https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2020/02/26/feature-01
| Salomatlik

Koronavirus tarqalishi ortidan Tehronning rostgoʻyligi shubha ostida qolmoqda

Karvonsaroy va AFP

image

Jamoat transportida virusga qarshi dori sepayotgan ishchi, Tehron, 25-fevral. (Majid Xoniy/ISNA)

TEHRON – Eron rejimining jamoatchilikka aniq maʼlumotlarni yetkazishda shaffof emasligi xalqaro maydondagi xavotirni kuchaytirmoqda, shu bilan bir vaqtda, mamlakatda koronavirusning nazoratsiz tarqalishi unga qoʻshni va boshqa davlatlarga tahdid solyapti.

Chorshanba (26-fevral) kuni Tehron oʻtgan 24 soat ichida koronavirusdan yana toʻrt kishi oʻlgani va 44 kishi kasallangani haqida xabar bergan, bu bilan umumiy oʻlim holatlari soni 19 taga, kasallanganlar esa 139 ga yetgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi vakili Kianush Jahanpur televideniye orqali yangi raqamlarni eʼlon qilar ekan, COVID-19 mamlakat boʻylab qanday tarqalgani haqida batafsil maʼlumot bergan.

Oʻtgan hafta butun dunyodan ulamolarni jalb qiluvchi Islom tadqiqotlari va ziyorat markazi boʻlmish Qum shahrida virus tufayli ikki oʻlim qayd etilganidan beri, Eron COVID-19 virusiga qarshi kurashmoqda.

image

Eron sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Iraj Harirchi (chapda) 24-fevral kuni Tehronda hukumat matbuot kotibi Ali Rabiiy bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumani chogʻida peshonasining terini artmoqda. Mamlakatda kasallik tarqalar ekan, 25-fevral kuni Harirchi koronavirus yuqtirib olganini tasdiqlagan. (Mehdiy Bolorian/Fars News/AFP)

image

Pokiston/Eronning Taftan chegarasidagi pokistonlik askar, 25-fevral. COVID-19 koronavirusi tarqalishi tahdidi tobora kuchayib bormoqda. (Banaras Xon/AFP)

Mamlakatda maktablar, universitetlar, madaniyat markazlari yopilgan va sport tadbirlari toʻxtatilgan, sanitariya ishchilaridan iborat guruhlar avtobuslar, poyezlar va jamoat joylarini dezinfektsiya qilishni boshlagan.

Koronavirusning tezlik bilan tarqab borayotganiga qaramay, hukumat karantin joriy qilishdan bosh tortib, virus tarqalishini nazorat qilish yoʻlini tanlangan. Jahapurning soʻzlariga koʻra, vaziyat “yaxshilanmoqda”.

Eron rasmiylari bergan maʼlumotlardagi eʼtiborli jihat – kasallanganlar va oʻlim koʻrsatkichidir. Dunyo boʻylab COVID-19 virusining oʻlim koʻrsatkichi 1 va 2 foiz oraligʻida. Agar Eronda 19 kishi virusdan oʻlgan boʻlsa, kasallanganlar soni rasmiy maʼlumotdagi 139 kishi emas, balki 1-2 ming kishi oraligʻida boʻlishi kerak.

Seshanba kuni Eron sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Iraj Harirchi ham virus bilan kasallanganini tasdiqlagan. Bu esa COVID-19 aytilayotganidan koʻproq miqyosda tarqaganiga dalil boʻla oladi.

Dushanba (24-fevral) kuni Tehronda hukumat matbuot kotibi Ali Rabiiy ishtirokida oʻtgan matbuot anjumanida Harirchining tez-tez yoʻtalayotgani va terlaganini koʻrish mumkin edi.

Seshanba (25-fevral) kuni AQSH davlat kotibi Eron hukumatidan koronavirus haqida “haqiqatni aytishni” talab qilib, maʼlumotlardan yashirilayotganidan xavotirda ekanligini aytib oʻtdi.

“Qoʻshma Shtatlar Eron hukumati mamlakatda virusning tarqalishiga oid muhim maʼlumotlarni kamaytirib koʻrsatayotgan boʻlishi mumkinligidan chuqur tashvishda”, deb aytgan Pompeo Vashingtonda muxbirlarga.

“Barcha davlatlar, jumladan Eron ham koronavirus haqida haqqoniy maʼlumotlarni taqdim etishi va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi kerak”, dedi u.

Soʻnggi oylarda Eron hukumati shaffoflik bilan bogʻliq bir qator muammolarga duch keldi va bu Tehronga oʻz xalqi hamda xalqaro hamjamiyat ishonchini yoʻqotishdek katta ziyon keltirdi.

Yanvar oyida Ukraina xalqaro aviakompaniyasiga qarashli PS752 samolyoti “yer-havo” toifasidagi raketa bilan urib tushirilganini isbotlovchi videolavha va bilvosita dalillarga qaramay, Tehron samolyotning raketa hujumi tufayli yerga qulaganini bir necha kun davomida rad etib keldi.

