Karvonsaroy
Siyosat

Markaziy Osiyo Putinning hokimiyatda qolishini koʻzlovchi konstitutsiyaviy islohotlarni sergaklik bilan kuzatmoqda

Kanat Altinbayev

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Milliy yigʻinga murojaat qilish uchun sahnaga koʻtarilmoqda, 2020-yil 15-yanvar, Moskva. (Kreml)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Milliy yigʻinga murojaat qilish uchun sahnaga koʻtarilmoqda, 2020-yil 15-yanvar, Moskva. (Kreml)

OLMAOTA/BISHKEK – Rossiyada koronavirus pandemiyasi sharoitidagi konstitutsiyaviy oʻzgarishlar Markaziy Osiyoda prezident Vladimir Putin inqirozdan oʻz muddatini uzaytirish maqsadida foydalanayotgani haqidagi mish-mishlarga sabab boʻlmoqda.

16-mart kuni Rossiya konstitutsiyaviy sudi bir qator hujjatlar, jumladan Putinning avvalgi prezidentlik muddatlarini “nolga tenglashtirish”ga oid tuzatishlarni tasdiqladi, bu unga 2036-yilga qadar hokimiyat tepasida qolish imkonini beradi, deyiladi AFP xabarida.

Konstitutsiyaga koʻra, Putinning prezidentlik muddati 2024-yilda tugashi kerak edi. Uning ilk prezidentlik muddati 2000-yilda boshlangan, shuningdek, 1999-2000 va 2008-2012-yillarda u bosh vazir ham boʻlgan.

Hujjat Putinning islohotga oid qarorni imzolaganidan ikki kun oʻtib maʼqullangan. Muxolifat bu voqeani Rossiya rahbariga “umrbod prezident” boʻlib qolish uchun imkon yaratadi, deya keskin tanqid qilgan.

Moskvaning Sheremetyevo aeroportidagi niqob taqqan xavfsizlik xizmati xodimi, 18-mart. 17-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat “nazorat ostida” ekani va infeksiya tarqalishi bartaraf etilganini aytgan. 18-martdan xorijliklar uchun mamlakat chegaralari yopildi, madaniy va sport tadbirlari toʻxtatildi. (Dimitar Dilkoff/AFP)

Moskvaning Sheremetyevo aeroportidagi niqob taqqan xavfsizlik xizmati xodimi, 18-mart. 17-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat “nazorat ostida” ekani va infeksiya tarqalishi bartaraf etilganini aytgan. 18-martdan xorijliklar uchun mamlakat chegaralari yopildi, madaniy va sport tadbirlari toʻxtatildi. (Dimitar Dilkoff/AFP)

Putin hukumat tepasida qolish niyati yoʻqligini bir necha bor aytgan boʻlsa-da, 10-mart kuni birinchi fazogir ayol va deputat Valentina Tereshkova Duma majlisining soʻnggi daqiqalarida oʻzgartish masalasini muhokama kiritib, prezidentlik muddatini “nolga tenglashtirishni” taklif qilgan.

10-mart kuni Putin “agar fuqarolar taklif bilan chiqib, oʻzgarishni qabul qilsa” va “konstitutsiyaviy sud bunday oʻzgarish Bosh qonun, Konstitutsiya shartlari va tamoyillariga qarshi kelmaydi degan qarorga kelsa” kelgusi saylovlarda ishtirok etishga imkon boʻlishini aytgan.

Oʻzgarishlarni tasdiqlovchi referendum 22-aprel kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Yaqinda Moskvada joylashgan “Levada” markazi tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra, “Rossiyaliklarning 47 foizi Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar Vladimir Putin oʻz qudratini kengaytirish va 2024-yildan keyin ham hukumat tepasida qolish maqsadida amalga oshirilayotganiga ishonadi”.

“Jamoatchilik konstitutsiyaviy oʻzgarishlar bilan bogʻliq barcha harakatlar Putinni hukumatda qoldirish maqsadi bilan bogʻliq ekanidan xabardor edi”, dedi “Levada” markazi rahbari Lev Gudkov “Vedomosti” mustaqil nashriga.

