Karvonsaroy
Salomatlik

Xitoy koronavirus pandemiyasidagi rolini yashirish maqsadida fitna tarqatmoqda

Karvonsaroy va AFP

Xitoydan kelib chiqqan koronavirus pandemiyasining tarqalishini kamaytirish maqsadida mart oyi oʻrtalarida Tehron koʻchalariga dori sepayotgan ishchi. (Asgʻar Hamse/IRNA)

Xitoydan kelib chiqqan koronavirus pandemiyasining tarqalishini kamaytirish maqsadida mart oyi oʻrtalarida Tehron koʻchalariga dori sepayotgan ishchi. (Asgʻar Hamse/IRNA)

Xitoy koronavirus pandemiyasining dunyo boʻylab tarqalishidagi roliga nisbatan tanqidlarga qarshi kurashar ekan, virusning kelib chiqishi haqida fitna nazariyalarini ilgari surmoqda.

Bu fitna nazariyalari oddiy fuqarolar tomоnidan emas, balki Xitoy hukumatidagi yuqori mansabdor shaxslar tomonidan tarqatilmoqda.

Global pandemiyadagi “nolinchi bemor” 2019-yil oxirida ilk holatlar qayd etilgan Xitoyning Uxan shahridan emas, balki Qoʻshma Shtatlardan kelgan boʻlishi mumkin, deb yozgan xitoy va ingliz tilida Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan oʻz tvitterida.

“Uxanga epidemiyani AQSH armiyasi olib kelgan boʻlishi mumkin. Shaffof boʻling! Maʼlumotlarni ochiqlang! AQSH bizga tushuntirish berishi kerak”, deb yozgan ijtimoiy tarmoqlardagi provokatsion bayonotlari bilan tanilgan Chjao oʻzining Twitter sahifasida.

Chjaoning igʻvoli tvitlaridan keyin 13-mart kuni Qoʻshma Shtatlar Xitoy elchisini chaqirib, uning daʼvolarini “bemaʼni” deb atagan, deb xabar beradi AQSH davlat departamenti.

Davlat departamenti rasmiylarining soʻzlariga koʻra, “Xitoy global pandemiya tarqalishidagi roliga nisbatan tanqidni qaytarishga urinmoqda va buni dunyodan yashirmoqda”.

“Fitna nazariyalarini tarqatish xavfli va bemaʼni. Biz xitoyliklar va butun dunyo tinchligi uchun bunga yoʻl qoʻymasligimiz haqida hukumatni xabardor qildik”, dedi rasmiy.

Olimlarning taʼkidlashicha, pandemiya noyob hayvonlar ozuqa sifatida sotiladigan Uxandagi bozordan tarqagan.

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda pandemiya sababli favqulodda vaziyat eʼlon qilar ekan, Xitoyning fitnasini rad etdi.

“Ular uning qayerdan tarqaganini bilishadi. Biz hammamiz uning qayerdan kelganini bilamiz”, deb aytgan Tramp.

Dezinformatsiya tarqatish taktikasi davlat Kommunistik partiyasi uchun yangilik emas. Qoʻshma Shtatlar tez-tez Xitoy tashviqot choralarini fosh etib turadi.

Shiddatli fitna nazariyalari

Yangi koronavirusning dunyo boʻylab kuchli taʼsiri natijasida 5300 ta oʻlim holati va 140 mingdan ortiq kasallanganlar qayd etilishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda fitna nazariyalari ham keng tarqala boshladi.

Oʻtgan oy ijtimoiy tarmoqlardagi Rossiyaga aloqador minglab akkauntlar koronavirus haqida fitna nazariyalarini tarqatish maqsadida muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlar olib borgani aniqlangan. Ularning iddaosiga koʻra, COVID-19 tarqalishi ortida Qoʻshma Shtatlar turgani taxmin qilingan.

Twitter, Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi soxta akkauntlar Rossiyaning bu nazariyasini turli tillarda tarqatishda davom etmoqda. AFP AQSH rasmiylariga Rossiya dezinformatsiyasiga qarshi kurashish vazifasi yuklatilgani haqida xabar bergan.

Shu bilan birga, Eron rejimining jamoatchilikka aniq maʼlumotlarni yetkazishda shaffof emasligi xalqaro maydondagi xavotirni kuchaytirgan, ayni vaqtda mamlakatda koronavirusning nazoratsiz tarqalishi unga qoʻshni va boshqa davlatlarga tahdid solmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Virusning yaratilishida Xitoy va boshqa davlatning emas, balki AQSHning qoʻli bor deb oʻylayman. AQSH 1948-yildan beri patogenlarni ishlab chiqarishni boshlagan.

Javob berish

Eron AQSHdan sanksiyalarni vaqtincha bekor qilishni soʻradi. AQSH esa bosh tortdi. Bundan shuni tushunish mumkinki, AQSHga bu virus kerak.

Javob berish

Menimcha bunga faqat Xitoy va xitoyliklar ayblor, chunki ular qimirlagan narsa borki hammasini yeydi

Javob berish