OLMAOTA – Shusiz ham mamlakatda oʻzlarini istalmagan mehmon deb his qiladigan Rossiyadagi Markaziy osiyolik migrantlar Moskvaning koronavirus pandemiyasiga qarshi pala-partish choralaridan aziyat chekmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir necha haftadan beri Rossiyada COVID-19 virusi tarqalishi yuzasidan unchalik xavotir bildirmay, mamlakat ichida harakatlanish uchun hech qanday yirik cheklovlar joriy etmagan.
Biroq, bunday munosabat ish bermadi, juma (27-mart) kuni 1036 ta kasallanish va uchta oʻlim bilan bogʻliq yangi holatlarning tasdiqlanishi virusning keng tarqalgani va roʻyxatga olinmayotganiga oid xavotirlarni keskin kuchaytirgan.
Juma kuni koronavirus tarqalishiga qarshi kurash maqsadida eʼlon qilingan qarorga muvofiq, shanbadan mamlakatdagi barcha restoran, kafe va dam olish maskanlarini yopishga buyruq berilgan.
Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash choralarini koʻzda tutuvchi hukumat qaroriga muvofiq, 27-mart, yarim tundan barcha kiruvchi va chiquvchi xalqaro parvozlar ham toʻxtatilgan, deb xabar beradi AFP.
Dabdurustdan qabul qilingan qaror Rossiyaning ichi va tashqarisidagi millionlab Markaziy osiyoliklarni qamalda qoldirgan.
Qaror Rossiya fuqarolarini chet eldan evakuatsiya qilish boʻyicha maxsus reyslar va Rossiya hukumati tomonidan ruxsat berilgan parvozlarga nisbatan qoʻllanilmaydi. U Rossiyadagi ichki reyslarga ham taalluqli emas.
Chorshanba (25-mart) kuni Putin Konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar boʻyicha referendumni keyinga qoldirar ekan, koronavirusdan saqlanish uchun rossiyaliklarni uyda qolishga chaqirgan.
16-mart kuni Rossiya Konstitutsiyaviy sudi boshqa hujjatlar qatori Putinning avvalgi prezidentlik muddatlarini “nolga tenglashtirish”ga oid tuzatishlarni maʼqullagan. Prezidentga 2036-yilga qadar iqtidorda qolishga imkon beruvchi bu chorani Markaziy osiyolik ayrim kuzatuvchilar “koronavirus inqirozidan foydalanib qolish”ga urinish oʻlaroq baholamoqda.
22-aprelga belgilangan umumxalq referendumi “keyinga qoldirilishi kerak”, dedi Putin uning vaqtiga aniqlik kiritmay.
Bu qaror Rossiya hukumati 16-mart kuni oʻz chegaralarini yopishi ortidan qabul qilingan.
Oʻta ogʻir vaziyat
Rossiya hukumati tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar chegaralar yopiqligi sababli yurtiga qaytib keta olmayotgan Markaziy osiyoliklarning hayotini yanada murakkablashtirgan.
Seshanba (24-mart) kuni Moskvada faoliyat koʻrsatuvchi uchta eng asosiy aeroportdan biri – Vnukovoda 100 nafar tojikistonlik fuqaro plastik bilan oʻralgan chemodanlar ortilgan yuk aravachalari va butilkali suv taxlamlari orasida porolon gilamchalar ustida yotdilar.
Qaytish reyslari onda-sonda amalga oshirilgan, ayrim oʻrinlar uchun chipta narxlari qariyb uch baravar qimmatlab ketgan. Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida temiryoʻl qatnovi ham toʻxtatilgan.
24.kg nashrining 20-mart kuni Moskvadagi Qirgʻiziston elchixonasiga asoslanib xabar berishicha, Rossiya-Qozogʻiston chegarasida 157 nafar qirgʻiz fuqarosi qolib ketgan.
17-mart kuni Rossiyaning Orenburg shahridagi qirgʻiz diplomati “qirgʻizistonliklar bilan uchrashib, ularga Rossiyadagi vaqtinchalik turarjoylariga qaytishni, cheklovlar olib tashlanguniga qadar oʻsha yerda qolishni maslahat berdi”, deyiladi elchixona xabarida.