Ammo tobora kuchayib borayotgan xalqaro va ichki bosimga duch kelgan hukumat haqiqatni – samolyot Eron harbiylarining “halokatli xatosi” bilan urib tushirilganini tan oldi.

Bu iqror va haqiqatni yashirishga urinish Eronda bir necha kunlik aksilhukumat namoyishlarini keltirib chiqargan.

Oʻn minglab namoyishchilar Homanaiyga qarata “diktatorga oʻlim”, “yolgʻonchilarga oʻlim” degan hayqiriqlar va boshqa shiorlar bilan koʻchalarga chiqishgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, shuningdek, noyabr oyida Erondagi namoyishlar chogʻida qurbon boʻlganlar va hibsga olinganlarga nisbatan shaffof munosabatning yoʻqligidan tashvish bildirgan.

Dunyo boʻylab pandemiya xavfi kuchayib borar ekan, ijtimoiy tarmoqlardagi Rossiyaga aloqador minglab akkauntlar yangi koronavirus haqidagi fitna nazariyalarini tarqatish boʻyicha uyushgan harakatlarni boshlagani Tehronga oid xavotirlarni yuzaga keltirdi.

Eronning qoʻshnilari jiddiy xavf ostida

Soʻnggi kunlarda asosan Eron bilan aloqador odamlarning kasallikka chalinganiga oid ilk holatlar haqidagi xabar berilgach, Eronga qoʻshni davlatlar tomonidan safarlarga cheklovlar va qatʼiy karantin choralari joriy qilingan.

Qoʻshni mamlakatlar uchun xavfli vaziyat yuzaga kelayotganiga qaramay, Tehron odamlarning harakatlanishini cheklash boʻyicha faol choralar koʻrmayapti.

Karantin – “eskirgan usul”, deb aytgan sogʻliqni saqlash vaziri Said Namakiy seshanba kuni.

“Biz hali ham shaharlarda karantin joriy qilinishiga qarshimiz, chunki odamlarning kasallik aniqlangan shaharlardan boshqa joylarga sayohat qilmaslik uchun yetarli darajada madaniyatli ekaniga ishonamiz”, deb uning soʻzlaridan iqtibos keltiradi ISNA axborot agentligi.

Seshanba kuni Birlashgan Arab Amirliklari seshanba kuni Eron bilan ikki oʻrtadagi barcha yoʻlovchi va yuk reyslarini toʻxtatgan. Avvalroq, Eron bilan chegaradosh Armaniston, Kuvayt, Iroq, Turkmaniston va Turkiya kabi davlatlar ham shunday qaror qabul qilgan edi.

Pokiston va Turkmaniston Eron bilan rasmiy chegara punktlarini yopdi, Afgʻoniston esa chegarani bir kunga yopgan.

Afgʻoniston va Pokiston qoʻshni Erondagi yangi koronavirus tufayli halokatli inqiroz ehtimoli bilan yuzma-yuz kelgan.

Afgʻonistonning sogʻliqni saqlash tizimi qirq yildan ortiqroqqa choʻzilgan urush ortidan abgor ahvolda qolgan, mamlakatdagi kam sonli shifoxonalar asosan asosiy birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish va jarohatlarni davolashga ixtisoslashgan. Ular yuqumli kasalliklar bilan kurashish tajribasiga ega emas.

“Virus mamlakat boʻylab tarqaladigan boʻlsa, haqiqiy halokat yuz berishi mumkin. Bu yerda tibbiy markazlar uncha koʻp emas”, dedi yuqumli virusli kasalliklar boʻyicha mutaxassis, kobullik shifokor Vali.

Pokistonda ham kasallikning avj olish xavfi bilan bogʻliq xavotirlar kuchayib bormoqda.

Islomobodning poliomiyelit, sil va gepatit kabi yuqumli kasalliklarga qarshi kurash salohiyati yetarli emas.

Bir guruh ziyoratchilar vataniga qaytib, odamlar bilan aralashganidan koʻp oʻtmay, Pokiston shu haftada Eron chegarasi yaqinida kamida 270 kishini zudlik bilan karantinga olgan.

Afgʻoniston va pokistonlik ziyoratchilar koʻpincha Eron Islomiy inqilobiy qoʻriqchilar korpusi tomonidan Suriyadagi jangarilar safiga yollanishga jalb qilinadilar.

Eronda asosan, talabalar va ziyoratchilardan iborat 10 mingga yaqin pokistonlik bor. Eron hukumati ularni kichik guruhlarga boʻlib, vataniga qaytarishni rejalashtirmoqda, dedi Pokistonning Balujiston viloyati ichki ishlar vaziri uy vaziri Ziyoullo Langove.

Sizga maqola yoqdimi?

3
Fikrlar 1
Siyosat
Captcha *

Xuddi Rossiyadagidek

Javob berish