Karvonsaroy
Diplomatiya

AQSHning Markaziy Osiyo boʻyicha strategiyasi mintaqa suverenitetini mustahkamlashga qaratiladi

Karvonsaroy

Oʻtgan yilning 27-iyun kuni Olmaota yaqinidagi “Iliyskiy” poligonida “Dasht burguti - 2019” mashqlarining yopilish marosimida sakkiz mamlakat vakillari ishtirok etdi. [CENTCOM]

Oʻtgan yilning 27-iyun kuni Olmaota yaqinidagi “Iliyskiy” poligonida “Dasht burguti - 2019” mashqlarining yopilish marosimida sakkiz mamlakat vakillari ishtirok etdi. [CENTCOM]

VASHINGTON – Amerika Qoʻshma Shtatlarining kelgusi besh yil davomidagi maqsadi – Markaziy Osiyoning mintaqaviy suverenitetini “yovuz niyatli kuchlardan” himoya qilish, deyiladi AQSH Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha idorasi bayonotida.

AQSHning Tojikistondagi elchixonasi veb-saytida “AQSHning Markaziy Osiyo boʻyicha 2019-2025-yillarga moʻljallangan strategiyasi: suverenitet va iqtisodiy taraqqiyotga koʻmaklashish” deb nomlangan va 5-fevral bilan sanalangan reja matni chop etildi.

“Yaqin kelajakda Qoʻshma Shtatlar Markaziy Osiyo davlatlarining barqarorlikka rahna soluvchi qisqa va uzoq muddatli tahdidlarga nisbatan chidamliligini oshirish, ularning suverenitetini “yovuz niyatli kuchlar” taʼsiridan mustahkamlash va Qoʻshma Shtatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik boʻyicha sheriklik aloqalarini rivojlantirish ustida ish olib boradi”, deyiladi hujjatda. “AQSHning taraqqiyot yoʻlidagi choralari mintaqa suverenitetini qoʻllab-quvvatlashi va qaramlikni keltirib chiqarmasligi kerak.”

Mintaqadagi yangi rahbarlar Markaziy Osiyo mamlakatlarining Vashington bilan aloqalarini kengaytirish uchun imkoniyat yaratdi, deyiladi bayonotda.

Terrorizm va transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurash Turkmaniston va AQSH oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylangan. [Turkmaniston mudofaa vazirligi]

Terrorizm va transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurash Turkmaniston va AQSH oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylangan. [Turkmaniston mudofaa vazirligi]

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo 3-fevral kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan “C5+1” uchrashuvida Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan birga suratga tushmoqda. [Kevin Lamark/AFP]

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo 3-fevral kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan “C5+1” uchrashuvida Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan birga suratga tushmoqda. [Kevin Lamark/AFP]

18-iyun kuni AQSH savdo delegatsiyasi Toshkentda Oʻzbekiston rasmiylari bilan uchrashdi. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

18-iyun kuni AQSH savdo delegatsiyasi Toshkentda Oʻzbekiston rasmiylari bilan uchrashdi. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

AQSH Davlat kotibi yordamchisining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha muovini Elis Uells Vashingtonning Markaziy Osiyoda erishgan yutuqlarini yuqori baholadi.

“Biz mintaqaviy oʻziga xoslikka nisbatan munosabatning keskin oʻzgarganiga guvoh boʻlyapmiz”, dedi Uells 5-fevral kuni “Ozod Yevropa” radiosi xabariga koʻra.

Mintaqadagi hozirgi hamkorlik darajasi “besh yil avval bunday emas edi”, deb qoʻshimcha qildi AQSH Milliy Xavfsizlik kengashi aʼzosi Liza Kertis.

Asosiy maqsadlar

Strategiyada AQSHning mintaqadagi siyosatiga oid oltita asosiy tamoyil bayon qilingan.

Ularning birinchisi – Markaziy Osiyo davlatlarining ham alohida-alohida, ham butun mintaqa sifatida suverenitet va mustaqilligini qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlash.

AQSH tomonining iqtisodiyot, energetika, xavfsizlik, demokratiya va boshqaruv masalalaridagi izchil hamkorligi bilan Markaziy Osiyo davlatlari hamkor sheriklar mintaqasi sifatida faoliyat yuritadi, oʻz suverenitetini himoya qilish qobiliyatini mustahkamlaydi hamda iqtisodiy mustaqillikka erishish va uni saqlab qolish uchun aniq tanlovlarni amalga oshiradi.

AQSHning butun Markaziy Osiyo boʻyicha yagona elektr tarmogʻini qoʻllab-quvvatlashi isteʼmolchilar uchun xarajatlarni kamaytirish, yetkazib beruvchilarning daromadini oshirish, mintaqaviy energiya xavfsizligini mustahkamlash va tashqi kuchlarga qaramlikni kamaytirish maqsadida ortiqcha elektr energiyasi savdosiga yordam beradi.

Ikkinchi maqsad esa Markaziy Osiyoda terroristik tahdidlarni kamaytirishdir.

