Karvonsaroy
Saylovlar

Nomzodlar taqiqlanganidan keyin Eron prezidenti mamlakat konservativ rahbarlarini tanqid ostiga oldi

Karvonsaroy va AFP

27-yanvar kuni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat saylovlarini nazorat qiluvchi oʻta konservativ Qoʻriqchilar kengashini keskin tanqid qildi. (Eron prezidenti matbuot xizmati)

27-yanvar kuni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat saylovlarini nazorat qiluvchi oʻta konservativ Qoʻriqchilar kengashini keskin tanqid qildi. (Eron prezidenti matbuot xizmati)

TEHRON – Dushanba (27-yanvar) kuni saylovlardan bir necha hafta oldin oʻta-konservativ raqiblari boshqargan idora tomonidan minglab nomzodlar saylovda ishtirok etish huquqidan mahrum etilganidan keyin Eron prezidenti Islom respublikasi “demokratiyasi va milliy suverenitetiga” tahdiddan ogohlantirdi.

Bir necha ming nomzod, jumladan joriy parlamentning 92 nafar aʼzosi saylovda ishtirok etish hukuqidan mahrum etilganidan keyin prezident Hasan Ruhoniyning moʻtadil konservativ va islohotchi ittifoqdoshlari Qoʻriqchilar kengashi bilan ochiq nizoli vaziyatga tushib qolgan.

Erondagi saylovlarni nazorat qiluvchi kengash 14500 ta daʼvogarning deyarli uchdan ikki qismi – 9500 taga yaqin potentsial nomzodga saylovda ishtirok etishni taqiqlaganini bildirdi.

Taqiq saylov qutilaridan “boshqa yerda” tayinlashlarga olib kelishi mumkin, dedi Ruhoniy.

“Demokratiya va milliy suverenitetga eng katta tahdid saylovlar rasmiyatchilikka aylangan kundan boshlanadi”, deb aytgan Ruhoniy viloyat hokimlari bilan uchrashuvda. Bu haqda prezident veb-saytida xabar berilgan.

“Bunday boʻlishidan Xudo saqlasin”, deb qoʻshimcha qilgan u.

“Xalqni tinchlantiraylik va tizimimiz yakkapartiyaviy emasligiga ishontiraylik.”

Oʻta konservativlarga haqida gapira turib, “ular hech boʻlmaganda raqobat va ishtirok etish imkonini yaratib berishlari kerak”, dedi u.

U barcha toifadagi eronliklarni “kamchilik boʻlsa ham saylovda ishtirok etishga” chaqirdi.

“Baʼzan qandaydir sabab tufayli saylovda ishtirok etgim kelmas, ammo boshqa vaziyatda saylovga ishonchim yetarli boʻlmagani uchun bormasligim – xavfli”, dedi u.

Norozilik kuchaymoqda

Saylovlar Eron uchun ogʻir kelgan oydan keyin oʻtkazilmoqda – Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) Ukrainaning yoʻlovchi samolyotini urib tushirganidan keyin hukumatga qarshi noroziliklar kuchaygan edi.

Bu iqror va IIPK hamda Eronning yuqori martabali rasmiylari voqeani yashirish maqsadida yolgʻon soʻzlaganining fosh boʻlishi Eron boʻylab norozilik toʻlqinining kuchayishi va misli koʻrilmagan namoyishlarga sabab boʻldi.

Aholi noroziligining kuchayishi va iqtisodiyotning qulab borayotgani bilan yuzma-yuz kelgan Eron rahbariyati nazoratni ushlab qolishga va bir vaqtning oʻzida Gʻarbga nisbatan qatʼiy pozitsiyasini namoyish etishga urinmoqda.

Soʻnggi noroziliklar Eron hukumatining samolyotni urib tushirishi va rahbariyatning vaziyatni boshqarishga layoqatsizligi tufayli kelib chiqqan boʻlsa-da, Eronning davomli iqtisodiy muammolari bilan bogʻliq yashirin norozilik ham yoʻq emas.

Mazkur iqtisodiy muammolar va ularning natijasida kelib chiqqan ichki tartibsizliklar soʻnggi nizoda Eron rejimining Gʻarb bilan kurashishga hozirligini cheklashi mumkin.

Ushbu tartibsizliklar avj olgan mahal, Huziston viloyatida 22-yanvar kuni Eron IIPKga yaqin Bosij safarbarlik kuchlari qoʻmondoni nomaʼlum shaxs tomonidan otib oʻldirilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500