TOSHKENT – Oʻzbekistonning dunyo uchun oʻz eshiklarini ochish yoʻlidagi saʼy-harakatlari, Rossiya boshchiligidagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) qoʻshilishdan bosh tortishi bilan birga, bu mamlakat yanada mustaqil boʻlish va Moskvaga qaramligini kamaytirish niyatida ekanligidan darak bermoqda, deydi ekspertlar.
Oʻzbekistonning sobiq adliya vaziri Muhammadbobur Malikovning fikricha, hukumat Rossiya taʼsiridan uzoqlashayotganini koʻrsatish uchun xalqaro hamjamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga intilmoqda.
“Oʻzbekiston prezidenti koʻp qirrali tashqi siyosat yuritishga harakat qilayotgani yaqqol koʻrinib turibdi. Uning yaqinda Turkiyaga safar qilib, prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bilan uchrashgani ham buni isbotlaydi”, dedi u.
AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeoning yaqinda Oʻzbekistonga qilgan safari xalqaro maydonda mamlakat nufuzi oshib borayotganining yana bir belgisi boʻldi, dedi Oʻzbekistonning Vashingtondagi sobiq elchisi boʻlgan Malikov.
Pompeoning tashrifi Qoʻshma Shtatlar Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun tobora jozibador sherikka aylanayotganligini koʻrsatdi, deb qoʻshimcha qildi u.
3-fevral kuni Oʻzbekistonda boʻlgan Pompeo “prezident Mirziyoyevga Amerika Qoʻshma Shtatlari va Oʻzbekiston oʻrtasidagi yaqin strategik sheriklik aloqalarini yoʻlga qoʻyishda bosh-qosh boʻlgani va Afgʻonistondagi siyosiy vaziyatni muzokaralar yoʻli bilan tartibga solish saʼy-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi”, deyiladi AQSH Davlat departamenti bayonotida.
Rossiya bilan yoki Rossiyasiz
Ayni vaqtda Oʻzbekiston Rossiyaga qaramlikni jilovlashga tayyor ekanligini namoyish etmoqda. Mamlakatlarning chegaradosh emasligi “Rossiya oldida Oʻzbekistonni Gruziya, Belarus va Ukraina kabi mamlakatlarchalik zaif qilib qoʻymagan”, dedi Malikov.
Shubhasiz, Oʻzbekiston hanuzgacha Rossiyaga, birinchi navbatda gaz sohasida qaram boʻlib qolmoqda, dedi u ushbu soha Rossiya prezidenti Vladimir Putinga salkam “otameros mulk” boʻlib qolganini taʼkidlab.
Oʻzbekiston Rossiyaga qaram ekaniga qaramay, Rossiya Ukrainaning Donbass mintaqasidagi nizo, Gruziyadan ajralib chiqqan Janubiy Osetiya va Abxaziya muammosi, shuningdek Suriyadagi kabi uzoq muddatli mojarolarga aralashib borayotganini Mirziyoyev yaxshi tushunadi, dedi Malikov.
Bundan tashqari, “Rossiyaning Belarus kabi yaqin ittifoqchilari bilan [Kreml tomonidan qoʻzgʻatilgan] yangi mojarolarning paydo boʻlishi” ham xavotirli, dedi u.
Uning soʻzlariga koʻra, Moskvaning bunday xatti-harakatlari tufayli u bilan tuziladigan ittifoq xavf ostida qoladi.
Oʻzbekistonlik sobiq diplomat va iqtisodchi Alisher Taksanov bu borada Malikov bilan hamfikr ekanligini aytdi.
“Soʻnggi hodisalar Oʻzbekistonning koʻp vektorli va muvozanatlashgan tashqi siyosat olib borish istagida ekanini koʻrsatmoqda”, dedi u.
“Toʻgʻri, Oʻzbekiston Rossiyaga juda qaram boʻlib qolgan, ammo Rossiya ham Oʻzbekistonga muhtoj”, dedi Taksanov.
Uning taʼkidlashicha, iqtisodiy yoʻnalishda Oʻzbekiston Rossiyaga qaramligicha qolmoqda. Rossiya mamlakatning eng yirik savdo hamkori va bu mamlakatda 5 millionga yaqin oʻzbekistonlik migrant mehnat qiladi.
Shunday boʻlsa-da, Taksanovning aytishicha, Mirziyoyev Moskvaga kuchli qaramlikning davom etishini xavfli deb hisoblaydi.