Sarosimadan foydalanish

Kreml haqoratomuz tarzda oʻzining “orqa hovlisi” deb ataydigan Markaziy Osiyo mamlakatlari Putinning bu kampaniyasi uning prezidentlik hokimiyatini saqlab qolishga qaratilganiga shubha qilmayapti.

Bishkekdagi “Kyrgyz Concept” sayyohlik kompaniyasining boshqaruvchi direktori Taalay Nasirdinovning aytishicha, taklif etilayotgan oʻzgarishda nazarda tutilgan muvozanatli tizimning asosi yoʻq.

“Konstitutsiyaviy sudni Putin tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. Bu bir vaqtning oʻzida ham kulgili, ham qaygʻuli”, dedi Nasirdinov.

Ayrim qirgʻizistonliklarning ishonishicha, Kreml konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish uchun koronavirus vahimasi va undan keyingi iqtisodiy talvasadan foydalanib qolmoqchi.

Rossiyada shu paytgacha virusga chalinish bilan bogʻliq 438 ta holat qayd etilgan boʻlib, ularning aksariyati 12 milliondan ortiq aholiga ega eng yirik shahar – Moskvada aniqlangan.

Global iqtisodiy vaziyat yomonlashib borar ekan, 6-mart kuni Moskva neft narxlarining pasayishi va rublning qadrsizlanishiga olib keladigan OPEKning neft qazib olishni qisqartirish tashabbusini qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortdi.

“Putin Bosh qonunga oʻzgartirishlar kiritish va prezidentlik muddatini nolga aylantirish uchun jamoatchilikning shok holatidan foydalanishga urinmoqda”, deydi Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida yashovchi Shavkat Ismoilov.

Hukumat Rossiyada kasallikka chalinish bilan bogʻliq koʻplab holatlarni yashirayotganiga uning ishonchi komil.

“Referendumga juda oz vaqt qolganini hisobga olsak, koronavirus bilan kasallanganlar soni haqidagi rasmiy raqamlarga ishonish mumkinmi?” deb savol beradi u.

Sogʻliqni saqlash idoralari kasallik holatlarini pnevmoniya yoki nafas yoʻllarining ogʻir infeksiyasi sifatida qayd etish bilan ularni yashirmoqda, degan edi mart oyi boshida “Shifokorlar ittifoqi” nomli Rossiya mustaqil kasaba uyushmasi prezidenti Anastasiya Vasileva.

Putinni hokimiyat tepasida qoldirish harakati matbuot va fuqarolik jamiyatini boʻgʻishdan boshlandi, deydi Nur-Sultondagi “Sanj” tadqiqotlar markazi rahbari Janar Jandosova.

“Bu safar gap prezidentlik muddatini nolga tenglashtirish haqida bormoqda. Rossiyaning barcha hukumat idoralari kabi, Konstitutsiyaviy sudda ham vijdon degan narsa yoʻq. Bu mutloq degradatsiya”, deydi Jandosova.

“Rossiya xalqiga achinaman”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 31

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Putindan allaqachon murdaning hidi kelyapti )))

Javob berish

Markaziy Osiyoning Putinning hukmronligi bilan nima ishi bor? Iloyim Putinga rus xalqining baxtiga va dushmanlarga qasdma-qasd Rossiyani 100 yil boshqarish nasib etsin. Maqola muallifi fitnachi.

Javob berish

Putiningizni reytingi tushib ketdi

Javob berish

E. Rahmon va V. Putinlarga salomatlik tilayman

Javob berish

Yashasin Rahmon va Putin; Alloh ularga kuch-quvvat va salomatlik bersin

Javob berish

Biz Putin tarafdorimiz!

Javob berish

Hech boʻlmaganda chegaralarni ochishsa yaxshi boʻlardi.

