TOSHKENT – Moskva foydasiga josuslik qilishda ayblangan siyosiy tahlilchi va qator harbiylarning ustidan davom etayotgan mahkama Oʻzbekiston hukumatining Rossiya taʼsiridan qutulishga urinayotganini aks ettiradi, deydi kuzatuvchilar.
Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudida 10-fevral kuni siyosiy tahlilchi va Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining sobiq direktori, 61 yoshli Rafik Sayfulin va 10 nafar harbiy ustidan yopiq sud majlisi boshlandi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL).
Prokurorlarga koʻra, davlatga xiyonatda gumonlanayotgan ayblanuvchilar Moskva foydasiga josuslik qilish, davlat sirlarini oshkor etish va boshqa jinoyatlar sodir etishgan.
Sudlanayotgan harbiylardan uchtasining kimligi maʼlum. Ular – Oʻzbekiston Qurolli kuchlari qoʻshma shtabi boshqarmasi raisi Akbar Yarbabayev, uning rafiqasi Yelena va isteʼfodagi podpolkovnik, Mudofaa vazirligining “Vatanparvar” gazetasi muxbiri Vladimir Kaloshin.
Sud jarayoni yopiq va davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgani sababli boshqa sudlanuvchilarning ismlari sir tutilmoqda.
Keyingi sud majlisi qachon oʻtkazilishi haqida maʼlumot berilmagan.
Rossiyaparast qarashlar
Sayfulin sovet davrida KGBda ishlagan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, u Oʻzbekiston Davlat prognozlash va statistika qoʻmitasida faoliyat yuritdi.
Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga rahbar boʻldi.
Sayfulinga yaqin manbalarning tasdiqlashicha, u oʻz tahlillarida Oʻzbekistonning Rossiya bilan yaqinlashishini yoqlagan.
Ilgari Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ishlagan oʻzbekistonlik siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov Sayfulin bilan rahbarlik vaqtida shaxsan tanish boʻlganini aytadi.
“Sayfulin juda kuchli mutaxassis boʻlsa-da, rossiyaparast qarashlarga ega edi”, deydi Rabbimov.
2007-yilda Oʻzbekiston maxsus xizmatlarining kuzatuviga tushgan Rabbimov Fransiyaga qochib ketgan edi.
Oxirgi 15 yil ichida Sayfulin oʻzini mustaqil tahlilchi sifatida namoyon etdi va Gʻarb va Sharq mamlakatlari elchixonalari undan tez-tez maslahatchi sifatida foydalanib turar edilar. Bu haqda Sayfulinning oʻz ismini oshkor qilishni istamagan doʻsti maʼlumot bergan.
Ammo, oxirgi yetti yil davomida u aksilgʻarb ritorikasini targʻib qiluvchi rossiyalik mustaqil siyosatshunos Aleksandr Knyazev bilan yaqindan hamkorlik qilib kelgan, dedi manba.
Sayfulin Oʻzbekistonda sezilarli nufuzga ega edi va ishonchli dalillarsiz hibsga olinmagan boʻlardi, deb qoʻshimcha qildi manba.
Josuslik – bu maxfiy maʼlumotlarni boshqa davlatga yetkazish ekanligini taʼkidlagan manbaga koʻra, Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqada boʻlgan Sayfulinni Yarbabayev axborot bilan taʼminlagan, degan gumonlar bor.
Rossiyadan uzoqlashish
Sovet davrida KGB xodimi boʻlgan Sayfulin sovet tuzumi va mafkurasining mahsuli edi, deydi oʻzbekistonlik sobiq diplomat va iqtisodchis Alisher Taksanov “Current Time” bilan suhbatda.
1989-yildan 2016-yilga qadar kommunistik rahbar yoda prezident boʻlgan Islom Karimov hukmronligi davrida Sayfulin kabi kuzatuvchilar Oʻzbekistonga Rossiya rejimi bilan turli loyihalarda ishtirok etishni tavsiya qilar va Oʻzbekistonning Kreml boshchiligidagi tashkilotlarga qoʻshilishiga yordam berib, Oʻzbekiston mustaqilligining zaiflashuviga sabab boʻlgan, dedi u.
