyida Rossiyada ishlab chiqarilgan Mi-8 vertolyotining Qozogʻistonda halokatga uchrashi , iyul oyida chuqur suv tubida suzuvchi Rossiya kemasida yuz bergan yongʻinva Rossiyaning yagona aviatashuvchisiga oʻt ketishi bilan bogʻliq dekabrdagi hodisalar shular jumlasidandir.

Ukraina samolyotining halokatidan oldin, Turkmaniston va Dubay oʻrtasidagi parvozlar Eron hududi orqali amalga oshirilar edi. Fojiadan ikki kun oʻtib, 10-yanvar kuni aviakompaniya Eron hududidan oʻtadigan barcha parvozlar vaqtincha toʻxtatilganini eʼlon qilgan.

Xabarda aytilishicha, bunday qaror “parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida” qabul qilingan.

Ashxobodlik pensioner Karimberdi Kossekov Turkmanistonning “beqaror va xavfli” Eron havo hududi orqali parvozlarni toʻxtatish qarorini olqishladi.

“Hech kim xato yoki inson omilidan himoyalanmagan, lekin bu holatda Turkmaniston havo yoʻllarining Eron orqali parvozlarni toʻxtatish qarori toʻgʻri boʻldi”, dedi u.

“Kim bilsin, Eronning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimida yana bir vahimachi paydo boʻlib, yoʻlovchi samolyotni jangovar samolyot bilan adashtirib, uni urib tushirishi mumkindir”, dedi u.

Chegaralar yopildi

Eron havo hududidan oʻtadigan parvozlarni toʻxtatish bilan birga, Turkmaniston qoʻshni mamlakat bilan quruqlikdagi barcha chegara punktlarini ham yopgan.

Turkmaniston-Eron chegarasi yopilganini Turkmaniston Davlat chegara xizmati xodimi tasdiqladi.

“Bu Ukraina samolyoti urib tushirilgani maʼlum boʻlgan kuni, yaʼni 8-yanvarda yuz berdi”, dedi u oʻz ismini oshkor qilmaslik sharti bilan.

Mahalliy OAV bu chora toʻgʻrisida xabar bermagan, bu haqda 10-yanvar kuni Avstriyada joylashgan Turkmaniston xronikasi nashri xabar qildi.

Chegarachilarga koʻra, Turkmaniston Eron bilan 992 km uzunlikdagi umumiy chegaraga ega va unda toʻrtta nazorat-oʻtkazish punkti joylashgan. “Ularning barchasi odamlar uchun ham, yuklar uchun ham yopiq”, dedi u.

Chegarani kesib oʻtishga harakat qilgan bir necha kishi 14-yanvar kuni Karvonsaroy nashriga uning yopilgani haqida xabar bergan.

Jumladan, ashxobodlik 48 yoshli Gulyalek ismli ayol Gaudan-Bajigiron chegara punkti orqali davolanish uchun Eronga oʻta olmagan.

Chegara oldi savdosi bilan shugʻullanuvchi Balkan viloyatidan kelgan Yoqub ismli tadbirkor bojxonachilar tomonidan qoʻyilgan cheklovlar sababli Erondan yuborilgan tovarlarini ololmagan.

Saragt, Ortiq va Etrek nazorat-oʻtkazish punktlarida yuzlab yuk mashinalari toʻplangan, deya xabar bergan turli manbalar Karvansaroyga.

Turkmanistonning chegara, bojxona va migratsiya xizmatlari vakillari nazorat-oʻtkazish punktlari yopilishining sababi va ularning qachon ochilishi haqida maʼlumot bermayapti.

Ishonchsizlik kuchaymoqda

Shaxsi ochiqlanmasligini soʻragan ashxobodlik jurnalist va olimning aytishicha, turkmanlarning Eronga nisbatan ishonchsizligi asrlar osha davom etmoqda va soʻnggi yillarda Eron rejimining mintaqadagi dushmanona siyosati tufayli sezilarli darajada kuchaygan.

“2019-yil avgust oyida “Ovoza” kurort hududida oʻtkazilgan Kaspiy iqtisodiy forumida Eron milliy gaz kompaniyasi vakili Behruz Namdariy Turkmanistonning Kaspiy dengizi tubida gaz quvurini qurishiga qarshi chiqqanini eslaylik”, dedi jurnalist.

Eron gaz quvuri qurilishiga qarshi” degan edi oʻshanda Namdari.

Jurnalist Eron rejimining mintaqaviy hamkorlik va rivojlanishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan bir nechta yirik loyihalariga toʻsqinlik qilgani bilan bogʻliq boshqa holatlarga ham toʻxtalgan.

Uning soʻzlariga koʻra, Eron avval yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun Turkmanistondan qariyb 2 milliard dollar (7 milliard manat) qarzdor.

Turkmanistonning gʻarbiy Korpej konlaridan Eronning Kordkuyigacha boʻlgan 200 km uzunlikdagi “Korpej-Kordkuy” tabiiy gaz quvuri asosan Eron tomonining aybi bilan toʻliq ishlamayapti, deb qoʻshimcha qildi u.

Bundan tashqari, yangi Qozogʻiston-Turkmaniston-Eron temir yoʻli orqali yuk tashish toʻliq hajmda amalga oshirilmayapti.

“Turkmaniston bu inshootlarga yuzlab million dollar sarmoya kiritdi va bularning bari havoga sovurildi”, dedi u.

Eron ommaviy axborot vositalarining yolgʻonlari

Turkman jurnalisti Eron ommaviy axborot vositalarini yolgʻon tarqatishda ham aybladi.

Eron davlat axborot agentligi 13-yanvar kuni Eronning Turkmanistondagi yangi elchisi Gʻulom Abbos Arbob-Xales Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga ishonch yorligʻini topshirganida yolgʻon maʼlumot tarqatdi, dedi u.

“Eron ommaviy axborot vositalari, xususan IRNA Turkmaniston prezidenti 3-yanvar kuni eronlik general Qosim Sulaymoniyning “shahid boʻlgani” munosabati bilan hamdardlik bildirgani haqida xabar berdi”, dedi u.

“Biroq, turkman ommaviy axborot vositalarida, xususan Turkmaniston davlat axborot agentligi xabarlarida taʼziya yoxud generalning “shahid boʻlgani” haqida hech qanday gap-soʻz boʻlmagan, dedi u.

“Bu kabi yolgʻon xabarlar oʻzaro ishonchga putur yetkazadi”, deydi turkmanistonlik jurnalist.

Eron IIPKning “Al-Quds” kuchlari qoʻmondoni Qosim Sulaymoniy Bagʻdodda AQSH dronining hujumi bilan oʻldirilgan.

Oʻtgan yil aprelda AQSH hukumati guruh tomonidan dunyo boʻylab amalga oshirilgan oʻnlab tajovuzkor harakatlar ortidan IIPKni terrorchi tashkilot deb topgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Diktator-oʻgʻrilar evolyutsiyasi

Javob berish