Karvonsaroy
Inson huquqlari

Chegaralarning yopilishi ortidan Markaziy osiyolik migrantlar Moskva aeroportlarida qolib ketishdi

Karvonsaroy va AFP

24-mart kuni Moskvadagi Vnukovo aeroportida uylariga qaytish ilinjida samolyot kutayotgan Markaziy osiyoliklar. [Aleksandr Nemenov/AFP]

24-mart kuni Moskvadagi Vnukovo aeroportida uylariga qaytish ilinjida samolyot kutayotgan Markaziy osiyoliklar. [Aleksandr Nemenov/AFP]

MOSKVA – Oʻz ona yurti boʻlmish Tojikistonga uchib ketish umididagi Ayomuddin Kamolov oxirgi bir haftani Moskva aeroportining polida tunab oʻtkazdi.

U Yevroosiyo mamlakatlari, jumladan Rossiyaning koronavirus pandemiyasidan saqlanish maqsadida oʻz chegaralarini yopishi va parvozlarni toʻxtatishi ortidan Moskva aeroportlarida qolib ketgan yuzlab Markaziy osiyolik mehnat migrantlaridan biri.

Juma (27-mart) kuni yarim tunda kuchga kiradigan hukumat qarori bilan barcha xalqaro aviareyslar toʻxtatilgani sababli ularning ahvoli yanada ogʻirlashgan.

“Mening reysim bekor qilindi, kompaniya menga mehmonxona vaʼda qilgan edi. Yakunda esa hech narsasiz qoldim”, deydi Moskvada faoliyat koʻrsatuvchi eng asosiy uchta aeroportdan biri boʻlgan Vnukovodagi gavjum terminalda qolayotgan Kamolov.

Suratda: Moskvadagi Vnukovo aeroporti, 24-mart. [Aleksandr Nemenov/AFP]

Suratda: Moskvadagi Vnukovo aeroporti, 24-mart. [Aleksandr Nemenov/AFP]

Vnukovo aeroporti maʼmuriyati odamlar salomatligini himoyalash uchun aytarli hech qanday chora koʻrmagan.

Aeroportning odamlar bilan toʻla ekani va sanitar-gigiyenik sharoitlarning qoniqarsiz ekanligiga qaramay, bu yerda bir necha kun qolib ketganlarning hech biriga COVID-19 virusidan himoyalanish uchun antiseptik vositalar yoki niqoblar berilmadi, deydi 29 yashar Ayomuddin.

Hech kim tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgani yoʻq, deb qoʻshimcha qildi u.

Rossiyada Markaziy Osiyodagi postsovet respublikalaridan kelgan yuz minglab erkak va ayollar yashaydi, ular ishsizlikdan qochib, oʻz oilalarini boqish uchun koʻpincha kam haq toʻlanadigan ishlarda mehnat qiladilar. Bu bilan ular hojatxona va metro bekatlarini tozalash, avtobus haydash va binolar qurishda oʻzlariga qaram boʻlgan rossiyaliklarning haqorat va kaltaklariga duch keladilar.

Oʻzbekiston va Tojikiston deyarli barcha kiruvchi reyslarni toʻxtatgach, yuzlab odamlar qiyin ahvolda qolishdi.

Seshanba kuni Vnukovo aeroportida 100 nafar tojikistonlik fuqaro plastik bilan oʻralgan chemodanlar ortilgan yuk aravachalari va butilkali suv taxlamlari orasida parolon toʻshaklarda yotishgan.

Qaytish reyslari onda-sonda amalga oshirilgan, ayrim oʻrinlar uchun chipta narxlari qariyb uch baravar qimmatlab ketgan. Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida temiryoʻl qatnovi ham toʻxtatilgan.

“Bu rasvogarchilik qachon tugar ekan deb kutyapmiz”, deydi Tojikistonning Dushanbesiga qaytish ilinjidagi 21 yashar talaba Sohib Narzullayev.

Roʻyxatga olish oʻrinlari oldida 50 nafar yoʻlovchi Oʻzbekistonga reysni kutgan.

Ulardan biri – Moskvada oziq-ovqat yetkazib berish xizmatida ishlaydigan 21 yashar Iqbol oxirgi olti kunni Vnukovo aeroportida oʻtkazdi.

Migrantlarning holati Rossiya tomonidan koronavirus pandemiyasi haqida yolgʻon maʼlumotlar tarqatilishi ortidan yanada yomonlashgan.

Toʻlanmagan maoshlar

Xabarlarga koʻra, yuzlab qirgʻizistonliklar qiyin ahvolda qolgan Uraldagi Yekaterinburgda va Sibirning Novosibirsk shahridagi aeroportda ham xuddi shunday manzara yuzaga kelgan.

Mehnat migrantlarining Rossiyadan ommaviy qaytishi chet eldan yuboriladigan pul oʻtkazmalariga qaram Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti uchun tahdiddir.

Markaziy Osiyodan kelgan mehnat migrantlari Moskvaning samarasiz iqtisodiy strategiyasi taʼsirini toʻlaligicha his qilmoqdalar, ularning koʻpchiligi oʻz ishini yoʻqotgan va yangi ish topa olmay qolgan.

Oʻzbekistonlik kuryer Iqbol oxirgi maoshini olmagani va umuman ololmay qolishidan xavotirda ekanligini aytadi.

“Bu yerda zavodlar yopila boshladi, bu holatning qachongacha davom etishini bilmaymiz”, deydi Kamolov.

“Oilalarimizni boqa olmay qolsak, nima qilamiz?”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qanday bemaʼnigarchilik

Javob berish

Kambagʻal va beqaror Rossiyani nima qilishadi?

Javob berish

Chunki ular uchun ishlab, oila boqadigan boshqa joy yoʻq. Rossiya – borish mumkin boʻlgan eng boy mamlakat.

Javob berish

Yevropaga borgan maʼqul. Maoshlar qoloq Rossiyadagidan koʻproq. Odamlar ham madaniyatliroq.

Javob berish

Eng aqllisi sen boʻlsang kerak, hoynahoy Yevropada seni kutib oʻtirishgandir

Javob berish