Karvonsaroy
Din

Rus pravoslav cherkovi yadro qurollarini tabarruk qilish amaliyotidan voz kechishni rejalashtirmoqda

Karvonsaroy va AFP

Pravoslav episkopi Rossiyaning janubiy harbiy okrugidagi S-400 raketa tizimini tabarruk qilmoqda, 2017-yil, yanvar. (Aleksandr Pavlishak/SSSR)

Pravoslav episkopi Rossiyaning janubiy harbiy okrugidagi S-400 raketa tizimini tabarruk qilmoqda, 2017-yil, yanvar. (Aleksandr Pavlishak/SSSR)

MOSKVA – Rossiya pravoslav cherkovi ruhoniylari ommaviy qirgʻin qurollarini tabarruk qilish amaliyotini toʻxtatishni taklif qildi.

Rossiyaliklar ruhoniylardan yangi mashinadan tortib, uy va hatto “Soyuz” raketasigacha tabarruk qilib berishni soʻraydilar, bu bilan ular ilohiy himoyaga ega boʻlishlariga ishonadilar.

Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin ruhoniylar askarlar, samolyotlar, kemalar va Kalashnikov avtomatlaridan tortib, yadroviy kallakli “Iskander” raketalarigacha boʻlgan turli qurollarni tabarruk qilishni boshladilar.

Dushanba (3-fevral) kuni eʼlon qilingan cherkov hujjatli filmida “cheksiz odamlar oʻlimiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday qurollar, jumladan tanlovsiz taʼsirga ega yoki ommaviy qirgʻin qurollari pastorlik amaliyotidan chiqarilishi” taklif qilindi.

Rossiya harbiy kuchlari Leningrad viloyatidagi “Zapad-2017” mashqlari davomida qisqa masofaga uchuvchi “Iskander-M” qanotli raketasini uchirmoqda, 2017-yil, sentabr. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya harbiy kuchlari Leningrad viloyatidagi “Zapad-2017” mashqlari davomida qisqa masofaga uchuvchi “Iskander-M” qanotli raketasini uchirmoqda, 2017-yil, sentabr. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Dinni zoʻravonlik bilan bogʻlash

Moskva yaqinida Rossiya armiyasi uchun ulkan cherkov qurilishi bosh-qosh boʻlayotgan mudofaa vaziri Sergey Shoygu davrida Rossiya armiyasi cherkov bilan yanada yaqinlashgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin cherkov aʼzosi boʻlsada, nasroniylikka xos tinchlikparvarlik tabiatini namoyish etmagan.

Oʻtgan yilning oktabr oyida mamlakat qurolli kuchlarining “Rossiya chegarasidagi keskinlikning kuchayishi” bilan bogʻliq amaliyotni oʻz ichiga olgan mashqlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin termoyadroviy raketalarning sinovdan oʻtkazilishini kuzatgan edi.

Simulyatsiya mashqlari Rossiya va Qoʻshma Shtatlar 1987-yilda imzolangan Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish boʻyicha (INF) shartnomasidan chiqqanlaridan keyin oʻtkazilgan. Bu shartnoma 500 dan 5500 kilometrgacha uchadigan yadroviy va anʼanaviy raketalardan foydalanishni cheklaydi.

Avgust oyida Qoʻshma Shtatlar ushbu tarixiy bitimni rasman tark etar ekan, Rossiya koʻp yillar davomida uning shartlarini buzib kelganini taʼkidlagan.

Shartnomaning bekor qilinganiga Rossiyaning yakka oʻzi javobgar”, deb bayonot bergan edi NATO oʻtgan yilning avgust oyida.

Rossiya oʻzini tinchliksevar mamlakat deb atasa-da, raketalar Moskva hech qanday dalillarsiz “engilmas” deb maqtangan bir qator qurollarni sinashi bilan bir vaqtda sinovdan oʻtkazildi.

Harbiy sohadagi muvaffaqiyatsizliklar

Putin hukmronligi davrida Kremlning harbiy hozirligining kuchayishi Rossiya aholisi uchun qimmatga tushdi.

12-dekabr kuni tasodifiy yongʻin tufayli Rossiyaning yagona aviatashuvchisiga shikast yetgan. 2018-yil oktyabrda sahniga kran qulashi oqibatida jiddiy shikastlangan kema ikki yildan beri Murmanskda taʼmirlanayotgan boʻlgan.

8-avgust kuni Severodvinsk yaqinidagi yadroviy raketa sinovlari chogʻida yuz bergan portlash tufayli Rossiya atom agentligining besh xodimi halok boʻlgan va radiatsiya darajasining koʻtarilgani qayd etilgan edi.

5 va 9-avgust kunlari Krasnoyarsk viloyatining Achinsk shaharchasidagi oʻq-dori omborxonasida portlashlar sodir boʻlgan. Birinchi portlashda bir kishi halok boʻlgan, ikkinchisida esa toʻqqiz kishi jarohat olgan.

Iyul oyida Barents dengizida 14 nafar dengizchi, jumladan yetti nafar yuqori martabali zobit suvosti kemasidagi yongʻin sababli halok boʻlgan edi.

27-mart kuni Qozogʻistonda Rossiya ishlab chiqargan Mi-8 vertoleti halokatga uchrab, 13 askar hayotdan koʻz yumgan. Bu muntazam ravishda sodir boʻlayotgan Rossiyaning harbiy muvaffaqiyatsizliklariga yana bir misoldir.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Pravoslavlarga xos odatiy ikkiyuzlamachilik

Javob berish

Putin NATO kuchlari Rossiya chegarasi boʻylab joylashib olishini kuzatib oʻtirishi kerakmidi? Yoki Yevropada yadroviy qurollarini joylashini qarab oʻtirishi kerakmi? Muallif bitimga amal qilmaydiganlarga qulluq qilishni afzal koʻradimi????

Javob berish

U 20 yildan beri hokimiyat tepasida, hali hammasini vayron qilganicha yoʻq, 2024-yilda ham yana bir marta saylash kerak. Rossiyaga hujum qilish shart emas; hammasini Putinning oʻzi eplaydi. Nafaqalarni ham, kasalxonalarni ham...

Javob berish

Putinning bunga nima daxli bor? Ishga jiddiy yondoshish kerak, xato hammada boʻladi

Javob berish