Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozogʻiston armiyasi va politsiyasi koronavirusga qarshi kurashga qoʻshildi

Aydar Ashimov

Qozogʻiston qurolli kuchlarining biologik himoya boʻlinmasi Nur-Sultondagi Ishim daryosi qirgʻogʻida dezinfeksiya ishlarini olib bormoqda, 25-mart. (Qozogʻiston qurolli kuchlari)

Qozogʻiston qurolli kuchlarining biologik himoya boʻlinmasi Nur-Sultondagi Ishim daryosi qirgʻogʻida dezinfeksiya ishlarini olib bormoqda, 25-mart. (Qozogʻiston qurolli kuchlari)

Saudiya Arabistonidagi qozogʻistonliklarni evakuatsiya qilgan samolyot, Oqtov, 25-mart. (Qozogʻiston qurolli kuchlari)

Saudiya Arabistonidagi qozogʻistonliklarni evakuatsiya qilgan samolyot, Oqtov, 25-mart. (Qozogʻiston qurolli kuchlari)

Axloq tuzatish koloniyasidagi mahbus himoya niqoblari tikmoqda, Oqmola, 25-mart. (Qozogʻiston IIV)

Axloq tuzatish koloniyasidagi mahbus himoya niqoblari tikmoqda, Oqmola, 25-mart. (Qozogʻiston IIV)

Qozogʻiston ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev jamoat tartibini saqlashda politsiyaga yordam berayotgan koʻngillilarga koʻrsatmalar bermoqda. (Qozogʻiston IIV)

Qozogʻiston ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev jamoat tartibini saqlashda politsiyaga yordam berayotgan koʻngillilarga koʻrsatmalar bermoqda. (Qozogʻiston IIV)

Xizmatdagi politsiyachilar, Nur-Sulton, 20-mart. Koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish va tartibni saqlash maqsadida mamlakat boʻylab politsiya va harbiy patrullar joylashtirilgan. (Qozogʻiston IIV)

Xizmatdagi politsiyachilar, Nur-Sulton, 20-mart. Koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish va tartibni saqlash maqsadida mamlakat boʻylab politsiya va harbiy patrullar joylashtirilgan. (Qozogʻiston IIV)

25-mart kuni terrorchilik hujumi rejalashtirishda gumonlangan erkak qoʻlga olingan va hibsxonaga joylashtirilgan. (Qozogʻiston milliy xavfsizlik xizmati (KNB)

25-mart kuni terrorchilik hujumi rejalashtirishda gumonlangan erkak qoʻlga olingan va hibsxonaga joylashtirilgan. (Qozogʻiston milliy xavfsizlik xizmati (KNB)

Terakt rejalashda ayblangan mahbusdan musodara qilingan portlovchi moslama, Nur-Sulton, 25-mart. (Qozogʻiston KNB)

Terakt rejalashda ayblangan mahbusdan musodara qilingan portlovchi moslama, Nur-Sulton, 25-mart. (Qozogʻiston KNB)

NUR-SULTON – Yangi koronavirus kasalligi tarqalib borar ekan, unga qarshi kurashga Qozogʻiston armiyasi va politsiyasi ham safarbar etilgan.

Seshanba, 31-mart holatiga koʻra, Qozogʻistonda COVID-19 virusiga chalingan 336 nafar bemor va 2 ta oʻlim holati tasdiqlangan.

Mamlakatda 15-martdan 15-aprelga qadar favqulodda holat eʼlon qilindi.

23-mart kuni Favqulodda vaziyatni nazorat qilish davlat qoʻmitasi uchrashuvida prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev armiya va politsiyaga profilaktik choralarni amalga oshirish va jamoat tartibni saqlashga buyruq berdi.