Javob berish

Maqolaga pul toʻlangan, provokatsiya. Safsatani kim yozgan boʻlsa ham oynaga bir qarasin.

Javob berish

Rossiya qachon chegaralarini ochadi?

Javob berish

Biz Oʻzbekistondanmiz, ammo doim prezident Vladimir Putin tarafini olamiz

Javob berish

Odamlarni qiynamang. Koronavirus, karantin; huquqimiz va xalqimizni kuch bilan himoya qilyapmiz.

Javob berish

Birodaringning koʻzidagi choʻpni koʻryapsan-u, oʻz koʻzingdagi xodani koʻrmayapsanmi?

Javob berish

Rossiyalik emasman, lekin Putin bilan faxrlanaman. Men Qirgʻizistonda yashayman. Shunday prezidenti borligi uchun ruslarga havas qilaman. Rossiyani saqlab qolish, uni yanada qudratli va obroʻli qilishni istaydigan, oʻz yurtining chinakam vatanparvari. Vladimir Vladimirovich Putinga uzoq umr, mustahkam sogʻliq, uning ishini qadrlamagan odamlarga esa donolik tilayman. U barcha prezidentlar uchun oʻrnakdir.

Javob berish

Qoʻshilaman. Putin munosib prezident.

Javob berish

Putin k*t. Oʻzim rossiyalik boʻlsam ham shunday deyman

Javob berish

Hurmatli Jandosova, oʻzingizga rahmingiz kelsin. Sizning janob Nazarboyevingiz 20 yil yoki undan ortiq vaqt mamlakatni boshqargan. Hozir ham hukumat tepasidan ketgani yoʻq. U Qozogʻistonda oʻz shaxsiga sigʻinishni paydo qilgan! Sharmandalik! Tirikligida poytaxtni oʻz nomi bilan atashga ruxsat berdi. Buning ustiga sobiq kommunist. Ruslarga maʼruza oʻqish sizga emas. Bizning ichki ishlarimizga aralashmang. Biz prezidentimizni qoʻllab-quvvatlaymiz. U aqlli, juda bilimli odam. Rossiyani sevadi va unga xizmat qiladi. Oʻzini-oʻzi mukofotlamaydi va tiriklik chogʻida nomini abadiylashtirmaydi. Biz Putin davrida yashayotganimizdan faxrlanamiz. Bu borada omadimiz kelgan. Hasad qilmang, gʻazabingizni sochmang. Rossiya bilan doʻst boʻlish kerak, dushman emas. Rossiya sizga mustaqillik berdi; siz u uchun kurashmadingiz. Shunday ekan xushmuomala boʻling. Baxtingizga shunday qoʻshningiz bor.

Javob berish

Qisqasi, Vladimir Putin ham, Nursulton Nazarboyev ham diktator.

Javob berish

Doʻstim, Rossiyaga qolsa Qozogʻistonga mustaqillik bermas edi. Bu voqea 1991-yilgi parchalanish sababli yuz berdi, oʻshanda Rossiya xohlaganingizcha yashang, deb qozoqlardan voz kechdi. Va siz ham Putin tufayli shunday inqirozga yaqinlashib boryapsiz. Nazarboyev esa AQSH poytaxtiga oʻz nomini bergan Vashingtondan yomon emas. Koʻramiz, yaqin 2-3 yilda nima boʻlarkin. Qozogʻiston Nazarboyev belgilab bergan yoʻnalish boʻyicha rivojlanishda davom etadi. Mendan xafa boʻlmanglar. Sizlarga tinchlik va farovonlik tilayman!

