Karvonsaroy
Salomatlik

Eronning “Mahan Air” aviakompaniyasi global koronavirus pandemiyasida muhim vektor sifatida koʻrilmoqda

Karvonsaroy

Tehrondan Xitoyga uchgan “Mahan Air” reyslari ortidan koronavirus infeksiyasi tarqashilishi kuchaygan mahal Najaf aeroportida samolyotni tark etayotgan iroqliklar, ulardan ayrimlari niqob taqib olishgan. 21-fevral kuni olingan surat. (Haydar Hamdaniy/AFP)

Tehrondan Xitoyga uchgan “Mahan Air” reyslari ortidan koronavirus infeksiyasi tarqashilishi kuchaygan mahal Najaf aeroportida samolyotni tark etayotgan iroqliklar, ulardan ayrimlari niqob taqib olishgan. 21-fevral kuni olingan surat. (Haydar Hamdaniy/AFP)

Qisman Eronning Islom inqilobiy qoʻriqchilari korpusiga (IRGC) qarashli “Mahan Air” avialiniyasi dastavval Eron hududida, keyinroq mintaqa va undan tashqarida halokatli virusning tarqalishida eng muhim vektor boʻlib xizmat qilganini koʻplab dalillar tasdiqlamoqda.

Qator ommaviy axborot vositalarining soʻnggi haftalardagi xabarlariga koʻra, “Mahan Air” avialiniyasi Eron rasmiylarining taqiqiga va sogʻliqni saqlashga oid oqilona choralarga zid ravishda, koronavirus tarqalishi kuchaygan fevral va mart oylarida Eron va Xitoy oʻrtasida oʻnlab reyslarni amalga oshirishda davom etgan.

“Farda” radiosi tomonidan olib borilgan tergovga koʻra, “4-22-fevral kunlari “Mahan Air” Pekin, Shanxay, Guanchjou va Shenchjen aeroportlaridan Eronning Imot Humayniy aeroportiga kamida 55 marta parvoz qilgan”.

25-fevral kungi hisobotga Flightradar24 kabi aviaqatnovlarni kuzatuvchi veb-saytlar maʼlumotlari kiritilgan, unda “Mahan Air” Xitoyga qatnovlarni toʻxtatmaganini koʻrish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu fotosuratda tibbiy himoya kombinezonidagi avialiniya xodimlari yil boshida “Mahan Air” reysini koronavirusga tekshirayotgani aks etgan. (Fayl)

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu fotosuratda tibbiy himoya kombinezonidagi avialiniya xodimlari yil boshida “Mahan Air” reysini koronavirusga tekshirayotgani aks etgan. (Fayl)

Yoʻlovchilar chiqishidan oldin samolyot ichini dezinfeksiya qilayotgan eronlik tibbiy xodim. (Husayin Tavahoriy/Tasnim)

Yoʻlovchilar chiqishidan oldin samolyot ichini dezinfeksiya qilayotgan eronlik tibbiy xodim. (Husayin Tavahoriy/Tasnim)

Erondan deportatsiya qilingan, aksari COVID-19 virusiga chalingani gumon qilingan yoki tasdiqlangan afgʻonistonlik qochqinlar Hirot viloyatining Islom Qalʼa chegarasida Afgʻonistonga qaytib kirish ilinjida turibdi, 12-mart. (Umar)

Erondan deportatsiya qilingan, aksari COVID-19 virusiga chalingani gumon qilingan yoki tasdiqlangan afgʻonistonlik qochqinlar Hirot viloyatining Islom Qalʼa chegarasida Afgʻonistonga qaytib kirish ilinjida turibdi, 12-mart. (Umar)

Fevral oyi Eronda koronavirus (COVID-19) tarqalishida muhim oy boʻlgan, bu oy oʻrtalariga kelib, virus mamlakatni qamrab olgani oydinlashgan edi.

Fevral oyida Eron sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Alirizo Raisiy kasallik mamlakatdagi virus oʻchogʻi boʻlgan Qum shahrida “aniq va aynan” xitoylik ishchilar va talabalarga bogʻliq ravishda avj olganini aytgan edi. Bu haqda Eronning rasmiy IRNA agentligi xabar bergan.