“Prezidentimiz bu odamlar mamlakatga qanday xavf tugʻdirishi mumkinligini anglab, Rossiya lobbistlaridan qutulishga qaror qilgan boʻlishi mumkin”, dedi Taksanov.
Oʻzbekistonning bosh printsipi oʻz mustaqilligini saqlab qolish, degan edi Toshkentdagi “Bilimlar karvoni” tahlil markazi rahbari Farhod Tolipov.
Bu haqda u 20-yanvar kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Rossiya boshqaruvidagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) aʼzo boʻlmasligini eʼlon qilganidan soʻng aytib oʻtgan.
Aksariyat xalqaro tahlil markazlari va Markaziy osiyolik yetakchi tahlilchilar mintaqa davlatlarining faol rivojlanishi uchun ularning mustaqilligini saqlab qolish va mustahkamlash muhimligini taʼkidlaydilar, dedi u.
“Tahlilchilarning taʼkidiga koʻra, Rossiya postsovet hududini yana oʻz hukmronligi va nazorati ostiga qaytarishga urinmoqda, bu esa Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligina rahna soladi”, dedi Tolipov.
Siz oʻzbeklar – 1925-yilda rus kommunistlari tomonidan ixtiro qilingan millatsiz; Putinning k...tini oʻpsangiz arziydi, sizga Rossiyada ishlashga imkon berayotgani uchun. Barcha oʻzbek gasterbayterlari – oʻgʻrilar, banditlar, ekstremist va narkofurushlarni – Rossiyadan quvib chiqarish kerak. Oʻzlarining mustaqil yurtlariga borishsin va qashshoq mamlakatda ochlikdan oʻlaverishsin. Rossiyadagi barcha oʻzbek mahsulotlariga boykot eʼlon qilish kerak. Oʻzbek mahsulotlari Oʻzbekistondan tashqarida raqobatdosh emas; Rossiyada tahsil olayotgan barcha oʻzbekistonlik talabalar haydab chiqarilsin. Oʻzbeklar Gʻarbdan va ularning Makkalik (S. Arabistoni) xoʻjayinlaridan shunday sadaqa soʻrashadi – diktator I.Karimov har doim shunday qilgan; yangisi ... ham shu yoʻldan bormoqda, shunday qilsam pul berishadi deb oʻylaydi shekilli.
Javob berishFikrlar 23
Rossiya yomon narsaga oʻrgatmaydi. Sizlarda nechta qishloq bor? 10000 tami? Bu hech narsamas, biz Rossiyada 18000 ta qishloqni vayron qildik. Ajoyib! Zavod va fabrikalar davlatnikimi? Ularni tezda chet elga soting, sotilmaganlarini esa yoʻq qiling! Bizda shunaqalardan 85 mingtasi vayron boʻlib yotibdi, jinam urgani yoʻq! Sizda samolyotlar Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtganmi? Yoʻgʻ-e? Bagama orollari – aynan shu yerda bizning samolyotlarimizni roʻyxatdan oʻtgan. Buni darhol tuzatish kerak!
Javob berishFikrlar 23
Bunaqa xalq dushmanlarini otish kerak tuzini yeb tuzlugiga tufuradiganlani
Javob berishFikrlar 23
Mustaqillik – faqat oʻz davlatining va “Vatan” soʻzini tushunib, unga daxldorlik hissini tuyadigan xalqning manfaatlarini himoya qiladigan hukumatdir. Bundan boshqa barcha muammolarni hal qilsa boʻladi.
Javob berishFikrlar 23
Nima boʻldanda ham, hech kim Oʻzbekistonning ichki ishlariga aralashmasligi kerak; josuslar uchun jazo muqarrar.
