Karvonsaroy
Salomatlik

Oʻzbekiston koronavirus inqirozi davrida qoʻshnilarga yordam qoʻlini choʻzmoqda

Maksim Yeniseyev

Oʻzbekistonning Afgʻoniston uchun moʻljallangan insonparvarlik yordami. Toshkent, 1-aprel. [OʻzA]

Oʻzbekistonning Afgʻoniston uchun moʻljallangan insonparvarlik yordami. Toshkent, 1-aprel. [OʻzA]

1-aprel kuni Oʻzbekistondan Afgʻonistonga joʻnatiladigan gumanitar yordamni hozirlayotgan ishchilar. [OʻzA]

1-aprel kuni Oʻzbekistondan Afgʻonistonga joʻnatiladigan gumanitar yordamni hozirlayotgan ishchilar. [OʻzA]

Xayriya ishlarini muvofiqlashtiruvchi markaz ishiga jalb etilgan koʻngillilar xayriya yordamlarini taqsimlamoqda, Toshkent, 1-aprel. [Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati]

Xayriya ishlarini muvofiqlashtiruvchi markaz ishiga jalb etilgan koʻngillilar xayriya yordamlarini taqsimlamoqda, Toshkent, 1-aprel. [Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati]

Xayriya ishlarini muvofiqlashtiruvchi markaz ishiga jalb etilgan koʻngillilar xayriya yordamlarini taqsimlamoqda, Toshkent, 1-aprel. [Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati]

Xayriya ishlarini muvofiqlashtiruvchi markaz ishiga jalb etilgan koʻngillilar xayriya yordamlarini taqsimlamoqda, Toshkent, 1-aprel. [Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati]

TOSHKENT – Aholi nochorlar va keksalarga gʻamxoʻrlik koʻrsatish uchun birlashar ekan, Oʻzbekiston koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashiga koʻmaklashish uchun qoʻshni mamlakatlarga gumanitar yordam yoʻnaltirmoqda.

1-aprel kuni Oʻzbekistondan insonparvarlik yordami ortilgan poyezd “Hayraton – Mozori Sharif” temiryoʻli boʻylab Afgʻonistonga yoʻl oldi.

“Ezgulik poyezdi” Afgʻonistonga tibbiy niqoblar va himoya kombinezonlari, teplovizorlar, oziq-ovqat, sovun va bolalar kiyimlarini yetkazgan.

“Koronavirus infektsiyasi butun dunyo aholisini xavf ostida qoldirdi. Uni barcha mamlakatlarning birgalikdagi saʼy-harakatlari bilangina yengish mumkin”, deydi Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xodimi Samandar Hikmatullayev Oʻzbekiston milliy axborot agentligi (OʻzA) bilan suhbatda.

Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga yuboriladigan insonparvarlik yordami, 1-aprel, Toshkent. [OʻzA]

Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga yuboriladigan insonparvarlik yordami, 1-aprel, Toshkent. [OʻzA]

“Oʻzbekistonning Afgʻoniston xalqiga koʻrsatayotgan yordami bu hamjihatlikning yorqin namunasidir”, dedi u.

26-mart kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev afgʻonistonlik hamkasbi Ashraf Gʻani bilan telefon orqali muloqotda boʻldi. Prezidentlar pandemiyaga qarshi kurashda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar va hamkorlikka tayyor ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

1-aprel kuni Oʻzbekiston Qirgʻizistonga ham insonparvarlik yordamini joʻnatgan.

Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekistonning turli korxonalari tomonidan tashkil etilgan yordam doirasida 1000 tonna un, oziq-ovqat mahsulotlari, himoya vositalari va teplovizorlar yetkazib berildi.

Poyezdga “Oʻzbek xalqidan qirgʻiz xalqiga” degan yozuvlar bitilgan.

Qoʻshnilarga yordam

“Ushbu insonparvarlik yordamining ahamiyatini tushunish uchun, Oʻzbekistonda yuzaga kelayotgan anglash lozim”, deydi toshkentlik siyosatshunos Umid Asatullayev.

“Odamlar shundoq ham boy emasdi, lekin pandemiya tufayli ular yanada koʻproq ziyon koʻrib, soʻnggi daromad manbalaridan ayrilmoqda”, dedi u.

“Qoʻshnilarga yordam berish, masalan, jamiyat hayoti – mahalla va hashar – jamoaviy koʻngilli mehnat kabi oʻzbekona odatlarga chuqur singib ketgan”, deb qoʻshimcha qildi u. “Oʻzbeklar, hatto oʻzlari muhtoj boʻlib tursalar ham, boshqalarni yordamsiz qoldirmaydilar”.

Pandemiya davrida aholining eng zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash uchun, 3-aprel kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlatdan yordam olgan 600 mingdan ortiq oilalarga qoʻshimcha ravishda yana 120 mingta ehtiyojmand oilani yordam puli bilan taʼminlash haqidagi qarorga imzo chekdi.

Shuningdek, yordam doirasida yolgʻiz yashovchi keksalar va nogironlarga gigiyena vositalari bilan birga 18 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatiladi.

