Karvonsaroy
Siyosat

Markaziy osiyoliklar Putinning konstitutsiyaviy islohotlar ortidagi maqsadlariga shubha bilan qaramoqdalar

Kanat Altinbayev

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-yanvar kuni Federal yigʻinga murojaatnomasida mamlakat siyosiy tizimiga katta oʻzgarishlar kiritishni taklif qilgan. (Kreml)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-yanvar kuni Federal yigʻinga murojaatnomasida mamlakat siyosiy tizimiga katta oʻzgarishlar kiritishni taklif qilgan. (Kreml)

OLMAOTA – Rossiya hukumatining isteʼfosi va prezident Vladimir Putin tomonidan eʼlon qilingan islohotlarga Markaziy Osiyolik tahlilchilar va oddiy fuqarolar shubha bilan qaramoqda. Ularning fikricha, Putinning asosiy maqsadi – qudratni qoʻldan boy bermaslik.

15-yanvar kuni Putin Federal yigʻinga (parlament) murojaat qilib, mamlakat siyosiy tizimiga kiritilajak oʻzgartirishlarni eʼlon qilgan. U konstitutsiyani oʻzgartirishni va tegishli oʻzgarishlar boʻyicha umumxalq saylovi oʻtkazishni taklif qildi.

Rossiya ommaviy axborot vositalariga koʻra, referendum 1-maygacha oʻtkazilishi kutilmoqda.

Putinning asosiy tashabbuslaridan biri – hukumat vakolatlarini qayta taqsimlash, yaʼni bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlash huquqini prezidentdan olib, Dumaga – parlament quyi palatasiga berish.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-yanvar kuni Federal yigʻinga murojaatida mamlakat siyosiy tizimiga katta oʻzgarishlar kiritishni taklif qildi. Markaziy osiyoliklar Putinning “demokratik” islohotlarini qudratni qoʻlda ushlab qolishga harakat oʻlaroq qabul qilmoqdalar. (Kremlin.ru)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-yanvar kuni Federal yigʻinga murojaatida mamlakat siyosiy tizimiga katta oʻzgarishlar kiritishni taklif qildi. Markaziy osiyoliklar Putinning “demokratik” islohotlarini qudratni qoʻlda ushlab qolishga harakat oʻlaroq qabul qilmoqdalar. (Kremlin.ru)

Shu bilan birga, Federal kengash – yuqori palata sudyalarni lavozimidan boʻshatish vakolatiga ega boʻlishi kerak, dedi Putin.

Shu kunning oʻzida, bosh vazir Dmitriy Medvedev oʻzi va Vazirlar mahkamasining isteʼfosi haqida eʼlon qildi.

Medvedev ushbu qarorini izohlar ekan, “oʻzgarishlar qabul qilinsa, hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat, sud hokimiyatining muvozanatiga muhim oʻzgartirishlar kiritadi”, shuning uchun “biz, Rossiya Federatsiyasi hukumati sifatida mamlakatimiz prezidentiga barcha zarur qarorlarni qabul qilishi uchun imkon berishimiz kerak”, deb taʼkidladi.

Putin Federal soliq xizmatining sobiq rahbari Mixail Mishustinni Medvedevning oʻrniga tayinladi. Mishustin avvalgi lavozimida 10 yil xizmat qilgan.

Medvedev esa davlat xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi. Putin bu lavozimni Medvedev uchun maxsus tashkil etgan.

“Demokratik” islohotlarning asl maqsadi

Rossiya hukumatiga yaqin anonim manbalarning ishonishicha, prezidentning bunday “kutilmagan” tashabbusi Markaziy Osiyolik tahlilchilarga koʻra, 2024-yilda muddati tugaydigan Putinning hokimiyatni ushlab qolish yoʻlidagi rejali harakatlaridir.

Goʻyo “davlat demokratiyasini rivojlantirish uchun” hokimiyatni markazsizlantirishga oid konstitutsiyaviy islohot oʻtkazish avval ham hukumatni de-fakto boshqarish uchun prezidentlikdan ketgan Yevroosiyo davlatlari rahbarlari tomonidan qoʻllanilgan, deydi Nur-Sultonlik xalqaro munosabatlar mutaxassisi Ruslan Nazarov.

