Karvonsaroy
Xavfsizlik

Koronavirusga chalingan AQSH harbiylari jangovar shaylikni yoʻqotgani yoʻq

Karvonsaroy va AFP

Suratda: AQSH harbiylari 9-aprel kuni Texasda boshlangʻich tayyorgarlik kursini yakunladilar. [AQSH Markaziy qoʻmondonligi]

Suratda: AQSH harbiylari 9-aprel kuni Texasda boshlangʻich tayyorgarlik kursini yakunladilar. [AQSH Markaziy qoʻmondonligi]

Bir necha ming askar COVID-19 virusini yuqtirganiga qaramay, AQSH harbiylari oʻz dushmanlariga qarata: “Sabrimizni sinamang, biz zaiflashganimiz yoʻq”, demoqda.

Amerika harbiylari bir necha bor “AQSH kuchlari jangovar shaylikni yoʻqotmagani” haqida bayonot berdi, bu orada 10-aprel holatiga harbiy xizmatchilar orasida kasallanganlar soni 2031 nafarni tashkil etgan.

AQSH armiyasida qariyb 2,3 million odam xizmat qiladi.

“Biz hali ham shay holatdamiz va har qanday tahdidga tayyormiz”, dedi 9-aprel kuni shtab boshliqlari Birlashgan qoʻmitasi raisi, general Mark Milli.

11-aprel kuni Los-Anjelesdagi (Kaliforniya shtati) gospital kemada qoʻriqchilik qilayotgan amerikalik askar. [AQSH Markaziy qoʻmondonligi]

11-aprel kuni Los-Anjelesdagi (Kaliforniya shtati) gospital kemada qoʻriqchilik qilayotgan amerikalik askar. [AQSH Markaziy qoʻmondonligi]

“Men dushman tarafga bir-biriga zid xabarlar yetib borishini va ular inqiroz sharoitida imkoniyatdan foydalanib qolishini istamagan boʻlardim”, deb qoʻshimcha qildi u.

“Agar ular shunday deb oʻylasalar, bu mudhish va fojiali xato boʻladi.”

AQSHning harbiy sohadagi shaffofligi va doimiy shaylik

Axborotni yashirish, gʻarazli dezinformatsiya kampaniyalari va chora koʻrishini atayin kechiktirish bilan shugʻullangan Rossiya, Xitoy va Erondan farqli oʻlaroq, AQSH Mudofaa vaziri kasallikning avj olishi borasida shaffof boʻlishga urinib, harbiy xizmatchilar, xodimlar va ularning oilalari orasida infeksiya tarqalishiga oid kunlik maʼlumotlarni eʼlon qilib bordi.

Xodimlar, harbiylarning oila aʼzolari va pudratchilarni qoʻshib hisoblaganda, 10-aprel holatiga Mudofaa vazirligi tizimida kasallanganlar soni jami 3366 kishini tashkil etgan, bir kishi hayotdan koʻz yumgan.

Vazirlik dushman tarafga keragidan ortiq maʼlumot bermaslik uchun, hozirda kasallanish holatlari qayerda qayd etilgani va yakuniy raqamlarni eʼlon qilish bilan cheklanmoqda.

Bu joylardan biri mashhur “Teodor Ruzvelt” aviatashuvchisi boʻlib, bortidagi 4800 odamdan 585 tasi kasallikka chalinib qolgani sababli u ancha vaqt davomida Guamdagi dokda turib qolishga majbur boʻlgan.

AQSHning harbiy strategiyasi dunyo boʻylab istalgan vaqtda oʻz qudratini namoyish etish qobiliyatiga tayanadi.

Mart oyi boshlarida harbiylar suvosti kemalari va yadroviy raketalar uchun ikkita alohida operativ guruh tuzib, “pufakchalar” tizimini yaratdilar.

Jamoa aʼzolari 14 kunga karantinga olinib, alohida-alohida saqlandi, bu biriga infeksiya yuqqan taqdirda, boshqa guruhning tayyor turishiga yordam berdi.

“Suv osti kemasi va tankerda ijtimoiy masofa saqlash imkoni yoʻq. Ammo imkon qadar ehtiyot choralarni koʻrish mumkin”, dedi mudofaa vaziri Mark Esper.

