OLMAOTA – Taniqli qozoq rejissyori uning sovrindor filmni qoʻllab-quvvatlagan Rossiya kino jamgʻarmasidan olingan mablagʻning bir qismini qaytarishni talab qilayotganidan “hayratda” ekanini aytgan.
Agentlik uni filmni rejadagidan kechikib chiqarishda ayblagan.
Rossiyada ishlab chiqarilgan filmlarni moliyalashtiruvchi davlat agentligi –Rossiya kino jamgʻarmasi (RKF) “Ayka” filmini rejalashtirilgan muddatdan 4 yil kechikib chiqargani uchun qozogʻistonlik rejissyor Sergey Dvortsevoydan 100 ming yevro (110 ming AQSH dollari) toʻlashni talab qilmoqda, deb xabar bergan AFP nashri 20-yanvar kuni.
RKF film ijodkorlariga 28 million rubl (454 600 AQSH dollari) bergan, bu film budjetining chorak qismidan koʻproq, deb xabar bergan AFP.
Dvortsevoyga koʻra, film qishki sahnalar uchun haqiqiy qor boʻlmagani sababli kechikkan. Filmning “kvazi-hujjatli uslubi sababli sunʼiy qordan foydalanish mumkin emasdi”, deb aytgan u AFP nashriga.
“Men hayratdaman, bu mualliflik kinosi, biz bunday katta jarimani toʻlay olmaymiz”, dedi u.
Filmda uning Rossiyada duch kelgan qiyinchiliklari va yangi tugʻilgan farzandini tugʻruqxonada tashlab ketishi, keyinchalik uni izlashi tasvirlangan.
Film qirgʻizistonlik ishchi migrantlar Moskvadagi bolalar uylarida 248 ta yosh bolani qoldirib ketganiga oid statistikaga asoslangan, deb xabar bergan AFP.
Kann mukofoti
“Ayka”dagi bosh rolni 2018-yil iyunda 71-Kann xalqaro kinofestivalida eng yaxshi ayol roli uchun Oltin palma yaprogʻiga sazovor boʻlgan qozogʻistonlik Samal Yeslyamova ijro etgan.
Asli chimkentlik Sergey Dvortsevoy Kann kinofestivalining “Oʻzgacha nigoh” tanlov dasturi, shuningdek boshqa xalqaro kinofestivallarning toʻqqizta bosh sovriniga loyiq koʻrilgan “Lola” filmini suratga olgan.
“Ayka” uning prodyuser sifatidagi debyut filmi boʻldi.
Film Rossiyada u qadar ommalashmadi. Uni 8000 dan ortiq tomoshabin koʻrdi, chiptalar sotuvi esa 39 ming dollar keltirdi, deb xabar beradi AFP rasmiy statistikaga tayanib.
Qozogʻiston kino sanoati vakillari jarimadan hayratda ekanliklarini bildirishgan.
Qozogʻistondagi yetakchi Sataifilm kinostudiyasining sobiq texnik direktori Muxtor Janabayning aytishicha, filmga homiylik qilgan jamgʻarmaning pulni qaytarishni talab qilishi bilan bogʻliq bunday holat Qozogʻistonda hali yuz bermagan edi.
“Filmlarni suratga olish jarayonida uning rejalashtirilgan sanadan kechikishiga olib keladigan fors-major vaziyatlar koʻp boʻladi. Bu normal holat”, dedi Janabay.
Rossiya kino sanoati mutasaddilari Markaziy osiyolik film yaratuvchilariga bosim oʻtkazmoqdalar, chunki bu film jahon sahnasida muvaffaqiyat qozondi, deydi olmaotalik kinotanqidchi Nurtay Albayev.
“Ular oʻzlarining “tomorqalari” deb hisoblaydigan Markaziy osiyolik professionallar muvaffaqiyatga erishgan boʻlsalar, ularni uquvsiz hisoblab, yoqtirmaydilar”, dedi Albayev.
Rossiyada shovinizm bor.
Javob berishFikrlar 5
Juda kulgili! Endi ikki million dollardan koʻproq byudjetga ega film rasman kam byudjetli deb atalar ekan ... Toʻrt yil, Karl! Buni hech bir joyda kechirmagan boʻlishardi... U esa chuqur hayratda emish)))
Javob berishFikrlar 5
Bu ishni qilganlarning qalbi sovuq, iflos va hasadga toʻla. Pullarini qaytarib bering, tiqilib qolishsin. Haqiqiy isteʼdod oʻlchanmaydi va uning bahosi ham boʻlmaydi. Har qanday gʻarbiy kinofestivallar siyosiy maydon, ehtiyot boʻling.
Javob berishFikrlar 5
Bunaqangi tartibsizlik va haddan oshish faqat Rossiyada boʻladi
Javob berishFikrlar 5
Ayni vaqtda Rosiyada irqchilik va natsizm keng tarqalmoqda
Javob berishFikrlar 5