Karvonsaroy
Biznes

Qozogʻiston-Rossiya chegarasida oziq-ovqat xavfsizligini tekshirish kuchaytirildi

Karvonsaroy

Tarazdagi doʻkon, 2019-yilning may oyi. Qozogʻiston Rossiyada yetishtirilgan meva-sabzavotlarga nisbatan fitosanitariya qoidalarni qatʼiylashtirdi. (Aydar Ashimov)

Tarazdagi doʻkon, 2019-yilning may oyi. Qozogʻiston Rossiyada yetishtirilgan meva-sabzavotlarga nisbatan fitosanitariya qoidalarni qatʼiylashtirdi. (Aydar Ashimov)

NUR-SULTON – Rossiyadan Qozogʻistonga olib kelinayotgan meva-sabzavotlar koʻp hollarda Qozogʻistonning oziq-ovqat boʻyicha xavfsizlik talablariga javob bermayapti, deb xabar bergan dushanba (9-mart) kuni AKIpress nashri Qozogʻiston qishloq xoʻjalik vazirligiga asoslanib.

Vazirlikka koʻra, yil boshidan beri Qozogʻiston hukumati Rossiyada yetishtirilgan va Qozogʻistonga yuborilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tekshirgan va fitosanitariya qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq 293 ta holatni aniqlagan.

Rossiyada yetishtirilgan meva-sabzavotlarga nisbatan qatʼiyroq tekshiruvlar 2019-yildan beri oʻtkazib kelinmoqda va koronavirus bilan bogʻliq emas, deb qoʻshimcha qilgan vazirlik. Amaliyotdan maqsad, qishloq xoʻjalik zararkunandalarining kirib kelishiga qarshi kurashdir.

Vazirlikka koʻra, “import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan bogʻliq qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida Rossiya bilan chegara hududlarida 23 ta fitosanitariya nazorat-oʻtkazish punktlari tashkil etilgan”.

Qoidabuzarlarga umumiy hisobda 10 million tenge (26100 AQSh dollari) jarima solingan, deb qoʻshimcha qilgan vazirlik.

Rossiya proteksionizmiga oid xavotirlar

Bu yangilik Qozogʻiston oʻz iqtisodiyotiga ziyon keltirayotgan Kreml siyosatini jilovlagani haqidagi xabarlar ortidan paydo boʻlgan.

2020-yil boshida Qozogʻiston Rossiya yetakchiligidagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YOII) adolatsiz choralari va Rossiya siyosatiga javoban proteksionizm choralarini qoʻllash haqida eʼlon qilgan edi.

YOII Rossiya kompaniyalarining Qozogʻiston bozorini egallashiga yoʻl ochib berib, Qozogʻiston kompaniyalarining Rossiyadagi faoliyatiga toʻsqinlik qiladi, deb taʼkidlagan qozogʻistonlik iqtisodchilar va biznes yetakchilari.

Nur-Sultonning yangi savdo konsepsiyasi “boshqa davlatlarning ichki bozorlarni himoya qilishga oid tajribasi”ni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

Bu qatʼiyat Rossiyaning adovatli hatti-harakatlariga nisbatan ochiq javobdir, deydi kuzatuvchilar.

Rossiya “raqobatchilarni yoʻq qilish” uchun nobozor mexanizmlar va nazorat organlarini ishga solmoqda, deydi u.

Olmaotalik iqtisodiy tahlilchi Denis Krivosheyev YOII doirasidagi tajovuzkor harakatlarga nisbatan Qozogʻistonning “javob” choralari qoʻllash siyosatini yoqlamoqda.

“Biz koʻp hollarda proteksionistik siyosat qanday shakllantirilishini anglamay, ancha vaqt orqaga chekinib keldik”, dedi u.

“Ichki toʻsiqlar va cheklovlarni bartaraf etib, yanada murakkab va noshaffof toʻsiqlarni hosil qilish – bu nafaqat isteʼmolchi, balki ishlab chiqaruvchi ham gʻalaba qozonishi kerak boʻlgan haqiqiy savdo urushidir”, deya qoʻshimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 6

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya haddidan oshyapti, onasini emsin

Javob berish

Qozogʻistonlik iqtisodchilar emish... bu kulgili... Axir, mamlakatda iqtisodchilar bormi? Bu shunchaki aldoqchilik va buni anglash uchun oʻta aqlli boʻlish shart emas, laqmalarim. Ай-яй,уят типти айтуга. Talab shu - bu laʼnati ittifoqni shoshilinch ravishda tark etish kerak! есин барда-шык! Talab qilamiz! Talab qilamiz! Mamlakat butunlay vayron boʻlishidan oldin bunday ittifoqdan chiqish kerak...

Javob berish

Toʻrtinchi Reyxni tuzish kerak :)))

Javob berish

Bolalar, totuvlikda yashaylik!

Javob berish

Albatta, barcha qozogʻistonliklar oʻz mahsulotlarimizni isteʼmol qilish tarafdori; davlatimizga ishonamiz. Yerlarimiz bepoyon; qishloq xoʻjaligi va yilqichilikni rivojlantirishimiz kerak. Bugʻdoy bilan juda koʻp davlatlarni taʼminlashimiz mumkin.

Javob berish

Men oxirgi yozganlaringizga qoʻshilmayman; biz oʻzimizni taʼminlashimiz kerak. Har kuni 30 tonna bugʻdoy, makkajoʻxori va boshqalar ortilgan oʻnlab yuk mashinalari Uralskka kirib boradi. Uralsk esa shundoq ham MAMLAKAT qishloq xoʻjalik tizimining eng rivojlangan hududlaridan biri.

Javob berish