Javob berish

Bu xavotirlar asosli. Ammo bundan ham muhimi, algʻov-dalgʻovdan foydalanib, mavjud konstitutsiyani yoʻq qilish boʻyicha ish olib borilayotganidir. Federativ davlat sifatida Rossiya ikki tanlov orasida qolgan – bunga koʻnish yoki soʻnggi tuzatishlar amaldagi Konstitutsiyaga muvofiq oʻzgartirilsa, referendum oʻtkazish. Taklif etilayotgan yuridik taʼriflarga rozi boʻlish bilan Rossiya 1918-yildan beri misli koʻrilmagan fuqaroviy mojaro bilan yuzma-yuz keladi. Referendumning qonunga muvofiq ravishda oʻtkazilishiga umid qilish befoyda. “Yagona Rossiya” aʼzolari olov bilan oʻynashmoqda. Rus xalqiga haqiqatan achinaman.

Javob berish

Bu dunyoda axmoqlar va ablahlar bor ekan, Putin kabilar gullab-yashnayveradi.

Javob berish

Bu maqola qayerda yozilganini bilmaysiz. Hozirgi kunda Amerika juda ayanli boʻlib koʻrinmoqda va bunday odamlar yangi imidjga muhtoj. Albatta, hokimiyat almashishi kerak, va Putin aqlli odam boʻlganida Medvedevdan keyin qayta saylanmagan boʻlardi. Hech qanaqangi Medvedev ham boʻlmas edi.

Javob berish

Putinni tanqid qilishdan avval oʻzlaringga qaralaring. Mamlakatingiz uchun nima yaxshilik qilib berdingiz? Gapirishni hammayam biladi

Javob berish

Agar gap faqat Putinda boʻlganida, hammasi juda oddiy boʻlardi. Undan Buyuk dargʻa yasamaslik kerak. Muxolifat Putin bilan mashgʻul boʻlib, jiddiy muammolarni eʼtiborsiz qoldirdi va oʻyinni boy berdi. Kim biladi, ehtimol Putin Rossiya uchun hozircha eng yaxshi variantdir. Lekin u ham magʻlub boʻlishi mumkin, chunki hamma tuzatishlar ham uning foydasiga emas.

Javob berish

Bu kabi maqolalarni yozayotgan Janar va Shavkat, yaqinda sizga achinishni boshlaymiz. Negadir Qozogʻiston xaritada Xitoy hududiga kirib qolgan. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi norozilik bildirdi. Shinjonda nima boʻlayotganini esa butun Internet biladi. Shunday ekan, Janar va Shavkat, Rossiyaga qochishga majbur boʻlmanglar ishqilib.

Javob berish

Xudo Rossiyani yaxshi koʻradi; unga Putinni berdi !!! Prezidentingizni asrang va yordam bering! Putin hamma ishni toʻgʻri va oʻz xalqining farovonligi uchun qilyapti. Bizning Osiyo “boy”lari undan oʻz xalqi va mamlakatiga qanday gʻamxoʻrlik qilishni oʻrganishi kerak - ular esa oʻz xalqini qanday shilishni biladi, xolos.

Javob berish

Bu boylar mega-oʻgʻri va galeradagi qul Vladim Vladimich Putindek boʻlolmaydi

Javob berish

Putin hammasini toʻgʻri qilyapti! Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun esa oʻylash vaqti kelgan... agar oʻylashga qodir boʻlishsa, oʻz xalqini bunday tunash ortiq davom eta olmaydi. Hammangizga Rossiya tarafidan siz rad eta olmaydigan taklif bildiriladigan kun yaqinlashmoqda. Ota-bobolaringiz qabul qilgan qarorlar oʻz joyiga qaytadi. IMHO

Javob berish

Turkiston bilan hisoblashish kerak! Xudo saqlasin, bitta “uchqun” yongʻinga olib kelishi mumkin.

Javob berish

Nima ham derdik, Markaziy Osiyo ham Boltiqboʻyi va Ukrainaning izidan borishga majbur boʻladi. Ertami-kechmi shunday boʻladi baribir. Sizga oʻxshagan fashistlar bu jarayonga koʻproq turtki beradi

Javob berish

Qaytanga sening Rossiyang yana parchalanib ketadiganga oʻxshaydi

Javob berish

Hozirda Kremlda davlat toʻntarishi va xunta yuz bermoqda.

Javob berish