Mamlakatdagi birinchi COVID-19 holati qayd etilganidan ikki kun oʻtib, 19-fevral kuni Qum shahrida eronlik ishchilar 100 metr uzunlikdagi ommaviy qabr qazigani maʼlum boʻlgan edi.

Oy oxirlariga borib, jamoatchilikka aniq maʼlumotlar yetkazishda Eron rejimining yetarlicha shaffof emasligi xalqaro maydondagi xavotirni kuchaytirdi. Oxir-oqibat, mamlakatda koronavirusning nazoratsiz tarqalishi unga qoʻshni va boshqa davlatlarni xavf ostida qoldirdi.

“Mahan Air” aviaqatnovlarining davom etishi

COVID-19 virusi sababli kuchayib borayotgan tahdid va oʻlim holatlariga qaramay, “Mahan Air” Tehron va Xitoy oʻrtasidagi aviaqatnovlarni mart oyiga qadar davom ettirgan. Bu haqda BBC fors xizmati xabar bergan.

3-fevraldan beri “Mahan Air” samolyotlari Eron va Xitoyning 4 shahri oʻrtasida 32 marta parvoz qildi, deb xabar bergan BBC 5 mart kuni.

Eron va Xitoy oʻrtasida “Mahan Air” aviaqatnovlarining davom etayotgani haqidagi xabarlar Eron deputatlari va keng jamoatchilikning jiddiy eʼtirozi va gʻazabiga sabab boʻldi.

“Ularning jinoyati yoppasiga niqob sotib oluvchilarnikidan kattaroq”, dedi Eron parlamenti aʼzosi Bahrom Parsaiy “Mahan Air” kompaniyasini nazarda tutib. U Eron fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (CAO) va aviakompaniyaning virusni tarqatishdagi roli tergov qilinishi kerakligini qoʻshimcha qilgan.

“Mahan Air” Xitoyga tijoriy aviaqatnovlar boʻlmagani, reyslar “gumanitar yordam”, jumladan test toʻplamlari va boshqa tibbiy jihozlarni tashish maqsadida amalga oshirilganini iddao qilmoqda, deb xabar bergan “Farda” radiosi.

CAO bu iddaolarni qoʻllab-quvvatlab, aviakompaniya faqat yuk tashish xizmatlarini amalga oshirishini taʼkidlagan.

Bu daʼvolardan qoniqmagan eronliklar esa ijtimoiy tarmoqlarda oʻz xavotirlarini izhor etganlar.

Eronda tibbiy preparatlar va dori-darmonlar, jumladan test toʻplamlarining taqchilligi, ayniqsa mamlakatdagi epidemik vaziyat keskinlashgani hisobga olinsa, kompaniya samolyotlarda Xitoyga tibbiy yordam tashigani ehtimoldan yiroq.

“Mahan Air” prezident Hasan Ruhoniy hukumatidan yuqoriroq turuvchi organ – faqat oliy yetakchi oyatulloh Ali Homanaiyga hisobot beradigan Eron islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) ruxsatisiz Xitoyga parvozlarni davom ettira olmas edi.

IIPKga aloqadorlik

“Mahan Air” aviakompaniyasi nima sababdan parvozlarni davom ettirgani borasida turli mish-mishlar mavjud, dalillar esa buning ortida IIPKning moliyaviy manfaati va Eron rejimi uchun siyosiy zaruriyat mavjudligini koʻrsatmoqda.

Rouydad 24 xabariga koʻra, bir qator reyslar Tehrondan Kerman va Asaluyaga parvoz qilgan.

Eron yangiliklar saytining taxminiga koʻra, aviakompaniya Kerman shahridagi “Kerman Motor” avto ishlab chiqaruvchi kompaniyaga avtomobil ehtiyot qismlari va Asaluyadagi erkin savdo zonasi, shuningdek “South Pars” neft-gaz va neftni qayta ishlash zavodlariga boshqa mahsulotlar tashigan.

“Mol-Al-Movahedin” xayriya instituti ham Kermanda joylashgan. Bu “xayriya” “Mahan Air” avialiniyasining 100 foiziga, “Kerman Motor” kompaniyasining esa 50 foiziga egalik qiluvchi IIPK nazoratidadir.