“Putin hokimiyat vakolatlarini koʻchirishni Markaziy Osiyo davlatlari – Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Qozogʻistondan oʻrgangan va oʻz rejasini Rossiyadagi voqelikka moslab amalga oshirmoqchi”, dedi Nazarov.

Putin Rossiya davlat boshqaruv tizimini muvozanatlash maqsadida emas, balki taʼsir qudrati sezilarli kamayadigan oʻz davomchisini nazorat qilish uchun prezident vakolatlarini qisqartirmoqda, dedi u.

“Putin kelgusi prezidentning qarorlariga qanday taʼsir koʻrsatishi hozircha aniq emas, ammo Medvedevni Xavfsizlik Kengashi rahbarligiga tayinlayotganini hisobga olsak, Rossiya yetakchisi keyinchalik oʻz muddati tugaganidan keyin u rahbarlik qiladigan Xavfsizlik Kengashi konstitutsional organ boʻlishini rejalashtirmoqda, Medvedevning roli esa bunga zamin yaratib berishdir”, dedi Nazarov.

Avvalroq Putin ketma-ket ikki muddatdan ortiq prezidentlik qilishini taqiqlovchi konstitutsiyaviy cheklovlarni chetlab oʻtish uchun Medvedev bilan lavozim almashgan edi.

2008-yil bahorida Putin qoʻllab-quvvatlagan nomzod, uning sobiq hamkasbi – Medvedev prezidentlik saylovida gʻalaba qozongan edi.

2012-yilda Medvedev prezidentlik lavozimidan ketganidan keyin Putin yana rahbarlikni qoʻlga olgan. Prezidentlik muddatini olti yilga choʻzdirib, 2018-yilda qayta shu lavozimga saylanganidan keyin, Putin 2024-yilga qadar prezident boʻlib qolishi mumkin.

Ammo, bu safar rollarni almashish Putin rahbariyatda qolishi uchun yaxshi yechim emas, chunki Rossiyadagi yashash standartlari pasaygan va jamiyatda norozilik kuchaygan, dedi olmaotalik siyosiy tahlilchi Islom Kurayev.

“Hukumatning isteʼfosiga kelsak, hammasi xalqning koʻzi uchun, mamlakatda oʻzgarishlar kechayotganini koʻrsatish uchun qilindi”, deydi Kurayev.

Markaziy Osiyoliklar oʻzgarishlarga ishonmayapti

Markaziy Osiyodagi oddiy fuqarolar rejadagi konstitutsiyaviy oʻzgarishlarga shubha bilan qaramoqda.

Qirgʻizistonda konstitutsiya 10 marta oʻzgargan: birinchi prezident Asqar Akayev muddati tugashiga yaqin hokimiyatni markazsizlantirish va muvozanatni saqlash uchun konstitutsiyani besh marta oʻzgartirgan. Akayev 1990-yildan 2005-yilgacha prezidentlik qilgan.

Ammo, politsiya va namoyishchilarning toʻqnashuvi ortidan namoyishchilar prezident saroyini qoʻlga olganidan keyin, 2005-yil mart oyida Akayev Rossiyaga qochib ketgan.

“Biz “konstitutsiyaviy islohotlar” va ularning nima maqsadda qilinishidan yaxshigina xabardormiz, ular aniq siyosiy tizimni demokratlashtirish uchun emas”, dedi Bishkekda joylashgan “KelKel” yoshlar harakatining sobiq faoli Ulan Boronbayev.

“Putin bu rejani hukumatni oʻz qoʻlida saqlab qolish uchun oʻylab topgani aniq, endi esa u mamlakatdagi demokratik oʻzgarishlar niqobi ostida oʻz xalqini aldayapti”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ajoyib

Javob berish

Bit bosgan pakana boshchiligida Rossiyada mutlaqo qonunsizlik hukmron

Javob berish

Butun Markaziy Osiyoliklar nomidan fikr bildirishga qanday haqqing bor?

Javob berish

Rossiya konstitutsiyasini guruh boʻlib zoʻrlash bu

Javob berish

Putlerning odatdagi qallobligi bu

Javob berish