Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozogʻistonda Rossiyadan qurol-yarogʻ kontrabanda qilishda gumonlanganlar qoʻlga olindi

Aydar Ashimov

Suratda: Kontrabanda yoʻli bilan Rossiyadan Qozogʻistonga olib kirilgan va KNB tomonidan qoʻlga olingan oʻqotar qurollar, Oqmola viloyati, 27-fevral. [KNB]

Suratda: Kontrabanda yoʻli bilan Rossiyadan Qozogʻistonga olib kirilgan va KNB tomonidan qoʻlga olingan oʻqotar qurollar, Oqmola viloyati, 27-fevral. [KNB]

NUR-SULTON – 5-mart kuni Qozogʻiston milliy xavfsizlik qoʻmitasi (KNB) jinoiy guruhga aʼzolikda gumonlangan bir nechta shaxs hibsga olinganini maʼlum qildi. Ular Rossiyadan Qozogʻistonga qurol-yarogʻ kontrabanda qilishga uringanlikda ayblanmoqda.

Ushbu hibslar oʻqotar qurollarning terrorchilar qoʻliga tushib qolishining oldini olish maqsadida Qozogʻiston hukumati tomonidan olib borilayotgan choralar doirasida amalga oshirilgan.

27-fevral kuni KNB va maxsus kuchlar tomonidan Oqmola viloyatida oʻtkazilgan reyd davomida xalqaro jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olindi, deyiladi KNBning elektron pochta orqali yuborilgan bayonotida.

Operatsiya chogʻida kontrabandachi gumondorlardan Rossiyada ishlab chiqarilgan 11 ta Makarov toʻpponchasi va 1300 donadan ortiq oʻq-dori musodara qilingan. Tergov davom etmoqda.

Rossiyadan Qozogʻistonga qurol-yarogʻ kontrabanda qilishda gumonlanib qoʻlga olingan transmilliy jinoiy guruh aʼzosi xavfsizlik xizmati xodimlari kuzatuvida olib ketilmoqda. Oqmola viloyati, 27-fevral. [KNB]

Rossiyadan Qozogʻistonga qurol-yarogʻ kontrabanda qilishda gumonlanib qoʻlga olingan transmilliy jinoiy guruh aʼzosi xavfsizlik xizmati xodimlari kuzatuvida olib ketilmoqda. Oqmola viloyati, 27-fevral. [KNB]

Suratda: Oʻtgan yil iyun oyida Olmaota viloyatidagi jinoiy guruhdan musodara qilingan qurollar.

Suratda: Oʻtgan yil iyun oyida Olmaota viloyatidagi jinoiy guruhdan musodara qilingan qurollar.

KNB videolavhasida hibsga olinganlardan uch nafari koʻrsatilgan boʻlsa-da, jami nechta shaxs hibsga olingani haqida maʼlumot berilmagan. Gumondorlarga 15 yilgacha qamoq jazosi xavf solmoqda.

“Kriminal qurollar oldi-sotdisiga urinish bilan bogʻliq holatlarni aniqlash boʻyicha operativ ishlar davom etmoqda”, dedi Turkiston viloyati politsiya boshqarmasining ismini oshkor qilmaslikni soʻragan xodimi.

Huquq-tartibot organlari bunday maʼlumotlarni oʻz kanallari orqali – masalan, informatorlardan ham olishi mumkin, deb tushuntirdi u.

Musodara qilingan har bir qurol – kichik gʻalaba

“Har bir nolegal qurol qachondir biror jinoyat sodir etish yoki undan ham yomoni, terrorchilik harakatini amalga oshirishda qoʻllanishi mumkin. Shunday ekan, musodara qilingan har bir noqonuniy qurol – kichik gʻalaba va qon toʻkilishining oldini olishdir”, deydi huquq-tartibot xodimi.

Qozogʻiston huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek, terrorchilik fitnalarini fosh etishda ham muvaffaqiyat qozongan.

2020-yil boshidan beri Qozogʻiston xavfsizlik idoralari ikki teraktning oldini oldi.

Huquq-tartibot organlari bot-bot noqonuniy qurol oldi-sotdisi orqali moʻmay pul ishlab olishni maqsad qilgan shaxslar qoʻlga olingani haqida xabar berib turadi.

24-fevral kuni KNB Olmaota shahri va Oqmola viloyatida yashovchi 10 nafar shaxs turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingani haqida xabar berdi.

Oʻtgan yil iyun oyida bu ayblanuvchilardan 3 ta Kalashnikov avtomati, 3 ta granatamyot, ikkita jangovar granata, 14 toʻpponcha va 1700 dona oʻq-dori olib qoʻyilgan.

Qozogʻistonda har yili politsiya aholidan noqonuniy qurollarni sotib olish aksiyasini oʻtkazadi. Aksiya doirasida pul mukofoti evaziga oʻz ixtiyori bilan qurolini topshirgan fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ular yashil muloyim gomik-odamchalarning rejalarini barbod qilishdi. (Putinning “yashil odamchalari”)

Javob berish