Karvonsaroy
Terrorizm

Chet elda jangarilik qilgan Qirgʻiziston fuqarolariga qatʼiyroq jazo qoʻllanishi mumkin

Munara Borombayeva

Botkent viloyatining Chon-Tala qishlogʻi, 2-yanvar. Davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) maʼlumotlariga koʻra, xorijda 600 ga yaqin qirgʻizistonlik terrorchi-ekstremistlar bor. [Melisovskiy]

Botkent viloyatining Chon-Tala qishlogʻi, 2-yanvar. Davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) maʼlumotlariga koʻra, xorijda 600 ga yaqin qirgʻizistonlik terrorchi-ekstremistlar bor. [Melisovskiy]

BISHKEK – Qirgʻiziston Davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) mamlakat Jinoyat kodeksiga xorijdagi qurolli mojarolarda qatnashgan yoki jangovar tayyorgarlikdan oʻtganlar uchun qatʼiyroq jazo belgilashni koʻzda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritishni taklif qildi.

Qonun loyihasida bu kabi jinoyatlar uchun 5 yildan 7 yarim yilgacha qamoq jazosi koʻzda tutilmoqda, deb xabar bergan 24.kg nashri yanvar oyi oxirida GKNB bayonotiga asoslanib.

Ushbu taklif parlament tomonidan koʻrib chiqilguniga qadar jamoatchilik va ekspertlar guruhi tomonidan muhokama qilinadi. Hukumat muhokamalar muddati haqida maʼlumot bermagan.

Amaldagi qonunchilikda bunday turdagi jinoyatlar uchun 2 yarim yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilangan.

“Ushbu qonun loyihasidan koʻzlangan maqsad – Qirgʻiziston fuqarolarining xorijiy davlatlardagi qurolli mojarolarda yoki harbiy operatsiyalardagi ishtiroki yoki jangovar tayyorgarlikdan oʻtishi bilan bogʻliq holatlarni kamaytirish va ularning shartli ravishda muddatidan avval ozod qilinishiga yoʻl qoʻymaslik”, deyiladi Milliy xavfsizlik qoʻmitasi bayonotida.

“Ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni kuchaytirish orqali Jinoyat kodeksining 243-moddasiga oʻzgartirish kiritish rejalashtirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qirgʻiziston fuqarolarining chet eldagi urushlarda qatnashishi yoki xorijdagi terrorchilik maskanlarida jangovar tayyorgarlikdan oʻtishi Qirgʻiziston milliy xavfsizligiga katta tahdiddir, deydi GKNB.

“Yollanma jangarilar moddiy foyda olish uchun jang qiladi, ayrimlar esa xorijda yoki Qirgʻiziston respublikasida terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni koʻzlab, terrorchilik tashkilotlari safida qurolli mojarolarda qatnashadi yoki jangovar tayyorgarlikdan oʻtadi”, deyiladi xabarda.

Davlat milliy xavfsizlik xizmati (GKNB) matbuot xizmati rahbari Raxat Sulaymonovning aytishicha, bugungi kunda ekstremistik va terrorchi guruhlar tarkibida chet elda jangarilik qilayotgan Qirgʻiziston fuqarolari soni 600 nafarni tashkil qiladi.

Mutaxassislar oʻzgartirishlarni qoʻllab-quvvatlamoqda

Davlat jazoni ijro etish xizmati maʼlumotlariga koʻra, mamlakat qamoqxonalarida 400 dan ortiq terrorchi va ekstremistlar jazo muddatini oʻtamoqda.

Qisqa muddatli qamoq jazosi baʼzan mahkumni toʻgʻri yoʻlga qaytarish uchun yetarli boʻlmaydi, deydi diniy xavfsizlik masalalari boʻyicha tahlilchi, bishkeklik Iqboljon Mirsaitov.

“Bundan tashqari, Suriya va Iroqda jang qilayotgan va qaytishni istayotgan fuqarolarimiz bor”, dedi u.

“Shu nuqtai nazardan, qaytarilgan mahbuslar maxsus xizmatlar nazoratida boʻlishi kerak. 2 yarim yildan 5 yilgacha boʻlgan muddat profilaktika ishlari uchun kamlik qiladi”, dedi Mirsaitov.

GKNB sobiq raisi Keneshbek Dushebayev jazoni kuchaytirish chorasini oʻrinli va zarur deb hisoblaydi.

“Dunyo boʻylab terrorizm va ekstremizm avj olib borayotgan bir paytda, unga qarshi kurash tobora qiyinlashib bormoqda. Qanchadan-qancha fuqarolarimiz xorijiy mamlakatlarda jangarilik qilmoqda. U yerda ular ekstremizm, aqidaparastlik va radikalizm boʻyicha jangovar tayyorgarlikdan oʻtmoqda”, dedi u.

“Ular bu yerga qaytib kelganlaridan keyin bunday xatti-harakatlarni davom ettiradigan boʻlsa, jamiyat va davlat uchun katta xavf tugʻdiradi. Shu bois bu kabi tashabbuslarni ilgari surish oʻrinli, deb oʻylayman. Bunday harakatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish lozim”, dedi Dushebayev.

Xavfsizlik boʻyicha tahlilchi va Milliy xavfsizlik qoʻmitasi raisining sobiq oʻrinbosari Artur Medetbekov ham bu fikrga qoʻshiladi.

“Menimcha, jazoni kuchaytirish chorasi bugungi kun uchun mos keladi”, dedi u.

“Soʻnggi paytlarda hayotdan biron moddiy-maʼnaviy manfaat olishga intiladigan savodxonligi past, maʼnaviy tubanlikka yuz tutgan, turli xil [qirgʻizistonlik] fuqarolar ongini zaharlashga urinishlar uchrab turibdi”, deydi Medetbekov.

“Ular shaxs sifatida oʻzlarini roʻyobga chiqarish yoʻlida insoniyatga qarshi turli jinoyatlarga qoʻl urmoqdalar”, dedi u. “Bugungi kunda bu muammo dolzarblashgan va bu chora biroz kechikib boʻlsa-da, joriy etilmoqda”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Toʻgʻri. DNR terrorchilik tashkiloti uchun kurashgan har bir odam qamalishi kerak

Javob berish