Ehtiyojmand odamlar un, guruch, goʻsht, tuxum, shakar va boshqa mahsulotlar, shu jumladan tibbiy niqoblar, sovun va antiseptik vositalar olishadi.

Mirziyoyev pandemiyaga qarshi kurashda fuqarolarni hamjihatlikka chaqirar ekan, har bir muhtoj odamga yordam berilishini aytdi.

“Oʻzbekistonda hech bir inson, hech bir oila davlatimiz va jamiyatimiz eʼtibori va gʻamxoʻrligidan chetda qolmaydi”, dedi Mirziyoyev 3-aprel kungi murojaatida.

Hukumat Oʻzbekistonda karantin eʼlon qilganidan soʻng bir hafta ichida, Mirziyoyevning yangi farmoniga qadar ham koʻngillilar xayriya yordamlarini yigʻib, yolgʻiz keksalar va nogironlarga koʻmaklasha boshladilar.

24-martdan boshlangan karantin Oʻzbekistonda COVID-19 koronavirusiga chalinish bilan bogʻliq oxirgi holat qayd etilganidan soʻng ikki haftagacha davom etadi.

Oʻzbekistonliklar muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish uchun tezkorlik bilan oʻnlab guruhlar tashkil qildilar.

“Oʻzbeklar birlashib, bir-birlarini qoʻllab-quvvatlab, eng yaxshi xislatlarini namoyon qildilar”, deydi toshkentlik Furqat Atanazarov.

“Bu kitoblarda Oʻzbekistonning taʼrifi keltirilganida tilga olinadigan oʻziga xos xislatimizdir. U saqlanib qolmagan boʻlsa kerak deb yurardim. Ammo ogʻir vaziyatda hammasi oʻz-oʻzidan tashkillashtirildi. Men odamlarimiz bilan faxrlanaman”, dedi u.

“Toshkentda yaxshi odamlar juda koʻp. Kimdir oziq-ovqat xarid qiladi, kimdir uni tarqatadi, kimdir niqob tikib, hadya qiladi”, deb yozadi toshkentlik faollardan biri, koʻngillilar guruhi rahbari Aziza Umarova oʻzining Facebook sahifasida.

“Odamlarga oʻz mashinalarida yurib, xayriya yordamlarini tarqatishga tayyor boʻlgan koʻngillilar doim topiladi. Bugun keksalar bilan ishlash istagidagi psixologlar aloqaga chiqishdi. Bu kabi misollar koʻp”, dedi Umarova.

Koʻngillilar ishini muvofiqlashtirish

Ommaviy koʻngillilar harakatini markazlashtirish maqsadida Oʻzbekistonning har bir viloyatda homiylik faoliyatini muvofiqlashtirish markazlari tashkil etildi.

Bundan tashqari, Koronavirusga qarshi kurash boʻyicha respublika komissiyasi yakka tartibdagi xayriya aktsiyalarini toʻxtatib turishga qaror qilgan.

“Odamlarning olijanob xatti-harakatlari tartib-intizomni talab qiladi. Tezkorlik bilan yordamga kelgan koʻngillilar oʻz ishlarini aʼlo darajada bajardilar”, deydi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimi Bobur Oqilov.

“Ammo, epidemiyaning oldini olish uchun xavfsizlik choralariga rioya qilish lozim. Bu, ayniqsa, yuqori xavf guruhiga kiradigan keksa odamlar bilan ishlashga tegishli. Mahsulotlarni dezinfektsiya qilish va keksalar bilan bevosita muloqotda boʻlmaslik kerak”, dedi Oqilov.

Birinchi shunday markaz 1-aprel kuni Toshkentda ish boshladi. Tashkilotchilar xayriya mablagʻlari uchun maxsus jamgʻarmani tashkil etdilar. Homiylarning oziq-ovqat va mahsulotlari markazga olib kelinib, dezinfektsiya qilinadi.

Markazning barcha xodimlari va koʻngillilar himoya kombinezonlarini kiyib ishlaydilar. Maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan koʻngillilar mahsulotlarni muhtoj oilalarga yetkazib berishadi.

Markazlar faoliyati Oʻzbekistonda yaqinda tashkil etilgan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan tartibga solinadi.

Yordamga muhtojlar yoki koʻngilli boʻlishni istaganlar 1197 raqamli koll-markazga qoʻngʻiroq qilib, oʻzlari haqda maʼlumot berishlari mumkin.

Toshkent shahar hokimligiga koʻra, birinchi kunning oʻzida yuz nafar koʻngilli tomonidan 1996 kishiga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.

“Yaqinlarga marhamatli boʻlish oʻzbek millatining qonida bor. Islom dini ham shunga chaqiradi”, deydi Toshkentdagi markaz koʻngillilaridan biri Mahmud Abzalxoʻjayev.

“Men yangi markazga oʻz yordamimni taklif qildim, chunki dinimiz oʻrgatganidek, boʻsh vaqtimni solih ishlar uchun sarflashni xohlayman”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500