Karvonsaroy
Siyosat

Qozogʻiston Rossiyaning YOII hamkorligini kengaytirish taklifini rad etdi

Anna Karr

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 2020-yil 30-yanvar kuni Moskvada hukumat yigʻilishiga raislik qilmoqda. Yaqinda Qozogʻiston uning YOII hamkorligini iqtisodiy manfaatlar doirasidan kengaytirish gʻoyasini rad etdi. [Dmitriy Astaxov/Sputnik/AFP]

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 2020-yil 30-yanvar kuni Moskvada hukumat yigʻilishiga raislik qilmoqda. Yaqinda Qozogʻiston uning YOII hamkorligini iqtisodiy manfaatlar doirasidan kengaytirish gʻoyasini rad etdi. [Dmitriy Astaxov/Sputnik/AFP]

OLMAOTA – Qozogʻiston Moskvaning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) doirasidagi hamkorlikni kengaytirish saʼy-harakatlarini maʼqullamadi. Bunga jumladan, mazkur ittifoq Kreml uchun oʻz qoʻshnilari ustidan nazoratni kuchaytirish vositasiga aylanishi bilan bogʻliq xavotirlar sabab boʻlgan.

Rossiyaning yangi tayinlangan bosh vaziri Mixail Mishustin 31-yanvar kuni Kremlning sport, turizm va ekologiya sohalarini YOII taraqqiyotining strategik yoʻnalishlariga aylantirish taklifini bayon qilgan.

Bu haqda u Olmaotada Qozogʻiston, Rossiya, Armaniston, Qirgʻiziston va Belorusiya bosh vazirlari ishtirokida oʻtkazilgan Yevrosiyo hukumatlararo kengashi yigʻilishida maʼlum qildi.

“Ittifoqni rivojlantirishga oid strategik hujjatlarni tayyorlashda sogʻliqni saqlash, taʼlim, fan, ekologiya, sport va turizm sohalari Rossiya tomonidan alohida ahamiyatga ega yoʻnalishlar sifatida belgilandi”, dedi Mishustin oʻz nutqida.

YOII aʼzolari koʻrsatilgan xarita. [YOII sayti]

YOII aʼzolari koʻrsatilgan xarita. [YOII sayti]

“Biz tegishli takliflar kiritamiz va tashabbuslarimizning qoʻllab-quvvatlanishiga umid qilamiz”, dedi u.

Lanj munosabat

Bundan avval nutq soʻzlagan Qozogʻiston bosh vaziri Asqar Mamin esa Mishustinning taklifini avvaldan taxmin qilgandek, buning tamoman teskarisini talab qilgan.

“Biz YOII toʻgʻrisidagi Shartnoma va 2018-yil 6-dekabrda davlat rahbari (Qozogʻistonning oʻsha vaqtdagi prezidenti Nursulton Nazarboyev) tomonidan maʼqullangan Integratsiya jarayonlarini yanada rivojlantirish toʻgʻrisidagi deklaratsiya doirasidan chiqmasligimiz kerak”, dedi u.

“YOII faqat iqtisodiy birlashma ekanligini unutmaslik lozim”, dedi Mamin.

Rossiya rahbariyati qanday yoʻl bilan boʻlsa-da, YOII doirasida birlashishni jadallashtirishga urinmoqda, deydi Qozogʻistondagi “DAMU Capital Management” konsalting kompaniyasi bosh direktori, olmaotalik Murat Kastayev.

Rossiyaning turli rasmiylari moliya, valyuta, savdo va tashqi siyosat boʻyicha Yevrosiyo integratsiyasini kuchaytirishni bir necha bor taklif qilganlar, dedi u.

Qozogʻiston YOII faqat iqtisodiy birlashma, degan pozitsiyada turibdi. Biroq, Moskva integratsiyaning sustlashayotganini va YOIIning boshqa aʼzolari tashqi siyosat, moliyaviy tartibga solish va valyuta siyosati kabi muhim sohalarda uni qoʻllab-quvvatlamayotganini anglamoqda, dedi Kastayev.