“Ayni paytda Putin deyarli yolgʻiz qolgan”, dedi u. “Tashqi maydonda uning ittifoqchilari yoʻq, shu bois ham u sobiq SSSR aʼzolariga tayanadi va bu borada Oʻzbekiston juda kerakli hamkor.”
“Ammo, Putin Oʻzbekiston prezidenti uning yoʻldoshi boʻlishini kutgan edi”, deb qoʻshimcha qildi u.
Suverenitet va mustaqillik namoyishi
20-yanvar kuni Oʻzbekiston Rossiya rahbarligidagi YOIIga aʼzo boʻlmasligini aytish bilan Oʻzbekiston rahbari Moskvaga oʻz mustaqilligini mustahkamlash niyatida ekanligini bildirib mujda yubordi. Oʻzbekiston tashkilotda kuzatuvchi maqomini tanladi.
“Biz bu ittifoqqa aʼzo boʻlib kirmaymiz”, deb aytgan Mirziyoyev yaqinda boʻlib oʻtgan saylovlardan soʻng parlament yuqori palatasiga qilgan murojaatida.
“Bitta narsani bilib qoʻyinglar. Hech kim mustaqillikni hech kimga berib qoʻymaydi. Mustaqillik xalq ishongan prezidentning qoʻlida”, dedi u.
Oʻzbekistonning YOIIga qoʻshilishidan bosh tortishi koʻproq “prezident Mirziyoyevning dunyo hamjamiyati va oʻz xalqiga suverenitet va mustaqillik yoʻliga sodiqligini namoyish qilishidir”, dedi Oʻzbekistonning sobiq adliya vaziri Malikov.
2016-yilda vafot etgan sobiq prezident Islom Karimov bundan-da aniqroq choralar koʻrgan edi.
Karimov Ikkinchi jahon urushining Oʻzbekistonga nisbatan qoʻllanilishida “Ulugʻ Vatan urushi” tushunchasidan voz kechdi va (9-may) Gʻalaba kunini Xotira kuni deb nomladi, dedi Malikov.
Shu bilan birga, Karimov mamlakatni Rossiya boshchiligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) taʼsiridan olib chiqqan va Oʻzbekistonning kirill imlosidan lotin imlosiga oʻtishiga sababchi boʻlgan.
Xavf omillari
Oʻzbekiston-Moskva aloqalarida yuzaga kelgan yana bir tanglik – Moskva foydasiga josuslik qilishda ayblangan siyosiy tahlilchi va bir qator harbiy xizmatchilarning Toshkentdagi sud jarayoni boʻldi.
10-fevral kuni Toshkentning jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudida siyosiy tahlilchi, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti qoshidagi strategik tadqiqotlar institutining sobiq rahbari – 61 yashar Rafik Sayfulin va 10 nafar harbiy ustidan oʻtkazilayotgan yopiq sud jarayonining ikkinchi majlisi boʻlib oʻtdi.
Prokuraturaga koʻra, davlatga xiyonatda gumon qilinayotgan sudlanuvchilar Moskva foydasiga josuslik, davlat sirlarini oshkor qilish va boshqa jinoyatlar sodir etishgan.
Ammo, Sayfulinning ishi “aysbergning uchi xolos, uning ortida esa Rossiya manfaatlarini himoya qilayotgan va prezident Mirziyoyevning Gʻarb bilan yaqin munosabatlar oʻrnatishiga toʻsqinlik qilayotgan yanada muhim shaxslar turibdi”, dedi Taksanov.
“Rossiya josusligi fosh boʻlganiga qaramay, mamlakatdagi Davlat xavfsizlik xizmati mutaxassislarining deyarli yarmi Rossiyada taʼlim olgan va bu mamlakat bilan yaqin aloqalarga ega. Ularning yaqin qarindoshlari Rossiya fuqaroligiga ega. Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasida ularning koʻchmas mulklari va investitsiyalari bor”, dedi u.
Oʻzbekistonda Putin uchun yana bir muhim aktiv – bu rus ozchiliklari, dedi Taksanov.
“Koʻpchilik rossiyaliklar Putinning siyosatidan norozi boʻlayotgan va uning xatti-harakatlarini tanqid qilayotgan bir vaqtda, Oʻzbekistondagi rus aholisi unga nisbatan juda ijobiy munosabatda va uni oʻzlari uchun himoyachi va homiy deb biladi”, dedi u.
