Karvonsaroy
Diplomatiya

Mintaqaga safari chogʻida Pompeo Markaziy Osiyo bilan aloqalarni mustahkamlashga eʼtibor qaratdi

Karvonsaroy

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo 3-fevral kuni Toshkentda Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan “C5+1” formatida uchrashuv oʻtkazdi. (Kevin Lamarg/AFP)

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo 3-fevral kuni Toshkentda Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan “C5+1” formatida uchrashuv oʻtkazdi. (Kevin Lamarg/AFP)

TOSHKENT/NUR-SULTON – AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Qozogʻiston va Oʻzbekistonga qizgʻin safari davomida Markaziy Osiyo bilan yaqin aloqalar muhimligini taʼkidladi.

Dushanba (3-fevral) kuni u Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.

U “Qoʻshma Shtatlar va Oʻzbekiston oʻrtasida yanada yaqin strategik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish ishlariga bosh-qosh boʻlayotgani va Afgʻonistondagi siyosiy muzokaralarni ilgari surayotgani uchun prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi”, deyiladi AQSH davlat departamenti bayonotida.

Shu kunning oʻzida Toshkentda AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokida “C5+1” formatidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyning Shinjon Uygʻur avtonom hududida qarindoshlari hibsda saqlanayotgan etnik qozoqlar bilan suratga tushmoqda, 2-fevral, Nur-Sulton. (Qozogʻistondagi AQSH elchixonasi)

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyning Shinjon Uygʻur avtonom hududida qarindoshlari hibsda saqlanayotgan etnik qozoqlar bilan suratga tushmoqda, 2-fevral, Nur-Sulton. (Qozogʻistondagi AQSH elchixonasi)

Pompeo Qozogʻistonga tashrifini Qosim-Joʻmart Toʻqayev bilan turli mavzular muhokamasiga bagʻishlangan uchrashuv bilan yakunladi. (Qozogʻiston prezidenti matbuot xizmati)

Pompeo Qozogʻistonga tashrifini Qosim-Joʻmart Toʻqayev bilan turli mavzular muhokamasiga bagʻishlangan uchrashuv bilan yakunladi. (Qozogʻiston prezidenti matbuot xizmati)

AQSH davlat departamentiga xabariga koʻra, “bugun davlatlarimiz oʻrtasida tizimli va muntazam xarakterga ega ikki tomonlama keng qamrovli aloqalar mavjud”, deb aytgan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 3-fevral kuni Toshkentda Pompeo bilan uchrashuvi chogʻida.

“Bu guruh Markaziy Osiyo davlatlari uchun terrorchilikka qarshi kurash va boshqa muammolar bilan bir qatorda mintaqadagi iqtisodiy, energetika sohasida aloqalarni kuchaytirishda samarali ekanligini isbotlamoqda”, dedi Pompeo matbuot anjumanida. “Muvaffaqiyatimiz asosan prezident Shavkat Mirziyoyening yaxshi qoʻshnichilik siyosati tufayli amalga oshdi.”

“Ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik oʻz ravnaqining choʻqqisida deb ishonch bilan ayta olaman”, dedi Kamilov.

AQSH davlat departamentiga koʻra, “C5+1 Qoʻshma Shtatlar va Markaziy Osiyoning besh davlati duch kelayotgan umumiy muammolarni hal qilishga qaratilgan qoʻshma platforma va muloqot formatidir”.

Oʻzbekistonning “chinakam hamkori”

“Amerika oʻzbekistonlik doʻstlarimiz uchun haqiqiy hamkordir”, deb taʼkidladi Pompeo. U Oʻzbekiston iqtisodiyoti va Oʻzbekiston-Afgʻoniston aloqalari uchun rejadagi yordamlarni eʼlon qildi.

“Biz moliyaviy islohotlarni ilgari surish boʻyicha boshqa saʼy-harakatlar bilan bir qatorda, Oʻzbekistonga kapital bozorini rivojlantirishga yordam berish uchun Kongress tomonidan tasdiqlangan 1 million dollar (9,5 milliard soʻm) texnik yordamni kutmoqdamiz”, dedi Pompeo. “Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida savdo va aloqalarni rivojlantirish uchun 1 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratadi.”

Pompeo Oʻzbekistondagi boshqa islohotlarni ham yuqori baholadi.

“Oʻzbekiston fuqarolik jamiyati uchun imkoniyatlarni kengaytirmoqda, majburiy mehnat muammolarini hal qilmoqda va ommaviy axborot vositalari faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlarni olib tashlamoqda”, deya qoʻshimcha qildi u. “Diniy erkinlik himoyalangan joyda tinchlik va farovonlik hukm suradi.”

Diniy erkinlik masalasini Vashington uchun muhim deb atagan Pompeo Toshkent shahar bosh imomi Nuriddiy Xoliqnazarov bilan uchrashdi.

“Oʻzbekistondagi din peshvolari bilan uchrashib, diniy erkinlikni yanada kuchaytirish yoʻlida olib borilayotgan islohotlar va huquqiy oʻzgarishlarni muhokama qildik”, deb yozdi Pompeo 3-fevral kuni Tvitterda.

