Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

YI va NATO Rossiya va Xitoyning COVID-19 pandemiyasiga oid dezinformatsiyasini tanqid ostiga oldi

Karvonsaroy

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning koronavirus bilan bogʻliq vaziyatga oid jonli murojaatnomasini tomosha qilayotgan ayol, 2-aprel, Moskva. Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari Rossiyaning epidemiyaga qarshi kurash boʻyicha tayyorgarligiga eʼtibor qaratgan. (Aleksandr Nemenov/AFP)

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning koronavirus bilan bogʻliq vaziyatga oid jonli murojaatnomasini tomosha qilayotgan ayol, 2-aprel, Moskva. Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari Rossiyaning epidemiyaga qarshi kurash boʻyicha tayyorgarligiga eʼtibor qaratgan. (Aleksandr Nemenov/AFP)

BRUSSEL, Belgiya – Rossiya va Xitoy hukumatlari koronavirus pandemiyasi haqida zararli dezinformatsiya tarqatishda davom etib, dunyo boʻylab odamlar hayotini xavf ostida qoldirmoqda va demokratik jamiyatlarni obroʻsizlantirmoqda, deyiladi Yevropa Ittifoqining (YI) chorshanba (1-aprel) kuni chop etilgan va NATOga aʼzo davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan tadqiqotida.

Shu bilan bir vaqtda, ikki hukumatning pandemiyaga qarshi kurashda yutuqqa erishgani noaniq boʻlsa-da, ular tomonidan olib borilayotgan dezinformatsiya kampaniyalarida bu rejimlarning ishi yuqori baholanadi.

Rossiyaning koronavirus dezinformatsiyasi haqidagi avvalgi hisobotlarini chop etgan YIga koʻra, Rossiya trollari halokatli ziyon yetkazish bilan mashgʻul.

Dezinformatsion xabarlarda “demokratik institutlarning samarali chora koʻrishga layoqatsiz ekani” haqida bong urilgan, ular “toʻgʻridan-toʻgʻri Yevropa Ittifoqi va uning hamkorlariga boʻlgan ishonchga putur yetkazishni” maqsad qilgan, deyiladi YI tadqiqotida.

“Virus odam qoʻli bilan yaratilgani” yoki qasddan tarqatilgani haqidagi fitna nazariyalari Rossiyaning “Sputnik” nashri tomonidan COVID-19 mavzusida chop etilgan boshqa xabarlarga nisbatan koʻproq muhokama qilingan. (“Sputnik”)

“Virus odam qoʻli bilan yaratilgani” yoki qasddan tarqatilgani haqidagi fitna nazariyalari Rossiyaning “Sputnik” nashri tomonidan COVID-19 mavzusida chop etilgan boshqa xabarlarga nisbatan koʻproq muhokama qilingan. (“Sputnik”)

Aslida, “YI COVID-19 taʼsirida parchalanayotgani haqidagi daʼvolar tendentsiyaga aylanib qolgan”, deb qoʻshimcha qilinadi unda. “COVID-19 virusi mavzusida “RT” va “Sputnik” tomonidan chop etilgan kontent “virus odam qoʻli bilan yaratilgani” yoki qasddan tarqatilganini iddao qiluvchi fitna nazariyalari boshqa xabarlarga nisbatan koʻproq eʼtibor qozongan.”

Rossiyaning ayrim tashviqotlari ishonuvchan oʻquvchilar va ularning atrofidagilar uchun moʻljallanganga oʻxshaydi.

“Masalan, “Sputnik”ning nemis xizmati oʻzining Facebook va Twitter sahifasida qoʻl yuvish befoyda ekanligini iddao qilmoqda”, deyiladi YI tadqiqotida.

NATOga aʼzo davlatlar ham davom etayotgan dezinformatsiya harakatlari haqida ochiq soʻzlamoqdalar.

Payshanba (2-aprel) kungi NATO uchrashuvida qatnashgan Kanada tashqi ishlar vaziri Fransua-Filipp Shampan davlat arboblarining koronavirusga oid dezinformatsiya kampaniyalarini qoraladi.

Videoanjuman shaklida boʻlib oʻtgan uchrashuvda “dezinformatsiya muammosi NATO ittifoqchilari oʻrtasida muhim mavzuga aylandi”, dedi Shampan AFP nashriga.