Amerika Angliya yo Rossiya qolib ketgan fikrlarim. Biz Yevroiqtisodiy zonaga qoʻshilishimiz kerak edi. Man deyarli mustaqillik farzandiman, sobiq Soyuz davlatining 70 yillik mustabid zamonini eshitganman, kinolarda koʻrganman va oʻqiganman xolos. Shu mustabid zamon hali davom etyapti nazarimda. Oʻrtoq Prezident qoʻshiling shu tashkilotga oʻzbek xalqi ham yashasin maza qilib 2 mingli moshinni 12 mingga olmasdan, bu oylikni kelasi oylikka uchma-uch qilib yetkazmasdan. Yetar monopolyani shuncha davru davron surgani. Xullas quyi qatlam u yoqda tursin oʻrta qatlam ham qiyinchilikda yashayapti. Bu turishda hali ancha shu asnoda yashaymiz. Yana bir bor taʼkidlayman bu mani shaxsiy fikrim.
Javob berishFikrlar 19
Qaysi davlat bilan yaqin aloqalar qilish davlatni rivojlantirishi bu kuchli diplomatiyaga bogʻliq. Man bu davlat bilan yaqin aloqalar qilish kerak, bunisi bilan esa yoʻq deya olmayman. Chunki hech qaysi davlat yoʻqki oʻz foydasini koʻzlamasa. Man AQSHni yo Angliyani yoki Rossiyani tarafdori emasman, mustaqil Oʻzbekistonni bir fuqarosiman, ishonch bilan bir narsa aytish mumkinki, Rossiya bu yonimizdagi davlat zero oʻzbek xalq maqollarida “uzoqdagi bugʻdoydan yaqindagi somon yaxshi” deyilgan.
Javob berishFikrlar 19
Kishan kiyma, boʻyin egma Ki sen har hur tugʻilgʻonsen!
Javob berishFikrlar 19
Rossiya bilan birga bolgan bironta davlat yoqki rivojlanib zor bopketgan.Qaytaga angliya yoki amerika bilan yaqin bolgan davlatlar juda rivojlanib ketdi bunga misollar juda kop.
Javob berishFikrlar 19
Rossiyaga ham, Gʻarbga ham, Amerikaga ham qaram boʻlishga qarshiman. U kim boʻlmasin bizdan ustun emas, biz ham ulardan ustun emasmiz, shunday ekan hamma bilan teng aloqalar oʻrnatib Islom Karimov olib borgan mustaqillik siyosatini olib borish tarafdoriman.
Javob berishFikrlar 19
Mustaqillik – eng oliy neʼmat! Men prezident Shavkat Mirziyoyevning tanlagan yoʻlini toʻliq qoʻllab-quvvatlayman.
Javob berishFikrlar 19
Vaqt koʻrsatadi
Javob berishМени давлатнинг ички хоинларига қарши кураш гуруҳига раҳбар қилишса эди, мен учун на оилани, на бойликни қизиғи бўларди, давлатимиз ичидаги хоинларни халқимиз келажаги учун ортга қадам босмасдан шижоат билан қириб тозалаб қўярдим ин ша Оллоҳ
Javob berishСўнг порахўрларни, сўнг....
Буларни умрим тугагунча қирардим Аллоҳ ёрдамида
Fikrlar 19
Barakalla!!!!
Javob berishFikrlar 19
Oʻzbekiston Rossiya bilan 1863 yildan beri yashab kelmoqda, ammo nima muvaffaqiyatga erishganimizga qaraylik. Bu yillar davomida nimalarga erishdik? Hech narsaga. Bir joyda depsinib turdik. Buyogʻiga Rossiyadan hech qanday yaxshilik kutmaymiz !!! Biz hech boʻlmaganda Turkiyadagidek oʻz iqtisodiy va siyosiy rivojlanish yoʻlimizni topishimiz kerak! Rossiya 157 yil davomida Oʻzbekistonning rivojlanishi uchun tuzukroq ish qilmadi, aksincha oltin va boyliklarimizni oʻgʻirladi! Rivojlanishimiz uchun hech nima qilgani yoʻq!!!
Javob berishKeling, zoʻravonlik davrini emas, taraqqiyotni oʻylaylik. Zolimlarning yagona maqsadi – mamlakatni talash. Keling, endi diplomatik aloqalar haqida oʻylab koʻraylik. Xalq oʻz tanlagan yoʻlida qatʼiyat bilan tursa, uni kim ham adashtira oladi? Islohotlar, xalqaro shartnomalar odamlar hayotini yaxshilashi va yengillashtirishi kerak.
