Karvonsaroy
Salomatlik

Ural aviakompaniyasi koronavirusdan qochayotgan Markaziy osiyoliklarni samolyotga chiqarmadi

Sora Eshonova

Pekin aeroportida teplovizor tekshiruvidan oʻtayotgan sayyohlar, 2020-yil, 6-fevral. Xitoy hukumati yangi koronavirus tarqalishining oldini olishga urinmoqda. (Greg Beyker/AFP)

Pekin aeroportida teplovizor tekshiruvidan oʻtayotgan sayyohlar, 2020-yil, 6-fevral. Xitoy hukumati yangi koronavirus tarqalishining oldini olishga urinmoqda. (Greg Beyker/AFP)

MOSKVA – Markaziy osiyoliklar Rossiya aviakompaniyasining Kreml manfaatlarini insonlar salomatligidan ustun qoʻyish qaroridan norozi boʻlganlar.

Rossiyaning Ural havo yoʻllari aviakompaniyasi mojaroli vaziyatga tushib qoldi. Dushanba (3-fevral) kuni Xitoyning Sian Syanyan xalqaro aeroporti xodimlari MDH mamlakatlarining qoʻlida chiptasi bor 70 nafar fuqarosini Rossiyaning Yekaterinburg shahriga uchayotgan samolyotga chiqarmagan.

Samolyot Xitoy aeroportidan 800 km masofada joylashgan Uxandagi koronavirus xavfidan yoʻlovchilarni evakuatsiya qilishi kerak edi.

70 kishining 20 nafari oʻzbekistonlik, qolganlari Qozogʻiston, Tojikiston, Armaniston, Moldova va Belarus fuqarolari boʻlgan.

Xitoydagi Sian Syanyan xalqaro aeroporti. 3-fevral kuni koronavirusdan qochishga harakat qilayotgan 70 ga yaqin Markaziy osiyoliklar hukumat buyrugʻiga koʻra Rossiyaning Ural avialiniyasi reysiga chiqarilmagan. (Fayl)

Xitoydagi Sian Syanyan xalqaro aeroporti. 3-fevral kuni koronavirusdan qochishga harakat qilayotgan 70 ga yaqin Markaziy osiyoliklar hukumat buyrugʻiga koʻra Rossiyaning Ural avialiniyasi reysiga chiqarilmagan. (Fayl)

Roʻyxatga olish joyida MDH fuqarolariga faqat rossiyaliklar samolyotga chiqishi mumkinligini aytishgan.

Karvonsaroy reysga chiqarilmaganlarning biri bilan bogʻlanishga muvaffaq boʻldi. 34 yashar samarqandlik Sarval Norqulov Yekaterinburda ishlaydi va vaqti-vaqti bilan Xitoydan oʻz biznesi uchun mahsulot olib keladi.

U voqealarning bunday rivojini tasavvur ham qilmaganini aytdi.

Bu voqea unga choʻkayotgan kemada oʻlimga mahkum yoʻlovchilar qolib ketib, birinchi klass yoʻlovchilar kemalarga chiqib olgan “Titanik” filmini eslatgan.

Aviakompaniya xodimlari yoʻlovchilarga hukumat faqat rossiyaliklarni olib ketishni, Markaziy osiyoliklarni esa epidemiya avj olayotgan Xitoyda tashlab ketishga buyruq berganini aytishdi, dedi u.

Yakunda “Oʻzbekiston Havo yoʻllari” oʻzbeklar uchun samolyot yubordi, deb taʼkidladi Norqulov.

Boshqa MDH fuqarolarining taqdiri nomaʼlum, ammo aftidan boshqa aviakompaniyalar, jumladan oʻz mamlakatlari aviakompaniyalari himmat koʻrsatib, ularni evakuatsiya qilgan.

Ural aviakompaniyasi xodimlari yotoq va kutilmagan xarajatlar oldida qiyin ahvolda qolgan MDH fuqarolariga befarqlik bilan, qoʻpol va dimogʻdor muomalada boʻlganlar.

MDH fuqarolari oʻsha joyning oʻzida norozilik bildirishgan va Ural aviakompaniyasidan ularni samoletga chiqarishni talab qilishgan, ammo urinishlar foyda bermagan.

Aviakompaniya veb-saytida chop etgan bayonotga koʻra, Rossiya federatsiyasi Havo transporti agentligining faqat Rossiya fuqarolarini olib ketish haqidagi buyrugʻiga asosan chiptasi bor ayrim fuqarolar samolyotga chiqarilmagan.

Tashqi siyosatga koʻra hisoblashish

Voqeadan bir kun oʻtib, Rossiya hukumati tashqi siyosat munosabatlariga asoslangan holda oʻz siyosatini oʻzgartirgan.