“Qoʻshma Shtatlar ikki tomonlama harbiy va fuqaroviy sheriklik dasturlari orqali Markaziy Osiyo davlatlari bilan: jangovar ekstremizmni oʻrganish, aniqlash, oldini olish va unga qarshi kurashish; xorijiy jangari-terrorchilar va ularning oilalarini vataniga qaytarish, reabilitatsiya qilish va jamiyatga qayta moslash boʻyicha ish olib bormoqda”, deyiladi bayonotda.

Agentlik xabariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Markaziy Osiyoda chegaralar xavfsizligini mustahkamlash uchun 90 million AQSH dollari ajratgan, shuningdek, kadrlarni tayyorlash boʻyicha 200 dan ziyod oʻquv mashqlari va 2600 dan ortiq chegarachilar uchun treninglar oʻtkazilgan.

Shu bilan birga, Qoʻshma Shtatlar Qozogʻistonda oʻtkazilgan “Dasht burguti” kabi qoʻshma harbiy mashqlar oʻtkazishni ham rejalashtirmoqda. Bu kabi muntazam mashgʻulotlar “uzoq muddatli munosabatlar hamda kadrlar oʻrtasidagi aloqalarni yoʻlga qoʻyish va davom ettirishga” yordam beradi, deyiladi strategiya hisobotida.

Afgʻonistonni qoʻllab-quvvatlash

Uchinchi maqsad sifatida AQSH Afgʻonistondagi barqarorlikni mustahkamlash va qoʻllab-quvvatlashga intilmoqda.

“AQSH Afgʻonistonning xavfsiz va barqaror boʻlishi Markaziy Osiyo davlatlari uchun asosiy ustuvor maqsad ekanini va mojarolarga chek qoʻyishi mumkin boʻlgan tinchlik jarayonida har kimning muhim rol oʻynashini tan oladi”, deyiladi hujjatda.

“Qoʻshma Shtatlar Afgʻoniston bilan bogʻliq iqtisodiy va tijoriy aloqalarni rivojlantirish hamda musulmon koʻpchilikka ega koʻp millatli davlatlarni barqaror boshqarish modelini ishlab chiqishda Markaziy Osiyo davlatlariga yordam koʻrsatadi.”

AQSH strategiyasining toʻrtinchi maqsadi – Markaziy Osiyo va Afgʻoniston oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish. Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy barqarorlikka bevosita hissa qoʻshadigan energiya, iqtisodiyot, madaniyat, savdo va xavfsizlik sohalari orqali Afgʻoniston bilan yaqin aloqalarni rivojlantirishlari kerak, bu oʻz navbatida mintaqaviy barqarorlikka hissa qoʻshadi.

Hisobotda taʼkidlanishicha, “farovon, barqaror va xavfsiz iqtisodiy sheriklar kamdan-kam hollarda qurolli mojarolarda ishtirok etishini eʼtirof etgan holda, AQSH Markaziy Osiyo va Afgʻoniston oʻrtasidagi mustahkam biznes va infratuzilma aloqalarini qoʻllab-quvvatlaydi”.

Strategiyaning beshinchi maqsadi qonun ustuvorligini taʼminlash va inson huquqlarini hurmat qilinishini taʼminlashdir.

“Amerika Qoʻshma Shtatlari Markaziy Osiyo mamlakatlariga inson huquqlarini himoya qilish, shuningdek, sarmoyaviy muhitni yaxshilash va yuqori malakali inson kapitalini saqlab qolish uchun zarur boʻlgan adliya tizimidagi islohotlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda texnik tajribasini taqdim etadi”, deyiladi hisobotda.

Qulay biznes muhiti

AQSH investitsiyalarini jalb qilish orqali Markaziy Osiyoni rivojlantirish AQSH yangi strategiyasining soʻnggi yoʻnalishidir. Markaziy Osiyodagi ishbilarmonlik muhitining qulay, shaffof, ochiq va adolatli boʻlishi AQSH kompaniyalarini jalb qiladi va rivojlanishning yanada kengroq maqsadlariga erishishga yordam beradi.

Hujjatga koʻra, Qoʻshma Shtatlar qoʻshimcha xorijiy investitsiyalar, jumladan Amerika kompaniyalarini jalb qilish uchun zarur boʻlgan islohotlarni amalga oshirish uchun Markaziy Osiyoning har bir davlati bilan ishlamoqda.

“Boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlim islohoti doirasida Qoʻshma Shtatlar kelgusi avlodni xalqaro investitsiyalarni jalb qiluvchi va mahalliy tadbirkorlarni yaratuvchi 21-asr iqtisodiyotlarini qoʻllab-quvvatlash uchun zarur texnik, boshqaruvchilik, ingliz tili va tanqidiy fikrlash koʻnikmalari bilan taʼminlash ustida ishlamoqda”, deyiladi hujjatda.

Hisobotga koʻra, Markaziy Osiyo “Yevropa va Osiyo oʻrtasidagi sivilizatsiyalarning strategik va tijoriy chorrahasidir”.

“Qoʻshma Shtatlarning bu hududdagi asosiy strategik manfaati turli hamkorlar bilan oʻz shartlariga koʻra oʻz siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik manfaatlarini koʻzlay oluvchi yanada barqaror va farovon Markaziy Osiyo yaratishdir”, deyiladi hujjatda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyadan koʻra AQSH taraf boʻlgan yaxshi

Javob berish