Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Qozoq teleoperatori Rossiya kanallarini oʻchirdi, tomoshabinlar bu qarorni olqishlamoqda

Kanat Altinbayev

Kremlning soxta axborot kampaniyalari tufayli soʻnggi yillarda Markaziy Osiyoda “Birinchi kanal” kabi Rossiya telekanallarining mashhurligi keskin tushib ketgan. [“Birinchi kanal”]

Kremlning soxta axborot kampaniyalari tufayli soʻnggi yillarda Markaziy Osiyoda “Birinchi kanal” kabi Rossiya telekanallarining mashhurligi keskin tushib ketgan. [“Birinchi kanal”]

OLMAOTA – Mamlakatning eng yirik kabelli televideniye kompaniyasi boʻlgan “Almatel Qozogʻiston” narxlarning oshib ketgani sababli Birinchi kanal va Rossiyaning boshqa telekanallari retranslyatsiyasini toʻxtatdi.

Qozogʻistonliklarning koʻpchiligi bu qarorni olqishlagan.

“Alma TV” brendi ostida ishlaydigan “Almatel Qozogʻiston” kompaniyasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, kanallarning olib tashlanishiga narxlarning asossiz ravishda koʻtarilgani sabab boʻlgan.

Forbes.kz onlayn nashriga koʻra, “Raqamli TV oilasi”ning (“Sifrovoye telesemeystvo”) retranslyatsiya narxlari bir necha yil davomida faqat oshib borayotgan edi, deb bayonot bergan “Alma TV”.

Suratda: “Alma TV” kompaniyasining mijozlarga xizmat koʻrsatish ofisi, 12-mart, Olmaota. Pulli televideniye bozorida yirik oʻyinchi boʻlgan “Alma TV” Birinchi kanal va boshqa Rossiya kanallarining namoyishini toʻxtatdi. [Kanat Altinbayev]

Suratda: “Alma TV” kompaniyasining mijozlarga xizmat koʻrsatish ofisi, 12-mart, Olmaota. Pulli televideniye bozorida yirik oʻyinchi boʻlgan “Alma TV” Birinchi kanal va boshqa Rossiya kanallarining namoyishini toʻxtatdi. [Kanat Altinbayev]

“2020-yilgi hamkorlik uchun narx huquq egasi/distribyutori tomonidan hech qanday asoslarsiz, avtomatik ravishda belgilangan”, deyiladi xabarda.

“Alma TV” Rossiya telekanallariga oʻtgan yilgi shartlarini saqlab qolish iltimosi bilan murojaat qilganini, ammo ijobiy javob olmaganini bildirdi.

“Retranslyatsiya huquqi narxining oshishi koʻrsatiladigan televizion xizmatlar narxiga bevosita taʼsir qiladi va bu yakuniy mijozga ziyon keltiradi. Kompaniya bunga yoʻl qoʻya olmaydi”, deyiladi “Alma TV” bayonotida.

“Tashviqotdan boshqa narsa emas”

Rossiya kanallari koʻpchilik tarafidan Kremlning jarchilari sifatida talqin qilinadi.

Rossiya ommaviy axborot vositalarining qozoq auditoriyasiga nisbatan oʻta kuchli taʼsiri axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan koʻngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin, deydi Qozogʻiston jurnalistlar ittifoqi raisi, olmaotalik Seytqazi Matayev .

“Rossiya kanallari Qozogʻistonda Kremlning qarashlarini targʻib qiladi, bu har doim ham Qozogʻiston manfaatlariga mos kelmaydi”, dedi u.

Ijtimoiy tarmoqlardagi qozogʻistonliklar Rossiya kanallarining televizorlardan gʻoyib boʻlishidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Forbes nashrining Facebook sahifasida chop etilgan bu yangilikka munosabat bildirganlarning deyarli barchasi Rossiya kanallarining oʻchirilishini olqishlagan.

“Rossiya kanallarini koʻrmaganman, koʻrmayman va koʻrmoqchi ham emasman. Faqat yolgʻon, adovat, xusumat va nafrat urugʻini sochishadi”, deb yozadi Aidyn Ken.

“Eng toʻgʻri qaror! Qozogʻiston Respublikasi hududida “Rossiya24”ni ham oʻchirish kerak”, deb yozgan boshqa bir foydalanuvchi Jandos Temirgali.

“Barakalla! Hamma Rossiya kanallarini oʻchirish kerak. Ular tashviqotdan boshqa narsa emas”, deydi Aymurat Kojakov ismli foydalanuvchi.

