TOSHKENT – Rossiyadagi Markaziy osiyolik migrantlar duch kelayotgan tajovuzkor muhit, ayovsiz mehnat sharoitlari va ochiqdan-ochiq irqchilik ekstremistlar uchun mazlum va gʻazabnok ishchilarni yollash uchun ideal sharoit yaratmoqda.
Oʻtgan yil dekabr oyida bunday shafqatsiz munosabatlar oʻz natijasini koʻrsatdi, oʻshanda 2017-yilda metrodagi halokatli xudkushlik portlashida aybdor deb topilgan 11 gumonlanuvchi turli muddatlarga qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Ayblanuvchlilarning barchasi Markaziy Osiyolik boʻlgan. Qirgʻizistonlik Abror Azimovga eng uzoq muddat – umrbod qamoq jazosi belgilangan.
Soʻnggi yillarda yuzlab Markaziy osiyolik ishchi migrantlarning “Islom davlati” (ID) safida jang qilish uchun Suriya va Iroqqa joʻnashi bilan bogʻliq bu kabi holatlar ayrim migrantlarning Rossiyada diskriminatsiya va irqchilikka uchrashi radikallashuvga olib kelganini koʻrsatmoqda.
2017-yilda Nyu-Yorkda joylashgan “Soufan Centre” tahlil markazining tadqiqotiga Markaziy Osiyoning har bir davlatidan Iroq va Suriyaga qancha odam ketgani koʻrsatilgan boʻlib, unga koʻra: Qozogʻistondan 500 dan ortiq, Qirgʻizistondan 500 dan ortiq, Tojikistondan 1300 ga yaqin, Turkmanistondan 400 dan ortiq va Oʻzbekistondan 1500 dan ortiq kishi urush oʻchoqlariga ketgan.
Oʻshandan beri Rossiyadagi son-sanoqsiz Markaziy osiyolik migrantlar radikallasha boshlagan.
Rossiyaliklar qilmaydigan ishlarni bajarish
Rossiyaliklar hojatxonalarni, metro bekatlarini tozalash yoki quruvchilik kabi ishlarni oʻziga ep koʻrmagani uchun bunday ishlarni odatda Markaziy Osiyoliklar bajaradilar.
Garvard universiteti tomonidan 2018-yilda chop etilgan “Postsovet Markaziy Osiyoning jihodchilari” deb nomlangan tadqiqotda Rossiyada ishlayotgan Markaziy osiyoliklar soni 3 milliondan 7 milliongacha deb taxmin qilinadi.
Noqonuniy migrantlarning roʻyxatdan oʻtish niyati yoʻqligi va Kremlning xalq gʻazabidan qochish uchun raqamlarni ochiqlamasligi kabi sabablarga koʻra aniq raqamlarni bilish imkonsiz.
Rossiya hukumati statistikasiga koʻra, birgina 2019-yilning olti oyi davomida 918 ming nafar oʻzbekistonlik Rossiyaga kelgan.
Raqamlar jihatidan Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi aholi eng zich joylashgan davlat, u yerdan Rossiyaga eng koʻp migrantlar boradi, undan keyingi oʻrinda esa kichikroq, ammo juda nochor qoʻshni mamlakatlar – Tojikiston va Qirgʻiziston turadi.
Rossiyada radikallashganlar
Markaziy osiyoliklarning Rossiyada duch kelayotgan diskriminatsiya, politsiyaning poraxoʻrligi va oddiy fuqarolarning, hatto politsiya tomonidan ochiqdan-ochiq kaltaklanishi kabi qiyinchiliklar koʻpchilik shunchaki jon saqlashga va oʻz ishini bajarishga harakat qilayotgan vaqtda ayrimlarning ekstremizm tomon yuzlanishiga sabab boʻlmoqda.
“Baʼzi tadqiqotlarga koʻra Markaziy Osiyolik jangarilarning yollanishiga eng asosiy zamin Rossiya boʻlishi mumin”, deb taʼkidlagan Garvard tadqiqotida. Unda IDning oʻzbekistonlik sobiq aʼzosi oʻzining Rossiyadagi mehnat davrini eslab, “xomush boʻlgani” aytiladi.
“Odamlar bizni ikkinchi darajali deb bilishar edi”, deb aytgan oʻzini Muhammad deb tanitgan sobiq jangari mualliflardan biriga.
“Terrorchilik guruhlari bu norozilikdan foydalanib qolgan edilar”, deb taʼkidlagan hujjat muallifi.
Markaziy Osiyodagi kuzatuvchilar bu fikrga qoʻshiladilar.
“Rossiyadagi mehnat migrantlari doimiy tarzda duch kelayotgan tahqirlanishlar ularning radikallashuviga sabab boʻladi, chunki bunday holatda ularda tanlanganlik hissi paydo boʻladi”, deydi oʻzbekistonlik jamoatchilik faoli va tarixchi Nigora Hidoyatova. “Bu ularda qulay yashash tarzi tasavvurini shakllantirib, unga mazmun bagʻishlaydi.”
Uning soʻzlariga koʻra, iqtisodiy barqarorlikka intilish, yolgʻizlik, bilimsizlik va shubhali internet manbalaridan oson foydalanish kabi boshqa omillar ularni zaiflashtiradi.