Bundan avval Kalgari universiteti tadqiqotchisi Rossiyani Gʻarb mamlakatlariga boʻlgan ishonchga putur yetkazishni koʻzlagan COVID-19 virusiga oid dezinformatsiyaning asosiy manbai deb atagan edi.

“Kanadaliklar oʻzlari bilmagan holda Rossiya, Xitoy va boshqa davlatlardan chiqqan soxta xabarlar qurboniga aylanadi”, deb aytgan siyosiy tadqiqotchi Sergey Suxalin Kanadaning CTV kanaliga.

Tarixni qayta yozish

Tashviqotgan koʻzlangan yana bir maqsad – Moskvaning COVID-19 virusiga qarshi kurash choralarini maqtash, ammo Rossiya hukumati kech aniqlangan pandemiyaga qarshi jon-jahdi bilan kurashishga urinmoqda.

“22-yanvardan beri EUvsDisinfo (YI dezinformatsiyaga qarshi) maʼlumotlar bazasida COVID-19 virusi haqida 150 dan ortiq kremlparast dezinformatsiya holati qayd etilgan”, deyiladi YI bayonotida. “Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari oʻz eʼtiborini Rossiyaning epidemiyaga qarshi kurash choralarini yoritishga qaratgan.”

YI xabariga koʻra, 26-mart kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov yana bir bor “mamlakatda epidemiya yoʻq”, deb taʼkidlagan.

Rossiyadagi mustaqil jurnalistlar bunday raddiyalarga javoban “hukumat muammoni eʼtiborsiz qoldirayotganidan” xavotir bildirganlar.

YIga koʻra, koronavirus bilan bogʻliq onlayn mojarolarda Rossiya rejimidan tashqari rasmiy Pekin va “Islom davlati” (ID) ham ishtirok etmoqda.

Xitoy tashviqotchilari COVID-19 virusining ilk marta Uxandagi yovvoyi hayvonlar bozorida paydo boʻlganini xaspoʻshlashga urinmoqda.

“Xitoy axborot maydonida “virus Uxanga AQSH harbiylari tomonidan olib kelingani yoki Italiyada paydo boʻlganligi haqidagi taxminlar ham ilgari surilmoqda”, deyiladi bayonotda.

Bu orada ID “jangarilarni COVID-19 virusi atrofida yuzaga kelgan tartibsizlik va sarosimadan foydalanib qolishga chaqirar ekan, pandemiyani “salbchi davlatlarga yuborilgan alamli azob” deb atagan”, deya qoʻshimcha qilinadi tadqiqotda.

Kreml Pekinni qoʻllab-quvvatlayapti

Davlat va jamiyat orasidagi munosabatlar boʻyicha bir xil qarashlarga ega ekanligi hisobga olinsa, Moskvaning OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Pekinni qoʻllab-quvvatlayotgani ajablanarli emas.

YI Rossiya xabarlarida “Rossiya va Xitoy – holat uchun masʼul qudratli davlatlar” degan iddaoni kuzatgan. Hujjatga koʻra, “Kremlparast manbalar Xitoyning “global loyihasini” YIdan ustun tashabbus oʻlaroq tasvirlamoqda”.

Dunyo boʻylab COVID-19 haqida zararli va notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatish bilan mashgʻul boʻlib turgan Rossiya maʼmurlari mamlakat ichida bunday harakatlarga qarshi jiddiy choralar koʻrmoqda.

Seshanba (31-mart) kuni rossiyalik deputatlar mamlakatda yangi koronavirus haqida yolgʻon maʼlumot tarqatishda ayblanganlar uchun qattiq jazoni koʻzda tutuvchi qonunni maʼqulladilar.

Insonlar hayotiga xavf soluvchi holatlar toʻgʻrisida “bilaturib yolgʻon maʼlumot” tarqatish orqali kimningdir oʻlimiga sabab boʻlgan yoki boshqa ogʻir oqibatlarni keltirib chiqargan shaxsga 2 million rubl (25000 AQSH dollari) miqdoridagi jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qoʻllanishi mumkin.

“Bunday qaror Kremlning mustaqil internet saytlarini boʻgʻishi va prezident (Vladimir) Putinning “Rossiya xorijdan tarqatilayotgan soxta yangiliklar nishoniga aylanayotgani” haqidagi bayonotlari ortidan qabul qilingan”, deyiladi YI xabarida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyaga bir nechta sanksiya bilan javob qilinsa yaxshi boʻlar edi

Javob berish