Oʻtgan oyda Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari dunyo boʻylab koronavirusning tarqalish sabablari haqida aksilgʻarb xabarlarni yoyinlashda ayblangan, ijtimoiy tarmoqlardagi Kremlga aloqador akkauntlar keyingi kunlar va haftalar davomida bu xabarlarni tarqatishda davom etgandi.

Rossiya OAVga ishonsizlik

Rossiya OAVga ishonchsizlik borasida qozogʻistonliklar yolgʻiz emas.

Karvonsaroy tomonidan 2018-yilda oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra, Markaziy Osiyo aholisining deyarli yarmi “Sputnik” va RT kabi Rossiya OAVga ishonmasligi maʼlum boʻlgan .

2018-yilning aprel oyi davomida olib borilgan “Sputnik va RT kabi Rossiya OAVga ishonasizmi?” deb nomlangan Karvonsaroy soʻrovnomasida 758 kishi ishtirok etgan.

Oʻquvchilar orasida 264 kishi (34%) “ha”, 377 tasi (48%) “yoʻq”, 63 nafari (8%) “mavzuga bogʻliq” va 58 oʻquvchi (7%) “Men RT yoki “Sputnik” haqida eshitmaganman” deb javob bergan, 23 (3%) odam “bilmayman” degan javobni tanlagan.

Asosiy javoblar – 51% Qozogʻistondan, 17% Oʻzbekistondan, 8% Qirgʻizistondan, 4% Tojikistondan va qolgan 20% Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlardagi turli proksi-serverlardan olingan.

Oʻtgan yil iyul oyida Londonda OAV erkinligiga bagʻishlangan global konferentsiyada Rossiyaning RT va Sputnik axborot agentliklarining ishtiroki taqiqlangan edi , bunga ularning “faol ravishda dezinformatsiya tarqatgani” sabab boʻlgan, deb xabar bergan edi oʻsha vaqtda Britaniya tashqi ishlar vazirligi.

Kanada bilan hamkorlikda tashkil etilgan yigʻilishda 60 ta vazir, 1000 nafar jurnalist va fuqarolik jamiyati aʼzolari ishtirok etganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 7

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qozoq tilida soʻzlashmaydigan aholining koʻchib ketishi boshlanadi

Javob berish

RT nimaligini bilmaydigan abonentlar uchun kichik bir eslatma. Kanal Rossiyaparast ekanligini hech qachon yashirmagan. Ularning veb-saytidan iqtibos: “RT – bu jahon yangiliklarini Rossiya nigohi bilan yoritadigan, 24/7 rejimida ishlovchi ingliz tilidagi birinchi Rossiya yangiliklar kanalidir.” Uni xushlamaydganlar CNN va BBCga oʻtishlari mumkin.

Javob berish

Har kim NIMANI va QACHON tomosha qilishni MUSTAQIL ravishda hal qilish huquqiga ega. Bizning oilamizda hamma kanallar, ingliz tilidagilardan tortib mahalliy va rus kanallarigacha koʻriladi! “Dushmanlik va hokazolar” haqidagi shaxsiy fikrlaringizni boshqalarga majburlab oʻtkazishga urinmang. Men Qozogʻistonda tugʻilib oʻsganman, millatim rus. Oʻz vatanimni yaxshi koʻraman va bu yerda oʻz xohishim bilan yashayman, “chet elga surish” niyatim yoʻq. Qozogʻiston yangiliklar dasturlarini boshqa dasturlar qatori tomosha qilaman. Shunday ekan, bu masalada pashshadan fil yasashga urinmang. Alma TV abonentlari, Ostona.

Javob berish

Sharhlarida qandaydir bemaʼni narsalarni yozyapsiz, kanal yoqmasa, boshqasiga oling, nima muammo? Koʻrishga majbur emassiz-ku. Ammo biznikilar yoqtirganidek, hammani oʻz qarichingiz bilan oʻlchamang (!). Soʻrovnoma qaysi AlmaTV foydalanuvchilari orasida oʻtkazilgani tushunarsiz, biz uchun bu qorongʻu!

Javob berish

Rossiyaliklarning oʻzi ham televizor koʻrmaydi, ular Putinning tashviqotidan charchagan, ular koʻproq internetda oʻtiradi.

Javob berish

Rossiya ochkoʻzligi sababli yaqin orada Markaziy Osiyodagi taʼsirini yoʻqotadi yoki oʻz kanallarini tekinga translyatsiya qiladi. Rossiya Markaziy Osiyoda oʻz kanallarini efirga uzatishdan eng avvalo oʻzi manfaatdor!!!

Javob berish

Jirkanch tuhmatlaring uchun senlarni yopib qoʻyishadi.

Javob berish