Karvonsaroy
Salomatlik

AQSH koronavirus tarqalishini toʻxtatish uchun Markaziy Osiyoga himoya vositalarini hadya qildi

Karvonsaroy

USAID Qirgʻiziston Sogʻliqni saqlash vazirligiga shaxsiy himoya vositalarini topshirdi. 11-mart kuni Bishkekda rasmiylardan biri himoya vositasini kiymoqda. [AQSHning Qirgʻizistondagi elchixonasi]

USAID Qirgʻiziston Sogʻliqni saqlash vazirligiga shaxsiy himoya vositalarini topshirdi. 11-mart kuni Bishkekda rasmiylardan biri himoya vositasini kiymoqda. [AQSHning Qirgʻizistondagi elchixonasi]

Qoʻshma Shtatlar tibbiyot xodimlari uchun qoʻlqop va niqoblar kabi shaxsiy himoya vositalarini xayriya qilish orqali Markaziy Osiyo davlatlarining yangi koronavirus (COVID-19) tarqalishiga qarshi hozirlik koʻrishiga koʻmaklashmoqda.

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) koronavirus bilan kasallangan yoki uning tarqalish xavfi ostida boʻlgan mamlakatlarga yuqumli kasalliklar boʻyicha Favqulodda zahira fondidan qoʻshimcha mablagʻ ajratdi.

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi seshanba (17-mart) kuni Oʻzbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga ikkinchi xayriya yordami sifatida shaxsiy himoya vositalarini topshirdi.

AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblyum mamlakatning tayyorgarlik holatini yuqori baholadi. USAID kelgusida ham COVID-19 holatlariga tayyorlanish va tegishli chora koʻrishda Oʻzbekistonni qoʻllab-quvvatlaydi va unga koʻmak beradi, dedi u.

Begʻaraz yordam sifatida yetkazib berilgan shaxsiy himoya vositalari Qirgʻizistonda COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashga tayyorgarlik maqsadida Qoʻshma Shtatlar tomonidan koʻrsatilgan barvaqt yordamning bir qismidir. [Qirgʻizistondagi AQSH elchixonasi]

Begʻaraz yordam sifatida yetkazib berilgan shaxsiy himoya vositalari Qirgʻizistonda COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashga tayyorgarlik maqsadida Qoʻshma Shtatlar tomonidan koʻrsatilgan barvaqt yordamning bir qismidir. [Qirgʻizistondagi AQSH elchixonasi]

12-mart kuni Dushanbeda oʻtgan marosimda Tojikiston sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi shaxsiy himoya vositalarini qabul qilib oldi. [AQSHning Tojikistondagi elchixonasi]

12-mart kuni Dushanbeda oʻtgan marosimda Tojikiston sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi shaxsiy himoya vositalarini qabul qilib oldi. [AQSHning Tojikistondagi elchixonasi]

“Yangi koronavirus – global sogʻliqni saqlash tizimiga tahdid solayotgan kasallik boʻlib, uni faqatgina hukumatlar va xalqaro tashkilotlarning yaqin hamkorligi bilan bartaraf etish mumkin”, deb aytgan elchi Rozenblyum veb-saytdagi bayonotga koʻra. “AQSH hukumati ushbu global epidemiyaga tayyorgarlik va javob choralarini qoʻllab-quvvatlash yoʻlida oʻzbekistonlik hamkorlar bilan yaqindan ishlamoqda.”

USAID taqdim etgan shaxsiy himoya vositalari 10000 ta qoʻlqop, 10200 ta niqob, 1400 ta maxsus xalat va 200 ta koʻzoynakdan iborat. Ushbu uskunalar mamlakatning yirik shaharlariga tarqatiladi.

Bayonotga koʻra, “sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyati nomidan koronavirus infeksiyasiga qarshi tayyorgarlik va javob choralarini koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasiga koʻrsatgan yordami uchun Amerika Qoʻshma Shtatlariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz”, deb aytgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori va mamlakat bosh sanitar vrachi Bahrom Almatov.

“Fuqarolar salomatligi va farovonligini oshirish borasidagi yaqin hamkorligimiz biz uchun qadrli”, dedi u.

Shaxsiy himoya vositalari Oʻzbekistonda tibbiyot xodimlariga mamlakatda COVID-19 bilan zararlangan bemorlarni davolash uchun tez va xavfsiz chora koʻrishga imkon beradi. Ular ilgʻor tibbiyot xodimlari uchun infeksiya xavfini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.

Bu orada 17-mart kuni Nur-Sultonda AQSHning Qozogʻistondagi elchixonasi Shahar shoshilinch tibbiy yordam markaziga 10 mingta tibbiy qoʻlqop, 10 ming dona niqob, 1400 ta himoya xalati va 200 ta himoya koʻzoynagini taqdim etgan.

AQSHning Tojikistonga yordami

Qoʻshma Shtatlar Tojikistonga ham xuddi shunday yordam taqdim etgan.

USAIDning Tojikistondagi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Katerin Ouens va Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) mamlakatdagi idorasi rahbari, doktor Galina Perfileva 12-mart kuni Dushanbeda boʻlib oʻtgan marosimda Tojikiston sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga shaxsiy himoya vositalarini topshirdi.

