Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozogʻistonda Sovet davriga oid yadroviy obyektlarni himoyalashga qaratilgan yangi trening markazi ochildi

Aydar Ashimov

AQSH mudofaa vazirligining tahdidlarni kamaytirish agentligi (DTRA) va Qozogʻiston milliy yadroviy markazi (QMYM) vakillari Semipalatinsk sinov poligonida Degelen togʻidagi yopiq tunnellar oldidan oʻtmoqda, 2019-yil, sentabr. Bu togʻ Sovet Ittifoqi davrida yerosti yadroviy sinovlari uchun qoʻllanilgan. [DTRA]

AQSH mudofaa vazirligining tahdidlarni kamaytirish agentligi (DTRA) va Qozogʻiston milliy yadroviy markazi (QMYM) vakillari Semipalatinsk sinov poligonida Degelen togʻidagi yopiq tunnellar oldidan oʻtmoqda, 2019-yil, sentabr. Bu togʻ Sovet Ittifoqi davrida yerosti yadroviy sinovlari uchun qoʻllanilgan. [DTRA]

NUR-SULTON – AQSH mudofaa vazirligining tahdidlarni kamaytirish agentligi (DTRA) va Qozogʻiston milliy gvardiyasi sharqiy Qozogʻistonda bir necha oʻn yil oldin Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng qolib ketgan yadroviy inshootlar himoyasini taʼminlashga qaratilgan trening markazi qurilishini yakunladi.

Ust-Kamenogorskdagi Inqirozga qarshi trening markazi “ikki mamlakat oʻrtasidagi “Global yadroviy xavfsizlik” qoʻshma dasturi doirasida samarali hamkorlikka yorqin misol boʻla oladi”, deyiladi Qozogʻistondagi AQSH elchixonasining 22-yanvar kungi bayonotida.

Yadroviy qurollar tarqalishi xavfini kamaytirishga oid qoʻshma missiya ilk marta 1993-yil dekabr oyida ikki hukumat oʻrtasida imzolangan shartnoma doirasida amalga oshirilgan.

Taktik tayyorgarlik, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, zamonaviy xavfsizlik tizimlari va kompyuter xavfsizligi, shu bilan birga, yadroviy materiallarning nazorati va xavfsiz saqlanishi markazning oʻquv dasturiga kiritilgan.

AQSH mudofaa vazirligining tahdidlarni kamaytirish agentligi va Qozogʻiston milliy yadroviy markazi vakillari oʻtgan yil sentabr oyida Qozogʻistondagi Semipalatinsk sinov poligonidagi Degelen togʻiga tashrif buyurdilar. 1990-yillarda bu yerda 181 ta yerosti tunneli yoʻq qilingan. (DTRA)

AQSH mudofaa vazirligining tahdidlarni kamaytirish agentligi va Qozogʻiston milliy yadroviy markazi vakillari oʻtgan yil sentabr oyida Qozogʻistondagi Semipalatinsk sinov poligonidagi Degelen togʻiga tashrif buyurdilar. 1990-yillarda bu yerda 181 ta yerosti tunneli yoʻq qilingan. (DTRA)

Markaz qurilishi va taʼmirlanishi 2018-yildan beri davom etgan, buning natijasida eski harbiy kazarmalar zamonaviy trening bazasiga aylantirildi.

Rasmiy ochilish marosimi 24-yanvar kuniga rejalashtirilgan edi, ammo havo yomonlashgani sababli baʼzi rasmiylar marosimga uchib kela olmasligi sababli tadbir ikki haftaga kechiktirildi.

Oʻquv markazi elektron tirlar, avtomobilь simulyatorlari va dron boshqaruvchilari uchun trening majmualari bilan jihozlangan.

Tashlandiq obyekt

AQSH mudofaa vazirligining tahdidlarni kamaytirish agentligi (DTRA) maʼlumotlariga koʻra, Semipalatinsk (hozirgi Semey) sinov poligoni 1947-yilda Sovet Ittifoqining yadroviy dasturi doirasida ish boshlagan.

1949-1989-yillarda poligonda 456 ta yadroviy portlash amalga oshirilgan boʻlib, ularning 116 tasi atmosferada va 340 tasi esa yer ostida yuz bergan va qozoq rasmiylariga koʻra, mahalliy aholi salomatligiga oʻnglanmas zarar yetkazgan.

1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng koʻplab olimlar va harbiylar poligonni tark etishdi. Ular tunnellar, quduqlar va himoyalanmagan yadro materiallarini qoldirib ketganlar.

Qozogʻistonlik kuzatuvchilar ikki mamlakat hukumatining yadroviy qurollar tarqalishi xavfini bartaraf etishga oid choralarini yuqori baholadilar.

“Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin barcha harbiy poligonlar xarob holatga keldi va Semipalatinskdagi inshoot ham xavfli obyektga aylandi”, dedi “Beybit Aspan” (Tinch osmon) nodavlat tashkilotining rahbari, tarazlik Ruslan Seksenbayev.

“AQSH Mudofaa vazirligining tahdidlarini kamaytirish agentligi va Qozogʻiston rasmiylarining birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli poligon infratuzilmasi zararsizlantirilgan va bugungi kunda u hech qanday xavf tugʻdirmaydi.”

Qozogʻiston va AQSH mutaxassislarining oʻzaro hamkorligi “tajriba almashish, oʻqitish va Qozogʻistonda taʼlim imkoniyatlarini yaxshilash” bilan davom etmoqda, deb qayd etdi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Amerikoslarning Qozogʻiston bilan nima ishi bor? Rossiyaning oʻzi hal qilsin

Javob berish

Nega Yankilarni kirityapsizlar?

Javob berish

Amerika butun dunyoda qilganidek josuslik qilyapti. Yaxshilik qilish qoʻllaridan kelmaydi. Oʻz rejalari bor.

Javob berish