Xizmatdagi politsiya xodimlari, Nur-Sulton, 20-mart. Koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish va tartibni saqlash maqsadida mamlakat boʻylab politsiya va harbiy patrullar joylashtirilgan. (Qozogʻiston IIV)

Xizmatdagi politsiya xodimlari, Nur-Sulton, 20-mart. Koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish va tartibni saqlash maqsadida mamlakat boʻylab politsiya va harbiy patrullar joylashtirilgan. (Qozogʻiston IIV)

Koʻchaga chiqqan fuqarolardan safar maqsadi soʻralishi, ayrim hollarda ish joyidan hujjat kerak boʻlishi mumkin. Karantin qoidalarini buzganlar jarimaga tortilishi yoki hibsga olinishi mumkin.

Bunday choralar mamlakatning karantinda boʻlgan koʻplab shaharlari, jumladan Nur-Sulton, Olmaota, Chimkent, Oqtov, Qaragʻanda, Shaxtinsk, Saran, Temirtov, Abay va Atirauda joriy qilingan.

Seshanba (31-mart) kunidan boshlab, Qustanay va Aqtoʻbe shaharlarida harakatlanish cheklangan.

Eng koʻp koronavirus holatlari aniqlangan Nur-Sulton va Olmaota shaharlari 22-mart kunidan beri yopiq.

Qatʼiy karantin davrida hayot uchun zarur boʻlmagan barcha tashkilotlar eng kamida 5 aprelga qadar yopiladi. Milliy va mahalliy hukumat idoralari, huquqni muhofaza qilish organlari, sogʻliqni saqlash muassasalari, ommaviy axborot vositalari, oziq-ovqat doʻkonlari va dorixonalar oʻz faoliyatini davom ettiradi.

Nazorat punktlarida navbatchilik qilayotgan politsiya xodimlari bu ikki shaharda fuqarolarning kirish-chiqishini taqiqlamoqda.

Bu orada, 22-mart kuni Qozogʻiston bosh sanitari xorijdan kelganlar va koronavirus bilan kasallanganlar bilan aloqada boʻlganlarni 14 kunlik karantinda saqlash haqida qaror qabul qildi.

Armiya va politsiya osoyishtalikni taʼminlamoqda

Politsiya xodimlari zimmasiga nazorat punktlarini himoyalashdan tashqari boshqa bir qator vazifalar ham yuklangan – ular favqulodda holat sharoitida jamoat tartibini saqlash, himoya niqoblari tikilishini tashkillashtirish va karantin buzilishi holatlarining oldini olish bilan shugʻullanmoqda.

Infeksiya xavfini kamaytirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi (IIV) tasarrufidagi qamoqxonalarda favqulodda vaziyat eʼlon qilingan ilk kunlardanoq himoya niqoblarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Xizmatdagi politsiya xodimlari mahbuslar tomonidan tayyorlangan 130 mingta niqobdan foydalanmoqda.

Barcha yirik shaharlarda 1200 ga yaqin koʻngillilar reydlarda qatnashib, profilaktika tadbirlarini oʻtkazish va jamoat tartibini saqlashda politsiyaga yordam bermoqdalar.

Ayni vaqtda Qozogʻiston qurolli kuchlari Biologik himoya boʻlinmalarini safarbar etishga buyruq bergan, ular 25-martdan oʻz faoliyatini boshladi.

Individual zararsizlantirish toʻplamlari va dezinfektsiyalovchi eritmalar bilan taʼminlangan xodimlar Qozogʻiston shaharlaridagi maktablar, bogʻchalar, tibbiyot muassasalari, savdo markazlari, bozorlar, masjidlar, temiryoʻl vokzallari, piyodalar yoʻlakchalari, bekatlar, xiyobonlar va maydonlarni tozalamoqda.

Harbiylar xorijda qolib ketgan qozogʻistonliklarni vataniga qaytarishga koʻmaklashmoqda .

Qirgʻiziston, Saudiya Arabistoni va Kuvaytda qolib ketgan 56 nafar qozoq fuqarosi 24-25-mart kunlari harbiy samolyotlarda Qozogʻistonga olib kelingan.

