Karvonsaroy
Terrorizm

Qirgʻizistonlik tahlilchilar mahkumlarni deradikalizatsiya qilish uchun tizimli yondashuv zarurligini aytmoqda

Munara Borombayeva

Bishkekda koʻchani kesib oʻtayotgan erkaklar, 22-mart. Jazoni ijro etish davlat xizmati maʼlumotiga koʻra, Qirgʻizistonda ekstremizm va terrorizmda ayblangan 204 nafar mahbus bor. [Melisovskiy]

Bishkekda koʻchani kesib oʻtayotgan erkaklar, 22-mart. Jazoni ijro etish davlat xizmati maʼlumotiga koʻra, Qirgʻizistonda ekstremizm va terrorizmda ayblangan 204 nafar mahbus bor. [Melisovskiy]

BISHKEK – Qirgʻiziston qamoqxonalaridagi deradikalizatsiya jarayoni uchun tizimliroq yondashuv zarur, deydi tahlilchilar.

Jazoni ijro etish davlat xizmati GSIN maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning mart oyi holatiga mamlakatda terrorizm va ekstremizmda ayblanib sudlanganlar soni 204 kishini tashkil etmoqda.

2019-yilda ekstremistik va terrorchi guruhlar tarafdorlaridan boʻlgan 21 nafar, 2020-yilda esa 9 nafar mahkum tarbiyaviy-profilaktika ishlari natijasida ushbu guruhlarga aʼzolikdan rasman voz kechib, toʻgʻri yoʻlga qaytdi, deb qoʻshimcha qiladi GSIN.

Erishilgan yutuqlarga qaramay, Qirgʻizistonda sudlangan ekstremistlar va terrorchilarni radikallashuvdan xalos qilish boʻyicha tizimli yondashuv ishlab chiqilmagan, deydi Bishkeklik diniy mutaxassis, professor Qodir Malikov.

Garchi xalqaro va nodavlat tashkilotlar, shuningdek mustaqil tahlilchilar deradikalizatsiya boʻyicha izlanishlar olib borayotgan boʻlsa-da, malakali mutaxassislarning taqchilligi bu boradagi ishlar yetarli emasligidan darak bermoqda.

“Birgina misol, bizda “Mutakallim” ayollar xususiy jamgʻarmasi bor, unda mahbus ayollar bilan ishlashga ixtisoslashgan oʻqituvchi ayollar faoliyat koʻrsatadi, ammo ular radikalizmda ayblangan ayollarga dars bermaydi”, dedi Malikov.

“Qirgʻiziston musulmonlari diniy idorasida (QMDI) bevosita qamoqxonalar bilan ishlaydigan daʼvat boʻlimi bor, ammo unga texnik imkoniyatlar va adabiyotlar yetishmaydi”, dedi u.

Mahbuslar bilan koʻrishish qiyinlashgan

“Bular Qurʼonni tafsir qilish boʻyicha chuqur bilimga ega, ekstremistik guruhlar mafkurasi va tarixini yaxshi biladigan, shuningdek, mahkumlar psixologiyasini tushunadigan mustaqil kadrlar boʻlganida nur ustiga aʼlo nur boʻlar edi”, dedi u mahbuslarni deradikalizatsiya qiladigan mutaxassislarni nazarda tutib.

Shu bilan birga, QMDI deradikalizatsiyaga muhtoj boʻlgan mahbuslar bilan uchrashishda qiyinchiliklarga duch kelgan.

“2003-yildan beri QMDI va GSIN oʻrtasida kelishuv mavjud boʻlib, unga binoan tajribali diniy ulamolar qamoqxonalarni ziyorat qiladi va mahbuslar bilan suhbatlar oʻtkazadi”, deydi qamoqxonalarga borib yuradigan QMDI imomi Bilol hoji Saypiyev.

“Imom 2-3 soat davomida sharʼiy bilimlardan gapiradi, mahbuslar ham bunga xayrixoh. Ular bunday suhbatlardan foyda olayotganliklarini aytmoqdalar”, dedi u.

Saypiyevning aytishicha, avvallari QMDI vakillari faol tergovda boʻlgan va vaqtinchalik izolyatorda saqlanayotgan shaxslarning oldigagina kira olmas edilar. Ular hatto umrbod qamoq jazosini oʻtayotgan mahbuslar bilan uchrashishlari mumkin edi.

“Ammo, oxirgi uch yildan beri biz terrorizm va ekstremizmda ayblanganlar bilan uchrasha olmayapmiz, chunki ular uchun alohida qamoqxona qurilgan”, dedi Saypiyev. “Ular alohida hibsda saqlanadi va bizga ular bilan koʻrishishga ruxsat yoʻq.”

“QMDI GSIN bilan gaplashib, mahbuslar bilan uchrashishga izn olib bermoqchi, sababi deradikalizatsiya jarayonida ularga toʻgʻri bilimlar berilishi zarur”, dedi u.

Deradikalizatsiya rejasi bilan birga, uni kim va qay tarzda amalga oshirishini ochiqlab beruvchi strategiya ham boʻlishi kerak, deydi bishkeklik dinshunos olim va Islomshunoslik instituti direktori Mametbek Mirzabayev.

“Yangiliklarda ilgari terrorizm yoki ekstremizmda ayblanib sudlangan shaxs qayta hibsga olingani haqida eshitib qolamiz. Bunga sabab, u bilan hech kim deradikalizatsiya ishlarini olib bormaganidir”, dedi Mirzabayev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500