Karvonsaroy
Inson huquqlari

AQSH Xitoy taʼqibiga uchragan qozoq ayolini jasorati uchun mukofotladi

Karvonsaroy

Xitoy oʻz musulmon fuqarolariga qarshi bosim oʻtkazayotganini fosh etgan xitoylik qozoq Sayragul Sautbay AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo hamrohligida AQSH prezidentining rafiqasi Melaniya Trampdan “Jasoratli ayollar” xalqaro mukofotini qabul qilib olmoqda, 4-mart, Vashington. Ayni vaqtda Sautbay oʻz oilasi bilan Shvetsiyada yashamoqda. [Twitter/AQSH Davlat departamenti]

VASHINGTON – Xitoylik etnik qozoq ayoli chorshanba (4-mart) kuni Pekinning xitoylik musulmonlarga nisbatan bosimini fosh etishda jasorat koʻrsatgani uchun mukofotga sazovor boʻldi, deyiladi AQSH davlat departamenti bayonotida.

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo har yili oʻtkaziladigan “Jasoratli ayol” xalqaro mukofotini topshirish marosimiga boshlovchilik qildi. Butun dunyodan oʻn ikki nafar ayol, jumladan Sayragul Sautbay ham bu mukofotga loyiq deb topildi.

AQSH Davlat departamentiga koʻra, mukofot “inson huquqlari, ayollar tengligi va ijtimoiy taraqqiyotni himoya qilishda, koʻp hollarda oʻz hayotini xavf ostiga qoʻygan holda favqulodda jasorat va yetakchilikni namoyon etgan ayollarga” topshiriladi.

Oʻtgan bir necha yil davomida Xitoyning Shinjonida hukumat bir necha yuz minglab musulmonlar, jumladan etnik qozoqlarni mafkuraviy lagerlarga joylashtirgan. Bu hududda kamida 1,5 million qozoq istiqomat qiladi. Ular uygʻurlardan keyin eng katta turkiy etnik guruhni tashkil qiladi.

Xitoylik etnik qozoq Sayragul Sauitbay 2018-yilning 13-iyul kuni Jarkent (Qozogʻiston) shahrida sud hukmini kutmoqda. Qozogʻistondagi oilasi safiga qaytish maqsadida xitoy-qozoq chegarasini noqonuniy kesib oʻtishda ayblanib, 2018-yil 1-avgust kuni shartli qamoq jazosini olgan ayol oxir-oqibat Shvetsiyaga koʻchib oʻtgan. [Ruslan Pryanikov/AFP]

Suratda: Xitoyning musulmonlarga nisbatan zulmini qoralagani uchun Sayragul Sauitbayga bildirilgan maqtov. U 4-mart kuni Vashingtonda “Jasoratli ayol” xalqaro mukofotiga sazovor boʻldi. [Twitter/AQSH Davlat departamenti]

Qaygʻuli voqea

“2016-yil iyul oyida Sayragul oʻz oilasi bilan Qozogʻistonga koʻchib oʻtishga uringan, ammo Xitoy kommunistlar partiyasi (XKP) uning pasportini musodara qiladi, natijada u oʻz oilasi bilan keta olmaydi”, deyiladi AQSH departamenti bayonotida.

Bayonotga koʻra, “2017-yil noyabr oyidan 2018-yilning mart oyiga qadar XKP Sayragulni lagerlardagi etnik ozchilikdan iborat guruhlarga xitoy tilini oʻrgatishga majburlagan. 2018-yil mart oyida Sautbay Qozogʻistonga qochib ketadi”.

“Shundan soʻng Sautbay XKPning musulmonlarga qarshi olib borayotgan bosimi haqida dunyoda birinchilardan boʻlib gapirganlardan boʻldi... Sayragul va uning oilasiga Shvetsiya boshpana bergan, ular hozir oʻsha yerda yashamoqda.”

2018-yilda Qozogʻistonda davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtgan Sautbay sudda oʻzi guvoh boʻlgan va boshidan kechirgan qiynoqlari haqida soʻzlab bergan.

Xitoy hukumati minglab musulmonlar, jumladan uygʻurlar va etnik qozoqlarni qayta tarbiyalash maskanlarida mafkuraviy targʻibotdan oʻtishga majburlagan, deb guvohlik bergan u. Sud unga nisbatan shartli hukm chiqarib, Xitoyga deportatsiya boʻlishdan saqlab qoldi.

Oxir-oqibat, Qozogʻiston hukumati unga Shvetsiyaga koʻchib ketishga izn bergan.

Keng miqyosdagi taʼqib tafsilotlari jadvali

Soʻnggi oylar davomida Xitoyning musulmonlarga nisbatan bosimiga doir dalillar koʻpaygan.

Shu yil fevral oyida “New York Times” nashri xitoylik musulmonlarning taʼqib etilishiga oid batafsil maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan 137 sahifalik jadvaldan iborat hujjatni chop etdi.

Bu hujjatda Shinjonning Qoraqosh okrugi maʼmurlari lagerlarda saqlanayotgan 300 dan ortiq odam, shuningdek, ularning qoʻshnilari va qarindoshlari haqida maʼlumot yiqqani aytiladi.

Shuningdek, spirtli ichimliklardan bosh tortish, diniy ziyoratga borish yoki dafn marosimida qatnashish kabi beozor ishlar ham qayd etib borilgan.

Hujjat shuningdek, odamlarning necha mahal ibodat qilishi, diniy libos kiyishi yoki uzun soqol qoʻyishi, kim bilan muloqotda boʻlgani va oilasining xatti-harakatlarini ham oʻz ichiga olgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Mana haqiqiy zulm qayerda: https://www.youtube.com/watch?v=gLbUzvmemQI

Javob berish

Xitoy bilan munosabatlarimiz yaxshi, janob amerikaliklar, yoʻq joydan vahima koʻtarmanglar. Boshqa bir muammo koʻproq tashvishga solmoqda, buni Rossiyadagi hamma internet-forumlarda ochiq oʻqish mumkin – Shimoliy Qozogʻiston Rossiyaning yeri va uni Qrimga oʻxshab qaytarib olish kerak, degan gaplar.

Javob berish