Javob berishFikrlar 19
Mirziyoyev aynan shunday deganini hech kim eshitmagan.
Javob berishFikrlar 19
Karimov ham Katta ogʻadan mustaqil boʻlishni istadi va qariyb 30 yilda bunga erishdi. Nimaning evaziga? Millionlab oʻzbeklar ish izlab mamlakatni tark etishga majbur boʻldi. Mirziyoyev Karimov rejimini qoralamas ekan, demokratik va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmas ekan, Yevropa bizni qoʻllab-quvvatlamaydi, Karimov davrida boʻlganidek: “och, lekin hammadan mustaqil” boʻlib oʻtiraveramiz, deb qoʻrqaman. Chegaradosh boʻlmaganimiz uchun Oʻzbekiston Rossiya taʼsiridan osonlikcha xalos boʻla oladi, deb oʻylash xato. Bu kulgili. Biz demokratik va rivojlangan davlatlar bilan ham chegaradosh emasmiz va ularning ham bu yerda taʼsiri kam. Va nihoyat, Oʻzbekiston hozircha [Rossiya taklif qilgan] atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasini rasman rad etgani yoʻq. Shunday ekan, Moskvaning qoʻllari hali ham Toshkentda.
Javob berishFikrlar 19
Josuslarni qolganlarini xam aniqlab qatiy jazo berish kerak. Dxxni xam yanada islox qilish kerak. Bizga Ruslar kerak emas.yetar shuncha rus uchun xalqimizning chekkan jabru-sitamlari. Ozimiz, ozligimiz uchun yashaydigan vaqtlar keldi.
Javob berishBiratoʻla Rossiyadan ham oʻz odamlaringizni olib ketinglar
Javob berishFikrlar 19
Iqtisodiy mustaqilliksiz davlat siyosiy mustaqil bo'la olmaydi. O'zbekiston- kelajagi buyuk davlat.
Javob berishOrtiqxoʻjaga (Jahongir Ortiqxoʻjayev demoqchi) oʻxshagan vallomatlar narxni arzon qilib berish kerak, birgina u emas, hamma ishlab chiqaruvchilar xalq uchun narxlarni arzonlashtirishi kerak, xalq topgan pulini yashash uchun ishlataverishi kerak emas, topgan puli zaruratlaridan oshishi kerak, hozir zaruratga yetmayapti pulimiz, eshshak kalla tepada oʻtirganlar. Chala xomashyo, tayyor xomashyo va ikkilamchi xomawsholarga rastamojkani ochish kerak, itdan tarqagan oʻrisning qullari poshsho aytgan va chiqargan qarorlarini joylarda amalga oshirishmayapti, pul undiradigan qarorlarni hali tasdiqlanmasdan amalga joriy qilishyapti va natijada poshsho siyosatini xallqa buzib koʻrsatib xalqni podshodan norozi qilib qoyishyapti. Xalqni poshshoga qarshi qayrashyapti, poshsho buni bilyaptimi-bilmayaptimi bundan bexabarman, lekin tinchlik boʻp tursin, bu haromi muttahamlar xalqni ichidan nafrat uygotish uchun jiddu jahd bilan harakat qilishmoqda, ertaga qarshizdan chiqib qolsachi, qachongacha baliqqa oʻxshab jim yuramiz? Aytaylik, dangal toʻplanaylik, bu razolat qachongacha deb. Bir rasvo chiqsa, bilingki doʻstlarim HAQIQIY DUSHMANIMIZ OSHADIR.
Politsiya chaqirib oʻtirmasdan osib oʻldirsa ham boʻlaveradi ularni, chunki ular xoin, iflos, nonkoʻrlardir.
Xullas, doʻstlarim ogoh boʻlaylik, ziyrak boʻlaylik, kim nima desa haa poshsho oʻzi shunaqa ekanda deb ketmaylik, poshsho tarafdorlaridan antiposhsho rusparast qulvachchalar koʻproq. Eh, qaniydi poshshoni qoʻlida ishlaydigan odam boʻlganimda,
Javob berishFikrlar 19
Toʻgʻri yoʻlimizdan adashmasligimiz lozim
Javob berishFikrlar 19
Oʻzbekistonning YOIIga qoʻshilmasligini ochiqchasiga aytish bilan, Mirziyoyev oyoqlarini Putinning yuziga artib tashladi.
Javob berishFikrlar 19