Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston bank sektorini xususiylashtirishga intilmoqda

Karvonsaroy va AFP

Oʻzbekiston xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eskirgan moliyaviy sektorni oʻzgartirish uchun bank sohasida islohotlar oʻtkazishni rejalashtirmoqda. [Pexels]

Oʻzbekiston xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eskirgan moliyaviy sektorni oʻzgartirish uchun bank sohasida islohotlar oʻtkazishni rejalashtirmoqda. [Pexels]

TOSHKENT – Oʻtgan juma (24-yanvar) kuni Oʻzbekiston hukumati eskirgan moliyaviy sektorni isloh qilish choralari doirasida banklar aksiyalarini “strategik investorlarga” sotishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.

“Davlat ulushiga ega banklar bosqichma-bosqich strategik investorlarga sotiladi”, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev oʻz murojaatnomasida.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga koʻra, mamlakatdagi bank tizimi zamonaviy talablardan 10-15 yil orqada qolgan.

Mirziyoyevga koʻra, ushbu jarayon “bosqichma-bosqich” amalga oshiriladi, buning uchun vaqt chegarasi yoki Oʻzbekistonga jalb qilinadigan investor uchun talablar belgilangan.

Davlat boshqaruvidagi bank sektori

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, davlatning bank tizimidagi ulushi 80 foizdan oshadi.

30 ta bankdan beshtasi toʻliq davlat banki boʻlib, qolgan sakkiztasining 50% ulushi davlatga tegishli.

Hukumat uchta xorijiy bankda oʻz ulushiga ega.

Oʻtgan yil fevral oyida jahon moliya bozorida 1 milliard dollarlik (9,6 trln. soʻm) obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirganidan soʻng, Oʻzbekiston xalqaro obligatsiyalar bozoriga chiqishni davom ettiradi, dedi Mirziyoyev.

Mirziyoyev – oʻtmishdoshi Islom Karimov davridagi chorak asrlik yakkalanishdan soʻng sobiq sovet respublikasi uchun turizm va investitsiyalar yoʻlini ochgan shaxs deb koʻriladi.

Oʻta zarur islohot

Kuzatuvchilar ham Oʻzbekiston bank tizimini isloh qilish zarur, degan fikrda.

“Oʻzbekistonda bank sohasi hanuzgacha boshlangʻich holatida”, deydi oʻzbekistonlik iqtisodchi Shukrullo Mavlonov. “Prezident Karimov hukmronligi davrida banklar boshqa davlatlarda boʻlgani kabi mustaqil moliya institutlariga aylana olmadi. Bozor iqtisodiyotining oʻzi yoʻq edi. Hatto Qozogʻistondagi bank tizimi darajasiga yetish uchun kamida oʻn yil kerak boʻlishi mumkin. Xizmatlar, servis, kapital, imkoniyatlar – hali ham yaxshi rivojlanmagan. Sohada yirik xorijiy oʻyinchilar yoʻq, shu bois banklar hech qanday raqobatni his qilmaydi.”

“Oʻzbekistondagi davlat banklari juda yomon ishlaydi. Ularga kirmaslikka harakat qilaman. Raqamli xizmatlarga umid qilmasa ham boʻladi. Hamma narsa qoʻlda, qogʻozda. Uzun navbatlar, qoʻpol xodimlar. Soʻnggi yillarda islohotlar oʻtkazishga urinishlar boʻldi, ammo men hech qanday oʻzgarish sezganim yoʻq. Fikrimcha, xususiylashtirish eng toʻgʻri chora”, deydi toshkentlik Ozoda Nasimova.

Maqolani tayyorlashga Maksim Yeniseyev oʻz hissasini qoʻshgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500