USAIDning Tojikistonga taqdim etgan shaxsiy himoya vositalari 12000 ta jarrohlik niqobi, 10000 ta jarrohlik qoʻlqopi, 1400 ta maxsus xalat va 400 ta koʻzoynakdan iborat. Ular mamlakatdagi viloyat markazlari va shaharlarga tarqatiladi.

“Ushbu vositalar va yordam mablagʻi sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan hamkorligimizning muhim davomi hisoblanadi. Biz sogʻliqni saqlash tizimidagi ushbu global muammoga qarshi birgalikda kurashishga tayyorlanmoqdamiz. Biz Tojikistonning COVID-19 virusiga qarshi kurash choralarini qoʻllab-quvvatlaymiz”, deb aytgan Ouens AQSH elchixonasi saytidagi bayonotda.

“Ushbu muhim vositalar karantindagi bemorlar bilan ishlaydigan sogʻliqni saqlash xodimlari va tibbiy mutaxassislarni himoya qiladi, qoʻshimcha mablagʻlar esa Tojikiston hukumatining COVID-19 kasalligining oldini olish va aniqlash choralari uchun yoʻnaltiriladi”, deb qoʻshimcha qildi u.

“Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi Tojikistonda COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda va Amerika xalqining USAID orqali oʻz vaqtida taqdim etilgan saxovatli yordamini yuqori baholaydi”, dedi vazir oʻrinbosari Mirhamuddin Kamolzoda.

Tojikistonda hozircha COVID-19 virusiga chalinish bilan bogʻliq birorta holat tasdiqlanmagan boʻlsa-da, shaxsiy himoya vositalari tibbiyot xodimlariga Tojikistonda koronavirus bilan kasallangan har qanday bemorni davolash uchun tez va xavfsiz choralar koʻrishga imkon beradi, deyiladi bayonotda. Ushbu yordam Tojikiston sogʻliqni saqlash vazirligining iltimosiga koʻra yetkazib berilgan.

Favqulodda yordamdan tashqari, Qoʻshma Shtatlar Tojikiston hukumati bilan mamlakatda aholi salomatligini yaxshilash uchun sifatli, ilmiy asosga ega va iqtisodiy jihatdan tejamkor tibbiy xizmatlarni taqdim etish boʻyicha hamkorlik qilmoqda.

Dori vositalariga bardoshli silning tarqalishini nazoratga olish, OIV/OITS tarqalishini kamaytirish, ayollar va yosh bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish orqali ona-bola salomatligi va ovqatlanishni yaxshilash boʻyicha uzoq muddatli chora-tadbirlar shular jumlasidandir, deyiladi bayonotda.

Qirgʻizistonga taqdim etilgan jihozlar

Qirgʻiziston sogʻliq saqlash tizimi xodimlari ham USAID yordamini qabul qilib oldilar.

11-mart kuni Bishkekda USAID agentligi Qirgʻiziston respublikasi hududida COVID-19 tarqalishiga qarshi tayyorgarlik boʻyicha AQSHning barvaqt yordami doirasida mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligiga shaxsiy himoya vositalarini topshirdi.

Ushbu yordam 10 ming dona tibbiy niqob, 10 mingta qoʻlqop, 1400 ta xalat va 200 ta himoya koʻzoynagidan iborat, deyiladi AQSH elchixonasi saytida.

“Ushbu vositalar Qirgʻiziston respublikasida kasalliklarga qarshi kurash, ularni profilaktika va diagnostika qilish kabi muhim sohalarga yoʻnaltiriladi”, dedi USAID vakolatxonasi direktori Gari Linden elchixona veb-saytidagi bayonotida.

Shaxsiy himoya vositalari sogʻliqni saqlash va tez tibbiy yordam xodimlariga butun mamlakat boʻylab COVID-19 virusiga chalingan bemorlarni tezkorlik bilan aniqlash va xavfsiz davolashga imkon beradi, deyiladi bayonotda.

“Mazkur shaxsiy himoya vositalari eng ilgʻor oʻrinlarda jonbozlik koʻrsatadigan sogʻliqni saqlash xodimlari uchun juda zarur. Ular haftada yetti kun, sutkasiga 24 soat ishlaydilar. Ular mamlakatimizga kelgan odamlarni birinchi boʻlib kutib oladi”, dedi bosh vazir oʻrinbosari Oltinoy Omurbekova yordamni topshirish marosimida.

Ushbu jihozlar Qirgʻiziston hukumatining soʻroviga binoan yetkazib berildi. Chorshanba (18-mart) kuni mamlakatda COVID-19 bilan bogʻliq uchta holat tasdiqlangan.

Mamlakat sanitariya-epidemiologiya xizmati ushbu jihozlarning maqsadli tibbiy muassasalarga tarqatilishiga bosh-qosh boʻladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bizda, Rossiyada ham koʻplab maxsus vositalar, niqoblar, himoya kiyimlari va boshqalar yetishmayapti. Bizga ham joʻnating, iltimos.

Javob berish

AQSH oʻziga va ittifoqdoshlariga yordam bersin. Sen Navalniy va liberallarga kelsak, 28 yil ichida davlat uchun koʻp mehnat qilib qoʻygansanlar, qayerga qarama senlarning xizmating.

Javob berish