Karvonsaroy
Qochqinlar

Kreml qoʻllovidagi zoʻravonliklar Suriyada yarim milliondan koʻproq odamni koʻchishga majbur qildi

Karvonsaroy va AFP

Suriyaliklar va ularning yuklari ortilgan mashinalar karvoni 2020-yil 30-yanvar kuni Idlib viloyati shimolidagi al-Mastuma qishlogʻidan oʻtmoqda, minglab odamlar Rossiya qoʻllovidagi hujumlardan qochayotgan payt. [Umar Haj Kadur/AFP]

Suriyaliklar va ularning yuklari ortilgan mashinalar karvoni 2020-yil 30-yanvar kuni Idlib viloyati shimolidagi al-Mastuma qishlogʻidan oʻtmoqda, minglab odamlar Rossiya qoʻllovidagi hujumlardan qochayotgan payt. [Umar Haj Kadur/AFP]

BAYRUT – Rossiya qoʻllovidagi Suriya hukumatining mamlakatdagi soʻnggi isyonchilar anklaviga qarshi hujumi toʻqqiz yildan beri davom etayotgan urushda eng yirik aholi koʻchishlaridan biriga olib keldi.

Intensiv havo zarbalari va quruqlikdagi qonli hujumlar natijasida shimoli-gʻarbiy Idlib viloyatidagi butun boshli shaharlar huvillab qolgan va odamlarni shimolga, Turkiya chegarasi yaqiniga qochishga majbur qilgan.

“1-dekabrdan beri qariyb 520 ming kishi oʻz uyini tark etishga majbur boʻldi, ularning aksari – 80 foizi ayollar va bolalar”, dedi Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasi vakili Devid Svonson.

Qahraton qish kunlariga toʻgʻri kelgan koʻchish urush boshlanganidan beri eng yirik koʻchishlardan biri boʻldi. 2011-yildan beri mamlakatdagi 20 million kishilik aholining qariyb yarmi yashab turgan joyini tark etgan.

Oʻtgan yil noyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarga joylangan videolavha kadrlari: harbiylarning hududiy nazorat oʻrnatishga urinishiga javoban, suriyaliklar Rossiya harbiy mashinalariga qarata yonuvchi aralashmalar uloqtirmoqda.

Oʻtgan yil noyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarga joylangan videolavha kadrlari: harbiylarning hududiy nazorat oʻrnatishga urinishiga javoban, suriyaliklar Rossiya harbiy mashinalariga qarata yonuvchi aralashmalar uloqtirmoqda.

“Bu koʻchish joylarda shundoq ham ogʻir boʻlgan gumanitar vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda. Aprel oyidan avgust oyining oxirigacha 400 mingdan ortiq odam (aksari bir necha marta) koʻchirilgan”, dedi Svonson.

Uning soʻzlariga koʻra, Birlashgan Millatlar Tashkilotini uch milliondan ortiq odamning ahvoli, ularning yarmi oʻz uyini tashlab, Idlib viloyati va uning atrofidagi tumanlarda yashayotgani xavotirga solgan.

Soʻnggi haftalarda Rossiya va boshqa ittifoqchi kuchlar qoʻllovidagi Suriya hukumati kuchlari va koʻngilli askarlar isyonchilar nazoratidagi soʻnggi hududga bosimni kuchaytirgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) dushanba (3-fevral) kuni zoʻravonlik avj olgan hududlarda kasalliklar tarqalishi mumkinligidan xavotir bildirdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar boʻyicha mintaqaviy direktori Rik Brennanning aytishicha, “dori-darmonlarning yetishmasligi, qoniqarsiz gigiyena, tartibsizlik va ommaviy koʻchishlar bilan tavsiflanadigan” bu holat qizamiq, diareya va boshqa yuqumli kasalliklarning avj olish xavfini sezilarli kuchaytiradi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbari Antoniu Guterrish 1-fevral kuni tomonlarni zoʻravonlikni toʻxtatishga va zaruriy gumanitar choralarga imkon berishga chaqirdi.

Rossiyaning Suriyada avj olayotgan jinoyatlari

Gʻarb davlatlari Moskva va Damashqni tinch aholiga qarshi hujumlarni toʻxtatishga chaqirib kelmoqda.

