“Katta yettilik” (G7) guruhiga aʼzo qudratli davlatlar Xitoy rejimining koronavirus dezinformatsiyasiga qarshi turish uchun birlashgan, dedi AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo chorshanba (25-mart) kuni.
Sanoati rivojlangan yirik demokratik davlatlar tashqi ishlar vazirlari AQSHda oʻtishi rejalashtirilgan uchrashuvni bekor qilib, inqirozni video-anjuman tarzida muhokama qildilar.
Pompeo Katta yettilikning boshqa mamlakatlari – Britaniya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiyaning bosh diplomatlari bilan hamfikr ekanligini aytdi.
“Bugun ertalab yigʻilishda qatnashgan har bir mamlakat Xitoy kommunistik partiyasi yuz bergan voqelikdan qochishga urinish maqsadida olib borayotgan dezinformatsiya kampaniyasidan ogoh qilindi”, dedi Pompeo jurnalistlarga.
Pekin ijtimoiy tarmoqlarda AQSHning bu voqealarga aloqadorligi haqidagi fitna nazariyalaridan iborat kampaniyani “olib borgan va uni davom ettirmoqda”, dedi Pompeo.
Virus Uxanga AQSH harbiylari tomonidan olib kelingan, u oʻtgan yil oxirida ilk bor shu hududda aniqlangan, deb yozgan edi Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili mart oyi boshida Tvitterda.
“Bu ahmoqona gap-soʻzlar”, dedi Pompeo Xitoy tashviqotini nazarda tutib.
Virus dunyo boʻylab 21000 dan ortiq odamning hayotiga zomin boʻldi, ammo Pekin uni nazoratga olgandek qilib koʻrsatish uchun keng qamrovli piar-kampaniya olib bormoqda.
Xitoy rejimi oʻzini olijanob qudratli davlat sifatida koʻrsatishga urinib, xorijiy mamlakatlarga faol ravishda oʻz yordamini yubormoqda.
Pekin voqelikni yashirishga urinmoqda
Pompeo Pekinni virus haqidagi yangiliklarni barvaqt toʻsish bilan butun dunyoni xavf ostida qoldirayotganlikda aybladi.
18-mart kuni Xitoyda yangi mahalliy infeksiya holatlari qayd etilmaganini eʼlon qilgan xitoylik rasmiylari maʼlumotlarining naqadar ishonchli ekanligi xalqaro hamjamiyatni xavotirga solmoqda. Koʻplab kuzatuvchilar Xitoyda COVID-19 virusining tarqalish koʻlamini hisobga olgan holda, mamlakatda yangi holatlar qayd etilmaganiga shubha bilan qaramoqda.
Pekinning gʻarazli saʼy-harakatlariga qaramay, Qoʻshma Shtatlar barcha mamlakatlar, shu jumladan Xitoy bilan hamkorlik qilishga intilmoqda, dedi Pompeo.
AQSH hukumati va mamlakatdagi xususiy xayriya tashkilotlari dunyo boʻylab COVID-19 virusining tarqalishiga qarshi kurashga koʻmaklashmoqda, dedi Pompeo 20-mart kuni AQSH harbiy-havo kuchlari Italiyaga muhim tibbiy vositalar yetkazib berganini taʼkidlar ekan.
Har doimgidek AQSH aybsiz, oppoqqina. Yodingizda tuting hech kim oʻgʻrichalik “Oʻgʻri” deb baland baqirmaydi.
Javob berishFikrlar 3
Sen amerikaliklarga ishonmayman. Ishonmayman!
Javob berishFikrlar 3
Haa, Uchinchi Jahon urushi bakteriologik urush boʻladi, bunga shubha yoʻq
Javob berishFikrlar 3