Xitoyning musulmonlarga nisbatan shafqatsiz munosabati

Pompeo Toshkentga tashrifi oldidan Oʻzbekistonning neftga boy qoʻshnisi Qozogʻiston rahbariyati bilan uchrashdi va ushbu mamlakatga chegaradosh boʻlgan Xitoyning Shinjon mintaqasidagi musulmon ozchiliklarga nisbatan shafqatsizliklariga chek qoʻyishga va bu yoʻlda barcha mamlakatlarni AQSHni qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.

“Biz (mamlakatlardan) Xitoydan kelgan qochqinlar uchun xavfsiz joy va boshpana taqdim etishni soʻraymiz”, dedi Pompeo yakshanba (2-fevral) kuni Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan matbuot anjumanida.

U 2-fevral kuni poytaxt Nur-Sultonga tashrifi davomida oila aʼzolari Shinjonda hibsda qolayotgan etnik qozoqlar bilan uchrashgan. Mintaqada xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan mislsiz choralar doirasida bir milliondan ortiq uygʻurlar, qozoqlar va boshqa ozchiliklar vakillari hibsga olingani aytiladi.

“Amerika Qoʻshma Shtatlari ushbu vaziyatni va Xitoyning Shinjondagi qatagʻoni bilan bogʻliq keng koʻlamli muammoni hal etishga imkon qadar harakat qiladi”, dedi Pompeo AQSHning Nur-Sultondagi elchixonasi bayonotiga koʻra.

Pompeo Qozogʻistonga safari soʻngida prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev va mamlakatni uzoq vaqt boshqargan sobiq davlat rahbari Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi.

Pompeoning safari “mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarning ijobiy dinamikasidan dalolat beruvchi muhim tashrifdir”, dedi Nur-sultonlik siyosatshunos Bolatbek Isayev. “Mamlakatlarimiz oʻrtasida uzoq muddatli siyosiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish Qozogʻistonga nafaqat iqtisodiy, balki xavfsizlik masalalarida ham katta manfaat keltiradi.”

“Suveren va mustaqil”

Tashrif oldidan Pompeo u safar qilayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining “suveren va mustaqil boʻlish” istagini va Vashingtonning “ularga bu maqsadga erishishda yordam berish uchun muhim imkoniyatga ega” ekanligini taʼkidladi.

Rossiya Markaziy Osiyodagi harbiy bazalarini saqlab qolgan hamda harbiy va savdo ittifoqlariga rahbarlik qilayotgan boʻlib, ulardan oʻz mavqeini mustahkamlashda foydalanmoqda.

Markaziy osiyolik ekspertlarga koʻra, yaqinda Oʻzbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilishidan bosh tortgani mamlakatga Rossiyaga qaramlikdan saqlanish va ittifoq bilan bogʻliq savdo muammolaridan qochishga yordam beradi.

“Tahlilchilar Rossiyaning maqsadi postsovet hududini oʻz hukmronligi va taʼsir doirasiga qaytarish ekanini taʼkidlamoqda, bu Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqilligiga rahna soladi”, dedi Toshkentda joylashgan “Bilimlar karvoni” tahlil markazi rahbari Farhod Tolipov.

Bishkeklik iqtisodchi Elmira Suranchiyevaning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonning YOIIga qoʻshilmaslik qarori ajablanarli emas, chunki Mirziyoyev hukumati yillar davomida ittifoq ichidagi muammolarning guvohi boʻlib kelgan.

“YOII doirasida tovarlarning erkin harakatlanishi tamoyiliga qaramay, Rossiya Qozogʻiston va Belarus eksportchilari uchun muntazam ravishda sunʼiy toʻsiqlarni keltirib chiqargan”, dedi Suranchiyeva.

Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, Xitoyning oʻz iqtisodiyoti uchun panatseya sifatida jadallik bilan ilgari surayotgan “Bir kamar – bir yoʻl” rejasi sababli iqtisodiy mustaqillik bilan bogʻliq muammolarga toʻqnash kelmoqdalar.

Shu bilan birga, oʻtgan yili Qozogʻistonda Xitoyga qarshi norozilik sezilarli oʻsib, mahalliy va xitoylik ishchilar oʻrtasidagi toʻqnashuvlar yuz berdi va ijtimoiy tarmoqlarda Pekinning iqtisodiy taʼsiridan xavfsirash kuchaydi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ammo bu mamlakatlardan kelganlar [Rossiyada] oʻzini yomon his qilmayapti, ishi ham yaxshi. Bu yerda esa bizni ekspluatatsiya qilishyapti va hech narsa oʻzgarmayapti, Oʻzbekiston aholisi qiynalmoqda, chunki Osiyodan faqat biz patent olish uchun pul toʻlaymiz

Javob berish

Belarusga 100 foiz hajmda neft yetkazib berishga shartnoma tuzish bilan Pompeo Putinni qanday chuv tushirdi? Yana rossiyalik “birodarlardan” arzonroq narxga. Aslida esa ular oʻgʻri va bosqinchi.

Javob berish