Shunga koʻra, Rossiya sport, turizm va ekologiya yoʻnalishlarida oʻz manfaatlarini ilgari surishga intilmoqda, dedi u.

“Rossiya murakkab siyosiy oʻtish davriga qadam qoʻymoqda”, dedi Kastayev. (Rossiya prezidenti) Vladimir Putinning prezidentlik muddati tugaganidan keyin uning hukmronligini saqlab qolish mexanizmiga start berilgan.”

Putinning prezidentlik muddati 2024-yilda tugaydi.

“Rossiya aloqalarni mustahkamlab, YOIIga aʼzo davlatlar zaiflikni sezmay, oʻtish davrida oʻzini risoladagidek tutishi uchun ularni oʻziga yaqinroq bogʻlashga harakat qilmoqda”, deb qoʻshimcha qildi u.

Moskva doim YOII faqat iqtisodiy ittifoq emasligini taʼkidlab kelgan, deydi “Ult tagdiri” (Millat taqdiri) guruhining raisi, olmaotalik Dos Koshim.

“Biz Moskvaning Sovet ittifoqi davrida boʻlgani kabi, sport uchun yagona ichki makon yaratish fikrida ekanligini istisno qila olmaymiz”, dedi u.

Kremlning bu saʼy-harakatlari Butunjahon antidoping agentligining Rossiya jamoalarini 2020-yilgi Yozgi olimpiada, 2022-yilgi Jahon chempionati va 2022-yilgi Qishki olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini taʼqiqlaganiga javob boʻlishi mumkin, dedi u.

“YOIIga aʼzo mamlakatlarning yagona havo hududini himoya qilish toʻgʻrisida gap-soʻzlar boʻldi”, dedi u. “Keyinroq [Moskva tomonidan] yagona Yevroosiyo parlamentini yaratish zarurligi aytildi. Shu tariqa, Mishustinning soʻzlari integratsiyani chuqurlashtirish mavzusining davomidir” dedi Koshim.

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev yangicha siyosiy yoʻldan borishga qaror qildi, dedi u. “Aksari YOIIga kirishga qarshi boʻlgan xalq va tadbirkorlarga quloq tutish bu rejaning bir qismidir.”

Ittifoqdan chiqish “muqarrar”

Markaziy Osiyodagi aholi eng zich joylashgan mamlakat Rossiyaning YOII orqali integratsiyaga erishish ambitsiyalariga zarba berdi.

Oʻzbekiston YOIIga aʼzo boʻlmaydi, dedi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-yanvar kuni. U mamlakatning faqat kuzatuvchi maqomida boʻlishini aytgan.

“Biz ittifoqqa aʼzo boʻlib kirmayapmiz”, degan edi Mirziyoyev oʻtgan yil dekabr oyidagi saylovlardan soʻng parlament yuqori palatasiga murojaatida.

“Bitta narsani bilib qoʻyinglar”, dedi u. “Hech kim mustaqillikni hech kimga berib qoʻymaydi. Mustaqillik xalq ishongan prezidentning qoʻlida.”

Rossiya Federatsiyasining qaltis tashqi siyosati tufayli Qozogʻiston mustaqil tashqi siyosat olib borishi va ayni damda toʻliq YOII tomonidan boshqarilayotgan savdo siyosatini suveren tarzda amalga oshirishi kerak, dedi Kastayev.

2018-yilda Moskva fond birjasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri raqobat qila oladigan va rivojlanishi Rossiyaga manfaat keltirmaydigan Ostona xalqaro moliya markazining (OXMM) tashkil etilgani inobatga olinsa, yaqin iqtisodiy integratsiya Qozogʻiston uchun manfaatli boʻlmaydi.

“Xulosa qilib aytganda, YOII yashashga layoqatsiz tashkilot. Qozogʻiston uni tark etishi deyarli muqarrar”, deb xulosa qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 34

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyaning yaqin qoʻshni mamlakatlarga nisbatan olib borayotgan kaltabin siyosati YOIIga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Agar oʻzining toʻgʻriligini isbotlagan Qozogʻistonning koʻp tomonlama tashqi siyosatiga qarshilik qilsa Qozogʻiston YOII aʼzoligiga nisbatan moratoriy eʼlon qilishga yoki ittifoqdan umuman chiqib ketishiga olib kelishi mumkin.