Yana bir kuzatuvchi sust taʼlim xatarini taʼkidladi.
Diniy bilimlarning yetishmasligi ekstremistik daʼvatlarga nisbatan “immunitet”ning pasayishiga olib keladi, deydi Qirgʻizistondagi Bishkek davlat universiteti sotsiologiya boʻlimi mudiri Samarbek Sirgabayev.
“Chet eldagi ogʻir turmush sharoitlaridan masjidlarda taskin topishga intiladigan mehnat migrantlari jangarilikka yollovchilar uchun oson oʻlja boʻladilar”, degan edi “Sharh va Tavsiya” ijtimoiy markazi rahbari, toshkentlik sotsiolog Saur Yakupov yanvar oyida.
“Uyda ular uchun din urf-odatlarga boʻysunish boʻlgan boʻlsa, begona yurtda u najot va soʻnggi boshpanaga aylanadi. Shu sababli, masjidga borish – taskin beruvchi majburiy haftalik marosim boʻlib qoladi”, dedi u.
Bu bosqichda ularni “ekstremizm daʼvatchilari” poylab turadi. Ularning Islomga begona, ammo musulmonlar tilida yangraydigan nutqlari bamisoli unumdor yerga qadalgandek boʻladi”, deydi Yakupov.
Rossiya siyosatining aks taʼsiri
Rossiyadagi aslida oʻzbek yoki tojik boʻlgan jangarilikka yollovchilar ishontirish iqtidorini yaxshilash uchun maxsus tayyorgarlikdan oʻtadilar, deydi Hidoyatova.
“Ularning vazifalaridan biri potentsial izdoshlarning moyilligini kuzatish” dedi u.
“Birinchi bosqichda yollovchilar ularga hujjatlar va ish bilan yordam berishadi, soʻng ularni muayyan ijtimoiy hayotga jalb qilishadi: jamoat namozlari, paygʻambar hayoti va hadislar tarixi haqidagi suhbatlar, keyinroq oʻziga xos urf-odatlar va hayot tarziga singdiriladi”, dedi Xidoyatova.
Shundan soʻng yollovchi oʻz rahbarlariga fanatizmga moyilligi kuchliroq odamlar haqida xabar beradi va rahbariyat ularning qayerga borish kerakligini hal qiladi, deb qoʻshimcha qildi u.
Xidoyatovaning soʻzlariga koʻra, aynan Rossiyaning migratsiya qonunlari jangarilarning paydo boʻlishi uchun zamin yaratmoqda.
Uning soʻzlariga koʻra, qonunlardan biri oʻzbeklar va tojiklarni “qonuniy ishlash uchun ruxsat olish”ga majbur qiladi. Ushbu qonun Rossiya yetakchiligidagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmaydigan MDH mamlakatlari fuqarolariga nisbatan qoʻllaniladi.
Taxminan bir oyda olinadigan patent uchun rus tilidan qiyin imtihon topshirish ham talab qilinadi, u esa hatto ruslarning oʻzi uchun ogʻirlik qiladi, patent olinganidan keyin ham oyiga 4000 rubl (64 dollar) toʻlab turish kerak boʻladi.
Bunday shart-sharoitlar migrantlarni noqonuniy ishlashga yoki bu muammoni hal qilishga yordam beradigan jamoaga qoʻshilish tomon yetaklaydi, dedi u.
Oʻz yurtida ishlasin. Oʻzga yerda oʻz qoidalarini oʻrnatishga urinmasin. Kallang ishlamasa, boshqalarni aybdor qilma. Bunaqalarni istalgan joyda miyasini zaharlab, yollash mumkin. Fikr qilish kerak.
Javob berishFikrlar 9
Bu ruslar haddidan oshdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari ham deportatsiya qilishi mumkin.
Javob berishGap ruslarda yoki boshqa biror millatda emas. Gap alohida odamlar haqida. Oʻzimizda yaxshiroqmi? Bizda ham rasvogarchiliklar yetarli. Ular oxir-oqibat boshliqlarning oʻrnida boʻlishlarini nahotki tushunmaydilar? Bizda ham xuddi shunday.
Javob berishFikrlar 9
Menga yoqmagani, maqola muallifi YouTube kanalimdagi materialdan foydalangan va oʻz matnida foydalangan vizual materialning muallifini koʻrsatib oʻtmagan. Hurmat bilan, Aleksandr Kim
Javob berishFikrlar 9
Rossiya har doim natsistlarga toʻla boʻlgan
Javob berishBoshqa mamlakatlarda ham kam emas ular.
Javob berishFikrlar 9
Nega unda hamma shu laʼnati Rossiyaga yopirilib kelmoqda?
Javob berishAynan.
Javob berishFikrlar 9
Uzoqqa borishga hojat yoʻq, aziz doʻstlar. Yandex.Zen saytini oching, tojik, oʻzbek yoki migrant soʻzlarini kiriting. Va maqolalar ostidagi fikr-mulohazalarni oʻqib koʻring. U yerlar najosatga toʻlib yotibdi.
Javob berishFikrlar 9