3-fevral kuni bortga faqat Rossiya fuqarolari chiqarilgan boʻlsa, bir kun oʻtib Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) aʼzo davlatlar fuqarolarini ham reysga chiqarishga ruxsat berilgan.

YOII Rossiya nazorati ostidagi iqtisodiy blok boʻlib, unga Oʻzbekiston va Tojikiston aʼzo boʻlmagan. Oʻzbekiston YOIIga aʼzo boʻlmaydi, balki kuzatuvchi boʻladi, degan edi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yanvar oyida.

Bu qaror Kremlning blokni kengaytirish rejalariga putur yetkazgan. Koʻpchilik kuzatuvchilarga koʻra, Rossiya ittifoqdan postsovet hududni oʻz taʼsiri va nazorati ostiga qaytarishga urinish uchun foydalanadi.

Mamlakatingiz YOIIga aʼzo boʻlmasa, Rossiya aviakompaniyalari sizni reysga chiqarmas ekan, deydi oʻzbekistonlik jamoatchilik faoli va tarixshunos Nigora Hidoyatova ushbu holatni izohlar ekan.

Rossiyadan farqli ravishda Turkiya Xitoyga harbiy samolyot yuborgan. U yerdan nafaqat turklar, balki Ozarbayjon, Gruziya va Albaniya fuqarolari evakuatsiya qilindi, deb aytgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushoʻgʻli 1-yanvardagi xabarga koʻra.

Ural aviakompaniyasining xatti-harakatlaridan aziyat chekkanlar Rossiya hukumatining MDH fuqarolariga nisbatan munosabatidan hafsalasi pir boʻldi, dedi Norqulov.

Ural aviakompaniyasining bunday qilishini bilganida oʻzbeklar avval oʻz elchixonalariga borgan boʻlar edi, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 15

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

MING LAʼNAT ROSSIYAGA; ROSSIYASIZ YASHAY OLAMIZ, OʻZBEKISTON JINOIY BOJXONA ITTIFOQIGA QOʻSHILMAYDI.

Javob berish

Rossiya hech qachon Markaziy Osiyo bilan doʻst boʻlmaydi! Rossiyaning bu harakati uning bayrogʻidagi katta yogʻli dogʻ boʻlib qoladi! Rossiyaga buni hatto 100 yildan keyin ham eslatishadi. Odamlar bu amal haqida Markaziy Osiyoning hamma yerida - bozorlarda, choyxonalarda, toʻylarda va dafn marosimlarida ham gapirishmoqda!

Javob berish

HAR BIR MARKAZIY OSIYOLIK BOSHQALAR HAM BILISHI UCHUN BU XABARIMNI TARQATING: ROSSIYAGA ISHONIB BOʻLMAYDI! OGʻIR DAMDA U SIZNI TASHLAB KETADI

Javob berish

Haromilar!!! YOII emas baloni yeyishsin! Oʻzlarini buyuk millat deb bilishadi. Tfu senlarga!

Javob berish

Axmoqlar, ovsarlar har qanday uydirmalarga ishonasiz

Javob berish

Haqiqatan shunday boʻlgan. Bizning fuqarolarimiz ham qolib ketishdi, jumladan ota-onasi bizdan chipta olgan yoʻlovchi ham

Javob berish

Maqola ajoyib lekin davlat rahbariga hurmatsizlik yomon. Oʻylab odam oʻz dunyoqarashi darajasida yozishi kerak. Yosh bolaga oʻxshab rahbarni nazarga ilmaslik befarosatlik boʻladi.

Javob berish

Yaqin doʻstingiz, AQSHdan yordam soʻrashingiz kerak edi ;) Ularning javobi qanday boʻlar edi, hayronman ...

Javob berish

Bu ichingizdagi haqiqiy hasadgoʻy, zolim tabiatingizni koʻrsatadi, genlaringizda bor

Javob berish

Rossiya hech qachon Markaziy Osiyo mamlakatlariga doʻst boʻlmaydi; u faqat ularni zabt etishni va boshqarishni orzu qiladi.

Javob berish

Maqolaning “tashqi siyosatga koʻra hisoblashish” qismida “Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat yanvar oyida” degan jumlani “Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev yanvar oyida” deb toʻgʻirlab qoʻyish kerak. Nima boʻlganda ham u Podshohdir. Hech kimning unga nisbatan hurmatsizlik bilan nomlashga haqqi yoʻq.

Javob berish

Ha, toʻgʻri

Javob berish

Bu texnik xato, buning uchun uzr soʻraymiz.

Javob berish

Titanik!!?

Javob berish

Bemaʼni gaplar, nimani oʻylashyapti va bunga Titanikning nima daxli bor?

Javob berish