Javob berish

Qozogʻistonlik iqtisodchilaridan nima uchun bu ittifoq mamlakat uchun foydali emasligini soʻramoqchiman. Mamlakatda iqtisodchilar boʻlsa kerak? Iqtisodiyot qulagan boʻlsa ham, ittifoqni tark etish kerak! Bu ittifoq tufayli Qozogʻiston qashshoqlashmoqda! Hurmatli janob Mamin, Qozogʻiston bu ittifoqdan chiqishi kerak; Oʻz xalqingizni oz boʻlsa-da hurmat qiling! Siz pragmatiksiz-ku, bu ittifoqdan bizga, eng avvalo iqtisodiy nuqtai nazardan manfaat keltirmaydi!

Javob berish

Vatniklar Kalamush nomli pakana kalbosh qoʻmondonlari bilan daf boʻlsin!!!!

Javob berish

Toʻliqsizlik kompleksi haqida qayerdadir yozgandim. Toʻgʻri aytasan, pakana odam kompleksi qanday nomlanardi?

Javob berish

Ittifoq kerakmas

Javob berish

QIRGʻIZISTON VA ARMANISTON ITTIFOQQA QOʻSHILISHIDAN AVVAL SALBIY BALANSGA EGA BOʻLGAN, UNGA QOʻSHILGANIDA HAM SHUNDAY QOLDI. FAQAT SALBIY TARAFLAR YANA KOʻPAYGAN!

Javob berish

Biz Markaziy Osiyo davlatlari ITTIFOQIni tuzishimiz kerak - hammamiz tengmiz va umumiy manfaatga egamiz

Javob berish

Tayga ittifoqi oʻlik ittifoq.

Javob berish

Iqtisodiy ittifoq va xalqaro maydondagi bugungi sharoitda siyosiy manfaatlarning oʻzaro bogʻliqligi, anglo-saksonlarning butun dunyoda ixtilof urugʻini sochayotgan bir paytda, Rossiyadan ajralib chiqishdan koʻra ancha uzoqni koʻzlovchiroq va samaraliroq choradir! Yomoni shuki, hozirgi rahbarlar Ittifoq ichidagi bozor munosabatlarini ixtisoslashuv va hamkorlik orqali UYGʻUNLASHTIRISHGA harakat ham qilishmayapti! Bundan ham yomoni, oʻz xalqining taqdiri uchun masʼuliyatni his qilmaygan MDHdagi ayrim siyosatchilarning Rossiyadan uzoqlashuvidir, chunki bu zaiflikdan foydalanib qolishga tayyor boʻlgan tashqi kuchlarga keng yoʻl ochadi; masalan, xuddi Kavkazortidagi Turkiya yoki Markaziy Osiyodagi Xitoy kabi! Bugun faqat 300 yildan beri birga yashab kelayotgan Rossiya bilan ittifoqimiz chet el bosqinchiligidan QALQONDIR! Bu ittifoq oʻzaro manfaatlidir.

Javob berish

Safsata

Javob berish

Qanday bemaʼnilik

Javob berish

Qiziq, hamma dushman, xuddi Rossiya doʻstdek

Javob berish

Anglo-saksonlar baxtli odamlar; ular yaxshilik va farovonlik olib kelishadi. Darhaqiqat, haqiqiy demokpatiya insoniyat erishgan eng katta yutuq, anglo-saksonlar bu borada muvaffaqiyatga erishishgan. Buni aksini isbotlashga harakat qilgan har qanday odam ahmoq boʻladi.

Javob berish

Anglo-sakslar borgan joyda faqat ular yaxshi yashaydi ))) Afrikaning uchdan ikki qismi ularning koloniyasi boʻlgan, kim farovon yashayapti? ))) Iltimos kichkina Gonkong va Singapurni misol qilmang ))) Qozogʻiston Brityaniyaning sobiq bu koloniyalaridan bir necha yuz marta katta )

Javob berish

Rossiya bor joyda qashshoqlik

Javob berish

Yaponiya va Janubiy Koreya bir tomonda, Shimoliy Koreya boshqa tomonda. Farqi bormi yoki sen koʻrmayapsanmi?