Bu orada Hindistondan Rossiya orqali uyga uchayotgan 15 nafar qozogʻistonlik Moskva aeporortining chegara nazoratidan oʻta olmay tranzit zalida qolib ketgan. Bu haqda “Khabar24” qozoq telekanalining Moskvadagi jurnalisti Dana Nurjan oʻzining Facebook sahifasida xabar bergan.
“Bir oy oldin shunday boʻlishini tasavvur qila olarmidik? Davlatlar oʻz chegaralarini yopishini, Qozogʻiston Rossiyadan fuqarolarini evakuatsiya qilish muammosini hal qilishga urinishini? Bu yangi voqelik”, deb yozadi Nurjan.
Tojikiston va oʻzbekistonlik migrantlar Rossiyadan uchib keta olmagani yetmagandek, Rossiya aviakompaniyalaridan sotib olingan chipta pullarini ham qaytarib ololmayaptilar.
Tojikistonning oʻzida ana shunday foydasiz chiptalari boʻlgan yuz minglab fuqarolar hozirda ishsiz qolishgan, deb xabar beradi “Current Time” telekanali.
Rossiya hukumatining koronavirusga qarshi qoniqarsiz va kechikkan choralari mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy putur yetkazdi va bundan Markaziy osiyolik migrantlar aziyat chekmoqdalar, deydi bishkeklik iqtisodchi Elmira Suranchiyeva.
“Qirgʻizistondagi koʻplab oilalarning shikoyat qilishlaricha, ularning Rossiyadagi boquvchilari ishsiz, pulsiz va hatto uyga qaytish imkoniyatisiz qiyin ahvol qolishgan. Ular qayerda va qaysi pulga yashashi maʼlum emas”, dedi Suranchiyeva.
Ksenofobiya kuchaymoqda
Bu ham yetmagandek, ayrim Markaziy osiyoliklar soʻnggi haftalarda Rossiyada ksenofobik kayfiyat kuchayib borayotganidan shikoyat qilmoqdalar.
Markaziy Osiyodagi postsovet mamlakatlardan Rossiyaga kelib mehnat qilayotgan yuz minglab erkak va ayollar koʻp hollarda ishsizlikdan qochib, oilasini boqish uchun maoshi past ishlar bilan shugʻullanishga majbur.
Bunda ular hojatxona va metro bekatlarini tozalash, avtobus haydash va binolar qurishda oʻzlariga qaram boʻlgan rossiyaliklarning haqorat va kaltaklariga duch keladilar.
Qirgʻizistonning Toʻqmoq shahridan kelgan va ayni damda Moskvada yashaydigan Ulan Omorov mahalliy aholi undan qocha boshlaganini aytadi.
“Kecha metrodagi boʻsh oʻrindiqqa oʻtirganimda yonimdagi erkak menga qaradi va tezda turib joyini oʻzgartirdi. Bu holat birinchi marta yuz bermayapti”, dedi u.
Politsiyachilar hujjatlarni tekshirish uchun uni koʻchada tez-tez toʻxtatayotganini aytgan.
Bu orada, Markaziy Osiyo COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash choralarini kuchaytirmoqda, shifokorlar esa tarqalayotgan mish-mishlar va dezinformatsiyaga ishonmaslikka chaqirmoqda.
Virus tarqalishining oldini olish maqsadida, mintaqa mamlakatlaridagi koʻngilochar markazlar, kinoteatrlar, kafelar, bolalar maydonchalari va kompyuter klublari vaqtincha yopilgan.
Bu katta maqola muallifi oʻzi nimadan shikoyat qilayotganini yana tushunmabdi. Putin yetarli choralar koʻrmadi, debdi. Kimning fikriga koʻra yetarli chora koʻrmagan? Muallifning fikrigachami? Va shu yerning oʻzida yozyapti: aynan shu choralar tufayli migrantlar aeroport va vokzallarda qolib ketdi, deb. Deyarli ishdan haydaldilar, deyapti. Ammo muallifning oʻzi Putin ishlarni toʻxtatish uchun hech qanday choralar koʻrmadi, deb turibdi-ku. Bundan kelib chiqyaptiki, Putin qanday chora koʻrmasin, u muallifga mos kelmaydi. Bu qanday ahmoqgarchilik?