Koʻpchilik kuzatuvchilar Tehronning mintaqa boʻylab jangarilar va terrorchilikni moliyalashtirishi, yadroviy qurollanish poygasidan chiqishni istamasligi sabab ihotalanib qolayotganini taʼkidlamoqdalar.

Bu izolyatsiya tufayli Rossiya va Xitoy Eronning asosiy iqtisodiy hamkoriga aylandi. Koʻpchilik tahlilchilar IIPK hech qanday tahdidga qaramay Xitoy bilan aloqani uzishni istamasligini xulosa qilmoqdalar.

Eron epidemiya markazida

Eron rejimining epidemiya borasidagi xatolari mamlakatni COVID-19 pandemiyasi oʻchoqlaridan biriga aylantirdi va qoʻshni davlatlarga mislsiz zarar keltirdi.

Juma, 10-aprel holatiga koʻra, Eronda 66220 ta kasallanganish va 4110 ta oʻlim holati qayd etilgan, ammo tahlilchilarga koʻra, haqiqiy raqamlar bundan ancha katta. Dunyo boʻyicha oʻlim koʻrsatkichi 100 ming kishidan oshgan va bu raqam oʻsib bormoqda.

Qoʻshni Pokistondagi COVID-19 virusi bilan bogʻliq holatlarning koʻpchiligi bevosita Eronga aloqador deb koʻriladi.

“Pokistondagi COVID-19 bemorlarining 80 foizi oʻz vaqtida xalqaro tibbiy favqulodda holatni nazorat qila olmagan Erondan kelganlardir”, deb aytgan bosh vazir Imron Xonning sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha maxsus maslahatchisi doktor Zafar Mirza 24-mart kuni Islomobodda.

Afgʻoniston hukumati har kuni Erondan majburan chiqarib yuborilayotgan bir necha oʻn ming qochqin masalasini hal qilishga urinmoqda, ularning koʻpchiligida koronavirus aniqlangan yoki gumon qilingan.

Eron va Afgʻoniston oʻrtasidagi eng asosiy chegara hududi boʻlgan Hirot viloyati Afgʻonistonning halokatli virus avj olgan inqirozli nuqtalaridan biri. Eron bilan chegaradosh Turkmaniston esa bu mamlakat bilan barcha chegara punktlarini yopib qoʻygan.

Iroq, Turkiya, Kuvayt va Birlashgan Arab Amirliklari kabi mintaqadagi boshqa mamlakatlarda Eronga borib kelgan fuqarolar taʼsirida kasallanish holatlarining oshgani kuzatilgan.

Jangari aviakompaniya

“Mahan Air” COVID-19 virusi bilan bogʻliq holatgacha ham eʼtibor markazida boʻlgan edi.

IIPKning “Al-Quds” kuchlarini qoʻllab-quvvatlagani uchun 2011-yildan beri AQSH Moliya vazirligi sanksiyalariga uchragan “Mahan Air” koʻpchilik orasida “harbiylashgan aviakompaniya” sifatida tanilgan.

IIPK Afgʻoniston, Pokiston, Iroq, Yaman, Livan va boshqa joylardan kelgan jangarilarni Eron rejimining bilvosita urushlari olib borilayotgan Suriya kabi nuqtalarga tashish uchun ancha yillardan beri “Mahan Air”dan foydalanib keladi.

Bu xizmatchilar orasida afgʻonlar va pokistonliklardan tashkil topgan Fotimiyun diviziyasi va Zaynabiyun brigadasi jangchilari ham boʻlgan.

Yaqindagina Fotimiyun jangchilarining global pandemiyaga naqadar beparvolik bilan munosabatda boʻlgani oydinlashgan edi.

29-mart kuni diviziya sport musobaqalarida ishtirok etuvchi aʼzolarining bir nechta fotosuratlarini eʼlon qildi. Ularda jangchilar inqiroz chogʻida oʻz salomatligini xavf ostida qoldirib, bir-biriga juda yaqin turgani va hatto kurash tushgani aks etgan.

Shu bilan bir vaqtda, Tehron virusning kelib chiqishi haqida turli fitna nazariyalarini tarqatib, Eron rejimining COVID-19 virusiga qarshi kurashishni uddalay olmaganidan eʼtiborni chalgʻitishga urinmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500