Karvonsaroy
Xavfsizlik

Oʻzbekiston va AQSH kuchlari inqirozga qarshi qoʻshma harbiy mashqlar oʻtkazdi

Karvonsaroy

Oʻzbekiston va AQSH harbiylari 24-fevral - 2-mart kunlari inqirozga qarshi qoʻshma mashqlarda ishtirok etdi. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

Oʻzbekiston va AQSH harbiylari 24-fevral - 2-mart kunlari inqirozga qarshi qoʻshma mashqlarda ishtirok etdi. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

TOSHKENT – Shu yil 24-fevraldan 2-martga qadar Milliy gvardiya Oʻzbekistonning boshqa xavfsizlik kuchlari hamkorligida AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) bilan xavfsizlik boʻyicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va oʻzaro muvofiqlikni oshirish maqsadida inqirozga qarshi qoʻshma mashqlar oʻtkazdi.

Oʻzbek va amerikalik harbiy xizmatchilar dala-oʻquv poligonlari va boshqa obyektlarda “Yengilmas soqchi – 2020” nomli mashqlarini oʻtkazdilar, deb xabar beradi AQSHning Toshkentdagi elchixonasi chorshanba (4-mart) kuni. Ayrim amerikalik harbiylar Florida shtati Tampa shahridagi “MakDill” avibazasida masofadan turib ushbu mashgʻulotlarda qatnashdi.

“Oʻzbekiston bilan harbiy hamkorligimiz oʻzaro hurmat va mushtarak manfaatlarga asoslangan”, dedi AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum oʻz bayonotida. “Yengilmas soqchi” mashqlari kabi oʻquv dasturlari va qoʻshma javob mashqlari bizning Oʻzbekiston bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorligimiz chuqur va keng ekanligidan dalolat beradi”.

Harbiy mashqlar har ikki mamlakat xavfsizlik kuchlari uchun notanish muammolarga duch kelganda tezkorlikni oshirish va harbiylarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kengaytirishga imkon berdi.

Oʻzbekiston va AQSH harbiylari 24-fevral - 2-mart kunlari inqirozga qarshi qoʻshma mashqlarda ishtirok etdi. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

Oʻzbekiston va AQSH harbiylari 24-fevral - 2-mart kunlari inqirozga qarshi qoʻshma mashqlarda ishtirok etdi. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

Bu kabi qoʻshma harbiy mashgʻulotlar zarur hollarda birgalikda harakat qilish uchun hamkor davlat harbiy xizmatchilarini tayyorlashda juda qoʻl keladi, deyiladi xabarda.

Amerikalik harbiylar CENTCOM masʼul boʻlgan hududlarda hamkor davlatlar bilan har yili 80 dan ortiq mashgʻulotlarda ishtirok etadi.

Harbiy hamkorlikni mustahkamlash

Ikki mamlakat oʻrtasidagi harbiy hamkorlik kuchayib borar ekan, oʻtgan yil dekabr oyida Amerika Qoʻshma Shtatlarining “Kemp MakKeyn” bazasida Mississipi milliy gvardiyasi tomonidan oʻtkazilgan Ikki mamlakat qurolli kuchlari oʻrtasidagi aloqalarning yangi davri oʻtgan yil yanvar oyida, Oʻzbekiston maxsus kuchlari va AQSH milliy gvardiyasi ilk marta Missisipidagi “Camp Shelby” muassasida qoʻshma mashqlar oʻtkazgan vaqtdan boshlangan.

Oʻzbekiston va AQSH harbiylari oʻrtasidagi munosabatlar avgust va sentabr oylarida bir qator oʻzaro tashriflar bilan davom etdi.

Oʻtgan sentyabr oyida Missisipi milliy gvardiyasi podpolkovnigi Bred Xou boshchiligidagi AQSH harbiy delegatsiyasi vertolyot uchuvchilarini tayyorlash uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Amerika va oʻzbekistonlik uchuvchilar Toshkent yaqinidagi Chirchiq garnizonida qoʻshma parvozlarni amalga oshirib, mashgʻulotlarda ishtirok etdilar.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi harbiy hamkorlik kuchayib borar ekan, oʻtgan yil dekabr oyida Amerika Qoʻshma Shtatlarining “Kemp MakKeyn” bazasida Mississipi milliy gvardiyasi tomonidan oʻtkazilgan qoʻshma mashgʻulotlarda oʻzbekistonlik askarlarning ishtiroki alohida eʼtiborga loyiq koʻrildi .

Oʻzbekiston Qurolli kuchlari maxsus operatsiyalar batalyonining ikki serjanti “MakKeyn” bazasida oʻtgan “Eng yaxshi jangchi” musobaqasida ishtirok etib, vataniga sovrin bilan qaytdi.

Katta serjant Sardor Mamarasulov “Eng yaxshi xorijlik kichik qoʻmondon”, katta serjant Muhriddin Ochilov esa “Eng yaxshi xorijlik askar” deb topildi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500