2015-yildan beri Rossiyaning harbiy operatsiyalari natijasida qariyb 7000 nafar tinch fuqaro halok boʻlgan, deyiladi Kremlning Suriya mojarosiga harbiy aralashuviga toʻrt yil toʻlishi munosabati bilan eʼlon qilingan Suriya inson huquqlari tarmogʻining oʻtgan yil sentyabr oyidagi hisobotida.

Suriyalik faollar tomonidan toʻplangan dalillarga koʻra, halok boʻlganlar orasida 1928 nafar yosh bola va 908 ta ayol bor.

Hisobotda Rossiya harbiylarining xalqaro miqyosda taqiqlangan kassetali bombalardan foydalanishi bilan bogʻliq 236 ta, shuningdek, yondiruvchi qurol qoʻllash bilan bogʻliq 125 ta holat qayd etilgan.

Shuningdek, Rossiya harbiy samolyotlari Suriya muxolifatiga zarba berish maqsadida mamlakatdagi kasalxonalarni qasddan bombalagani haqida yangi dalillar ham paydo boʻlgan.

Kremlning Suriya hududini istilo qilishga qaratilgan qonli operatsiyalari mahalliy aholining shiddatli va gʻazabnok qarshiligiga duch kelgan.

Noyabr oyi oʻrtalarida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha mahalliy aholi orasida norozilik kuchayib borayotganini koʻrsatdi – suriyaliklar Kreml egallab olishga urinayotgan hududlarni nazorat qilayotgan Rossiya harbiy mashinalariga qarata yonuvchi aralashmalar va toshlar otishgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 12

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

“Videolavha mahalliy aholi orasida norozilik kuchayib borayotganini koʻrsatdi – suriyaliklar Kreml egallab olishga urinayotgan hududlarni nazorat qilayotgan Rossiya harbiy mashinalariga qarata yonuvchi aralashmalar va toshlar otishgan.” Ular nazorat qilishyaptimi yoki egallab olishyaptimi? Agar egallab olishmoqchi ekan nima sababdan CNN Rossiyaning yangi hududlarni anneksiya qilayotgani haqida bong urmayapti? Shunday ekan, maqolaning asl maqsadi koʻrinib qolyapti...

Javob berish

Laʼnati demokratlar Suriyaga burnini suqmaganida, suriyaliklar oʻz uylarida yashardi, hech qanday ID ham boʻlmasdi. Bunga Rossiya emas, AQSH, NATOni va ularning yugurdaklari aybdor.

Javob berish

Buni NATOga nima aloqasi bor? Xalq zolim Asaddan norozi va uni agʻdarishni istayapti, Rossiya esa bunga yoʻl bermayapti, musulmonlarni oʻldiryapti.

Javob berish

Raqqada ularga hech kim hatto yoʻlak ham taqdim etgani yoʻq. U yerda qancha odam oʻlgani maʼlum emas, lekin hech kim Amerikani yomonlamaydi. Emishki, u yerda ID jangarilari boʻlgan va ular yomon, shuning uchun ularni oʻldirish mumkin. Bu yerda esa yaxshi isyonchilar, aslida ularning bir-biridan farqi yoʻq. Rossiyani ayblayotganlar ikkiyuzlamachi va yolgʻonchilardir. Jinoyatchi ularning oʻzi.

Javob berish

Nega amerikaliklar Iroq va Afgʻonistonda xuddi shu ishlarni qilganida hech kim hech narsa demadi, endi esa hamma sarosimaga tushib, Rossiyani badnom qilishni boshlayapti

Javob berish

Jonga tegdilaring, laʼnati oq dubulgʻalilar

Javob berish

Ishonarsiz safsata )))

Javob berish

Putin shayton. Hisob-kitob vaqti yaqin

Javob berish

Feyk, feyk, feyk...

Javob berish

Odamzodga qarshi barcha harbiy jinoyatlari uchun Rossiya toʻliq javobgar boʻlishi tarafdoriman.

Javob berish

Karvonsaroy – sotib olingan safsataboz...

Javob berish

Rossiya shafqatsiz davlat

Javob berish