Jangovar shaylikka oid xavotirlar kuchayar ekan, koronavirus bilan kasallanish holatlari yana uchta kemada aniqlangan, ularning hech biri jangovar xizmat oʻtamayotgan edi: “Ronald Reygan” Yaponiyadagi bandargohda, “Karl Vinson” va “Nimitz” Vashington shtatida texnik koʻrikda boʻlgan.

Harbiy dengiz kuchlariga koʻra, kasallangan dengizchilar evakuatsiya qilingan va ularning hammasi sogʻaygan.

Shtab boshliqlari Birlashgan qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, general Djon Xayten AQSH harbiylarining jangovar shayligi kamaymaganini taʼkidlar ekan, harbiy dengiz kuchlari butun flotni kemada COVID-19 virusining tarqalishidan astoydil himoya qilishga urinayotganini aytdi.

“Bu holat boshqa hech qachon takrorlanmaydi, deyish kalta oʻylash boʻladi”, dedi u Ruzvelt bilan yuz bergan holatni nazarda tutib.

Raqiblarning farqli jihatlari

AQSH armiyasidan farqli oʻlaroq, COVID-19 virusiga qarshi kurashayotgan Rossiya, Xitoy va Eron oʻzlari va dushmanlariga zararli boʻlgan bir qator amaliyotlarga qoʻl urganlar.

Bir necha hafta davomida Rossiyada COVID-19 virusining tarqalishi bilan bogʻliq holat Rossiya prezidenti Vladimir Putinni deyarli tashvishga solmadi. Mart oyi oxiriga borib kasallanish kuchaygach, Moskva mamlakat boʻylab harakatlanishni cheklovchi bir qator choralarni qoʻllashga majbur boʻldi.

Mart oyida Putin bilan qoʻl berib koʻrishgan shifokorda virus aniqlanishi ortidan prezident masofadan ishlashni boshlagan. Bu haqda 1-aprelь kuni Kreml xabar berdi.

Bu orada Rossiya va Xitoy rejimlari koronavirus pandemiyasi haqida zararli maʼlumotlar tarqatishda davom etib, dunyo boʻylab odamlar hayotini xavf ostida qoldirmoqda va demokratik jamiyatlarga putur yetkazmoqda, deb xabar bergan Yevropa Ittifoqi.

Xitoy hukumati dastlabki bosqichda pandemiyaga oid maʼlumotlarni yashirib, butun dunyoni misli koʻrilmagan oʻlim holatlariga roʻbaroʻ qildi, endi esa imkonsiz qolgan mamlakatlarga taqchil tibbiy jihozlarni sotmoqda.

Qisman Eron Islom inqilobi posbonlariga tegishli boʻlgan “Mahan Air” aviakompaniyasining ehtiyotsizligi natijasida COVID-19 virusi dunyo boʻylab tarqaldi. Aviakompaniya koronavirus tarqalishi kuchaygan fevral va mart oylarida Eron va Xitoy oʻrtasida oʻnlab reyslarni amalga oshirishda davom etgan. Bu haqda “Farda” radiosi xabar bergan.

Eron hukumati COVID-19 virusidan halok boʻlganlarning koʻpligidan mamlakat boʻylab nomaʼlum ommaviy qabrlar qazigani sunʼiy yoʻldoshlardan maʼlum boʻldi, shunga qaramay, masʼuliyatsiz xatti-harakatlar davom etgan.

Hatto fevral oyida ham Tehron Eronda COVID-19 virusi bilan kasallanganlar soni borasida kamaytirilgan, soxta raqamlarni eʼlon qilgan edi.

Dezinformatsiya

AQShning jangovar shayligi haqidagi savollar, asosan Rossiyadan tarqagan mish-mishlar va dezinformatsiya sababli kelib chiqmoqda, dedi AQSH mudofaa vaziri yordamchisi oʻrinbosari Laura Kuper.

“Biz AQSH va boshqalarning jangovar shayligiga oid bir qator maʼlumotlar tarqaganiga guvoh boʻlmoqdamiz”, deb aytgan Rossiya boʻyicha mutaxassis boʻlgan Kuper muxbirlarga.

Milliga koʻra, 2,3 million xodim orasida 2000 nafarining kasallangani “katta raqam” emas.

“Hamma AQSH harbiylari hali-hamon yuqori jangovar holatda ekanligidan ogoh boʻlishini istayman”, deb aytgan Milli.

“Biz hali ham shay holatdamiz va har qanday tahdidga tayyormiz”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500