Javob berishFikrlar 10
Ishlash uchun Rossiyaga emas, boshqa mamlakatlarga borish kerak. Millatchilarga toʻla qoloq mamlakat bu. Rivojlangan mamlakatlarga borib, oʻsha yerlarda zamonaviy ish usullarni oʻrganishimiz kerak. Toʻrt baravar koʻproq ish haqi va sharoitlar ham ancha yaxshi boʻladi!
Javob berishFikrlar 10
Kreml rasmiylari – oʻgʻrilar
Javob berishFikrlar 10
Markaziy Osiyo davlatlari uchun yagona umid bu Xitoy
Javob berishFikrlar 10
Eshshaklar. Fashistlarga qarshi urushda ular sizlarga kerak edi, endi oʻzlaringa qul qilib oldilaringmi
Javob berishFikrlar 10
Ўзбеклар, тожиклар ва қирғизлар ичида ўз миллатидан фахрланувчи ватанпарварлар йўқми? Нега бутун дунё олдида ўз халқингизни шарманда қиляпсиз? Россияликлар сизларга қул, унтерменш (паст табақали одам) сифатида, ўрта аср европаликлари негрларга қараганидек қарашини наҳотки кўрмаяпсиз? Швондер айтганидек, «қандай шармандалик!» Қозоқлардан ўрнак олсангизчи! Россияга борса ҳам, бизнес учун боради, қул бўлиш учунмас! Ёки ҳеч йўқса туркманларга қаранг! Камбағал бўлса-да, юртбошиси халқни шарманда бўлмаслиги учун ҳеч қаерга чиқармайди! Бизда иш йўқ, болаларимизни боқишимиз керак ва ҳ.к. дейсизлар. У ҳолда қуёнга ўхшаб болаламанглар! Совет Иттифоқи сизларни нисбатан фаровон ҳолатда қолдирди, аммо 30 йил ичида шу даража кўпайишдингизки, аҳоли сони 2 баравар ортди, агар ундан кўп бўлмаса! Агар йиллик аҳоли ўсиш даражаси иқтисодий ўсиш даражасидан бир неча марта кўп бўлса қаердан иш топасиз! Ҳукмдорларимиз бизнес қилишимизга қўймайди, сиқувга олишяпти, дейсиз... Унда кимни айблаш керак? Бирлашинг, уларни жазоланг ва ҳаётингизни тартибга келтиринг! Ишонинг, буларни масхара қилиш учун эмас, сизга ачинганимдан ёздим!
Javob berishSen kim boʻlding ularni ayblaydigan?
Javob berishFikrlar 10
31 dekabrga oʻtar kechasi uyga qaytish istagida boʻlgan 300 ga yaqin mehnat migrantini (ularning 200 tachasi tojikistonliklar) Domodedovo xalqaro aeroportidan haydab chiqarishgan. Elchixona xodimlari va aviakompaniya vakillari bu odamlarga eʼtibor qilishmagan, deydi jurnalist Galiya Ibragimova. Kecha tunda forma kiygan nomaʼlum odamlar migrantlarga bir joyga toʻplanib turishlarini, ularni olib ketish uchun tez orada samolyot kelishini aytishgan. Lekin buning oʻrniga voqea joyiga huquq-tartibot xodimlari kelishgan. Ular odamlarni koʻchaga haydab chiqarib, ularga aeroportga kirishni taqiqlagan. Ular endi nima qilishni va qayerga borishni bilmay turibdi. “Biz Rossiyada itdek ishlaymiz. Kamdan-kam dam olamiz. Endi esa hech kimga kerak boʻlmay qoldik. Bizni keraksiz yukdek koʻchaga chiqarib tashlashdi. Nega? Bizga yordam bering!” deydi tojikistonlik Farrux.
Javob berishFikrlar 10
Razil Rossiya, bundan ortiq yana nima deyish mumkin.
Javob berishFikrlar 10
Rossiya qashshoq va maʼnan kambagʻal mamlakat
Javob berishFikrlar 10