Javob berish

Qozogʻiston shu Ittifoq sababli axlatga botdi. Buning uchun elboshiga rahmat.

Javob berish

300 yil ushlab turishdi sizni!

Javob berish

YOII tez oradi yoʻq boʻlib ketadi deb umid qilaman; Rossiyaning hech qanday buyruqlariga buysungimiz yoʻq. Bu ittifoqdan ketishga oz qoldi.

Javob berish

Rossiya buyrugʻiga boʻysunishni istamasangiz, Xitoy buyrugʻiga boʻysunasiz!

Javob berish

Kim bilan boʻlsa ham, Rossiya bilan boʻlmaslik kerak.

Javob berish

Rossiya bizni Xitoy bilan qoʻrqitadi. Bu qoʻshnilarning qoʻrqitish siyosati, Rossiya qoʻshnilar manfaatlarini birlashtirish uchun ishlata oladigan yagona gʻoya.

Javob berish

Qozoqlarning chol prezidenti bu ittifoqni yaratgan edi, Qirgʻiziston esa aroqxoʻr prezident tomonidan unga kiritilgan edi. Ana endi ekkanimizni terib olyapmiz.

Javob berish

Mustaqillik. Xalq manfaati. Balandparvoz gaplar. Aslida esa hammangiz bir toʻda boʻlib oʻzingizni boyvachchalarga oʻxshab tutasiz. Rossiya manfaatlarini oʻylashi uchun yovvoyilarga milliardlab qarzni berib yubormasdan oʻz xalqi haqida qaygʻurishi kerak. Ambitsiyalar koʻp, farqlar esa yoʻq.

Javob berish

Qoʻshilaman. Rossiya muvaffaqiyatli, gullab-yashnagan davlat boʻlishi kerak, xalqi uchun yuqori darajadagi yashash sharoiti yaratishi kerak. Ana shunda hamma unga intiladi. Bosim ostida va diktatorlarning rejasi bilan yaratilgan ittifoq yashashga loyiq emas.

Javob berish

Ha-ha! Putler faqat oʻz qudratini qanday qoʻldan boy bermaslikni oʻylaydi. Siz boʻlsa kayfda ishlaringizni oʻgʻirlab olgan rus boʻlmaganlardan nafratlanishda davom etasiz.

Javob berish

Xaxa ) Qirgʻiz va oʻzbeklar uzoq vaqtdan beri u yerga millionlab borishadi )))

Javob berish

Ular allaqachon Rossiyadan ketishyapti, Qrimdan keyin u yerda odamlar qambagʻallikda yashayapti ))

Javob berish

Bizga YOII kerak emas. Tayga ittifoqiga (Rossiya bilan ittifoqlar uchun haqoratomuz nom) qoʻshilganimizdan keyin yutuqdan koʻra yoʻqotganimiz koʻp boʻldi.

Javob berish

Oʻz-oʻzini yoʻq qilayotgan bu ittifoqdan chiqishimiz uchun referendum oʻtkazishimiz kerak; referendum oʻtkazilishini talab qilaman

Javob berish

KazExit tarafdoriman

Javob berish

YOIIdan chiqish muqarrar boʻlishi kerak. Bu ochiq oʻyin maydoni emas. Hamma narsa Rossiya tomonidan boshqariladi. Bizga bunday ittifoq kerak emas.

Javob berish

Mirziyoyev bunday degani yoʻq; u Senatga masalaning ijobiy va salbiy taraflarini oʻylab koʻrish va bu Oʻzbekiston xalqi uchun foydali boʻladimi yoki yoʻqmi, degan qarorga kelish uchun muhlat berdi

Javob berish

Markaziy Osiyo xalqlari ruslar bilan hech qanday iqtisodiy integratsiyaga muhtoj emas, biz mustaqil davlatlarmiz va hammamiz bir-birimizga oʻxshagan Markaziy osiyolikmiz.

Javob berish