Shu bilan birga, mudofaa sohasida faoliyat yuritadigan “Kazaxstan injiniring” pudratchi korxonasi 25-mart kuni tibbiy muassasalarga 180 ta sunʼiy nafas oldirish apparati yetkazib berilganini maʼlum qildi.

Ammo, shunday pandemiya sharoitida ham milliy xavfsizlik masalasi eʼtibordan chetda qolgani yoʻq.

Xavfsizlik xizmati xodimlari terrorchi tashkilotlar aʼzolariga qarshi kurash boʻyicha odatiy xizmat vazifasini bajarishda davom etmoqda. Oʻz navbatida ekstremistlar ham teraktlar sodir etish urinishlarini toʻxtatgani yoʻq.

Oʻtgan haftada, 25-mart kuni Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (KNB) Nur-Sultonda “Islom davlati” (ID) gʻoyalari taʼsirida terakt sodir etishni rejalashda gumonlangan shaxsni hibsga oldi.

Qoʻlga olingan shaxsdan qoʻlbola portlovchi moslama musodara qilindi, deb xabar beradi KNB.

Moslama tarkibida ogʻir tan jarohati yetkazishi mumkin boʻlgan oskolkalar boʻlgan.

Tibbiyot xodimlarini qoʻllab-quvvatlash

Toʻqayevning koronavirus tarqalishini toʻxtatishga qaratilgan yana bir qarori bilan, dushanba (30-mart) kuni favqulodda vaziyat komissiyasi mazkur kasallikka chalingan bemorlarni davolayotgan tibbiyot xodimlari uchun oylik mukofot pullarini tasdiqladi.

Pul mukofotlari uch oy davomida uchta xavf guruhidagi tibbiyot xodimlariga beriladi.

“Oʻta yuqori xavf” guruhiga shifokorlar, yuqumli kasalliklar shifoxonalari, shu jumladan ularning reanimatsiya boʻlimlarida ishlaydigan oʻrta va kichik tibbiy xodimlar kiradi. Ustama maoshlar eng kam oylik ish haqining 20 baravariga teng boʻlib, 850 ming tengeni (taxminan 1895 AQSH dollarini) tashkil etadi.

“Yuqori xavf” guruhiga vaqtincha statsionar klinikalar va tez tibbiy yordam mashinalari shifokorlari, oʻrta va kichik tibbiy xodimlar kiradi. Ularning ustama maoshi eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida boʻlib, bu 425 ming tengeni (taxminan 947 AQSH dollarini) tashkil qiladi.

“Oʻrta xavf” guruhiga shifokorlar, karantin klinikalarining feldsher va hamshiralari, sogʻliqni saqlash xodimlari (davlat xizmatchilari), tez yordam mashinalari haydovchilari va boshqalar kiradi. Ular uchun eng kam ish haqining besh baravariga teng ustama belgilangan boʻlib, bu 212500 tengeni (taxminan 474 AQSH dollari) tashkil etadi.

Qozogʻiston bosh vaziri Asqar Mamin Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga tibbiyot xodimlari hayoti va salomatligini sugʻurtalashga buyruq bergan.

Koronavirus yuqtirib olgan tibbiyot xodimlari Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasidan 2 million tenge (4460 AQSH dollari) miqdorida bir martalik nafaqa puli oladilar.

Koronavirusdan oʻlgan tibbiyot xodimlarining yaqinlariga 10 million tenge (22295 AQSH dollari) beriladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Toʻgʻri, endi Qozogʻistonda Italiyadagidek boʻladi. Halok boʻlganlar soni keskin oʻsadi, chunki hamma turli yoʻllar bilan shunday katta moliyaviy kompensatsiya olishga intiladi. Italiyada ham, marhumning qarindoshlari kompensatsiya ortidan quvib, bemorning aynan koronavirusdan vafot etgani haqida rasmiy tibbiy maʼlumotnoma olishga harakat qilishdi. Natijada, butun dunyo Italiyadagi COVID-19 qurbonlarining umumiy sonidan hayratga tushdi.

Javob berish