Karvonsaroy
Terrorizm

YXHT va BMT Tojikiston rasmiylariga terrorni moliyalashtirishga qarshi kurash choralarini oʻrgatdi

Karvonsaroy

Suriyadagi tojik jangarilari, 2016-yilning 13-iyun kuni “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻiga joylangan surat. (Fayl)

Suriyadagi tojik jangarilari, 2016-yilning 13-iyun kuni “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻiga joylangan surat. (Fayl)

DUSHANBE – 28-fevral kuni Dushanbeda terrorchilik tarmoqlarini moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) koʻmagida oʻtgan toʻrt kunlik oʻquv kursi yakunlandi. Bu haqda YXHT seshanba (3-mart) kuni xabar bergan.

Oʻquv seminari YXHT hamda Birlashgan millatlar tashkilotining (BMT) narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Treningda Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB), Ichki ishlar vazirligi (IIV), Bosh prokuratura va Tojikiston milliy bankining 17 nafar mutaxassis va xodimi ishtirok etdi.

Seminar Tojikistonga xalqaro standartlar, xususan BMT Xavfsizlik kengashi rezolutsiyasi, pul yuvish amaliyotlariga qarshi moliyaviy choralar, YXHT va BMT majburiyatlarini amalga oshirishga yordam beradi.

Seminarda terrorchilarni moliyalashtirishga qarshi kurashda idoralararo hamkorlikning ahamiyati alohida taʼkidlandi.

Ishtirokchilar real voqealar asosida mahalliy vaziyatlarga moslashtirilgan ssenariylar boʻyicha murakkab tahliliy va operatsion rejalashtirish usullarini oʻrgandilar, deyiladi YXHT bayonotida.

“Mazkur seminar idoralararo hamkorlik bilan birga, terrorchilarni moliyalashtirishga qarshi kurashuvchi mutaxassislar uchun yangi vositalar va usullarni kashf qilishda oʻziga xos platformani taqdim etadi. Shuningdek, inson huquqlari sohasida xalqaro standartlar va normalarga rioya qilish muhimligiga eʼtibor qaratadi”, dedi Dushanbedagi YXHT dasturiy idorasining siyosiy-harbiy boʻlimi rahbari Florian Razesberger.

Oʻquv kursi Markaziy Osiyo davlatlarining terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash choralarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan uzoq muddatli va keng qamrovli dasturning bir qismidir.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500