Javob berishFikrlar 23
Oʻzbeklarga achinaman Hammasi boshidan boshlanmoqda! Oʻzbekiston Karimov davrida YOIIga kirganida, energiya manbalari Qozogʻiston darajasida boʻlardi, meva-sabzavotlar ham, Rossiya eng yaxshi bozor. Ham mehnat bozori. Agar amerikaliklar Afgʻondan ketsa, Oʻzbek armiyasiga Rossiyasiz qiyin boʻladi.
Javob berishFikrlar 23
Qiziq
Javob berishFikrlar 23
Rossiya kabi zararkunanda mamlakat bilan hamkorlikni kamaytirish bilan Oʻzbekiston rahbariyati uzoqni koʻra bilib, oqilona ish tutmoqda. Ular Rossiyaning aslida qanday davlat ekanligini tushungan koʻrinadi.
Javob berishDavolaning, lekin bu sizga yordam bermasa kerak
Javob berishRossiya qanaqa davlar ekanligini hammaga maʼlum, oʻzing borib davolangin
Javob berishFikrlar 23
Oʻzbekistonning iqtisodiy mustaqilligi mamlakatning oʻziga emas, balki biznesdagi monopolchilariga foyda keltiradi. Aslida mustaqil yoʻldan borish haqidagi turli gap-soʻzlar bitta umumiy maqsadga qaratilgan - bu oʻsha korxonalarni oʻta yuqori daromadli darajada ushlab turish, qisman maʼlum oilalar tomonidan monopollashtirilgan import va mahalliy ishlab chiqarishni egallagan “gigantlar” hisobiga. Shu sababli, Oʻzbekiston hech qachon umumiy bozorlarga qoʻshilmaydi, chunki bu oʻsha Rossiyalik ishlab chiqaruvchilarning mahalliy bozorga kirishiga va import narxlarining kamida 50% pasayishiga olib keladi, bu esa oʻz navbatida hukmron biznes oilalariga sezilarli ziyon keltiradi. Umuman olganda, Safiulin va uning doʻstlariga qarshi dahshatli jinoiy ishlar soxtalashtirilayotgan Oʻzbekistondagi barcha sirlar shu.
Javob berishSir emaski, YOII bu “U-s” va chet elda pora berish uchun Rutiniyaga zarur boʻlgan dollarni qoʻlga kiritishning boshqa usullaridir.
Javob berishFikrlar 23
Rossiya tobora zaiflashib bormoqda
Javob berishVa borgan sayin xavfliroq.
Javob berishTelevizorda.
Javob berishFikrlar 23
Oʻzbekistonda Rossiya josuslari shunchalik koʻpmi?
Javob berishBir-ikkitaga kamaydi
Javob berishBu Rutiniyaning xarid qobiliyatiga bogʻliq. Endilikda bunga dollar yoki oltinda chegara yoʻq
Javob berishFikrlar 23
Kim bilan hamkorlik qila olamiz? Rossiya yomon, Qozogʻiston yomon, Qirgʻiziston yomon, Tojikiston yomon. Iltimos, azizlar, ayting kim bilan ??? Atrofimizdagi davlatlar biz haqimizda xuddi shunday fikrdami? Oʻzingizchi? Avval oʻzingizni, keyin boshqalarni istisno qiling !!!
Javob berishFikrlar 23
Josuslarga 25 yillik qamoq jazosi belgilangan. Qanday yoʻlga kirganingni bilar eding, endi qamoqda ham oʻtirib koʻr.
Javob berishUlar shuningdek, dollar va boshqalar bilan taʼminlanishi ham belgilangan. Qamoqqa oʻtirgunlariga qadar
Javob berishFikrlar 23
Rossiyaparast agentlarni hammasi oʻzbek fuqaroligidan mahrum qilinishi va mamlakatdan chiqarib yuborilishi kerak
Javob berishUnda ular Taxtning ostidan turib ifloslik qilishni boshlaydilar
Javob berishFikrlar 23