OLMAOTA – Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) rahbarlari 10-aprel kuni yangi koronavirusga qarshi hamkorlikdagi choralarni muhokama qilish uchun video-anjuman oʻtkazdilar.
“COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda hamkorlik va hamjihatlik” sammitida Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev, Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeyenbekov, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan ishtirok etishdi.
Anjumanda shuningdek, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus ham qatnashdi.
Qirgʻiziston va Tojikistonga 5 ming tonnadan un yuborish bilan, Qozogʻiston oʻz qoʻshnilarini qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda, dedi Toʻqayev video-anjuman chogʻida.
Toʻqayevga koʻra, shu kunlarda Qozogʻiston ilmiy tadqiqot instituti koronavirusni aniqlovchi diagnostik test ishlab chiqqan va mamlakat bu tajriba bilan oʻrtoqlashishga tayyor.
Ayni vaqtda Jeyenbekov gumanitar yordam va kundalik ehtiyoj mahsulotlarini tashishda chegaralardagi cheklovlarni kamaytirishni taklif qildi. Bu haqda Qirgʻiziston prezidentining matbuot xizmati xabar bergan.
Bu reja maʼmuriy va bojxona toʻlovlari mexanizmlarini soddalashtirish hamda tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida muhim eksport tovarlariga bojlarni kamaytirishni oʻz ichiga olishi lozim, deb qoʻshimcha qilinadi bayonotda.
Prezident Mirziyoyev matbuot xizmati xabariga koʻra, u Turkiy kengash doirasida yagona epidemiologik monitoring tizimini ishlab chiqishni taklif qilgan.
Shuningdek, u kengashga aʼzo davlatlar sogʻliqni saqlash vazirliklari oʻrtasida epidemiologik tadqiqotlar va oʻta xavfli infeksiyalarning oldini olish, tashxislash va davolash boʻyicha maʼlumot va tajriba almashishni yengillashtirish taklifi bilan chiqdi.
Hamkorlikdagi saʼy-harakatlar muvofiqlashtirish guruhining pandemiyaga qarshi kurashiga yordam beradi, deb qoʻshimcha qilgan u.
Pandemiya Turkiy kengash davlatlari uchun jiddiy xavfdir, dedi Nur-Sultondagi Sharq-Gʻarb halqaro geosiyosiy bashorat markazi prezidenti Karligash Nugmanova.
“Onlayn sammit yakunida Turkiy kengashga aʼzo davlatlarda epidemiologik nazoratni yoʻlga qoʻyish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini himoya qilish, iqtisodiyot va biznesni qoʻllab-quvvatlash doirasida bir qator kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi”, dedi u.
Putin turkiy xalqlarni virusga oʻxshatdi
Markaziy Osiyo davlatlari bir necha yillar davomida mintaqada oʻz taʼsirini kuchaytirishga urinayotgan Rossiyasiz qaror qabul qilish va harakat qilish istagida ekanligi Turkiy kengash videosammitida namoyon boʻldi, deydi qirgʻizistonlik sobiq diplomat, bishkeklik Murat Konokbayev.
Pandemiya davrida Markaziy Osiyo davlatlarining Moskvadan hafsalasi yanada pir boʻldi , bu davlatlarning Rossiyada qolib ketgan fuqarolari har kuni fundamental huquqlarining poymol qilinishiga duch kelmoqdalar , dedi u.
Boshqa davlatlar hamjihatlik bilan bir-birini qoʻllab-quvvatlayotgan paytda, Rossiyadagi muhit Markaziy osiyolik mehnat migrantlari uchun tobora xavfli tus olib bormoqda.
Inson huquqlari faollariga koʻra, chegaralar va aeroportlarning yopilishi ortidan Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikistonlik minglab fuqarolar Rossiyada qolib ketishgan.
Rossiya aviakompaniyalari mintaqa mamlakatlarga parvozlarni toʻxtatgan va chipta egalariga pullarini qaytarmagan, mijozlarning chiptalari esa kuygan. Oʻz ishini yoʻqotgani mehnat migrantlari pullari tugagani sabab boshpanasiz qolib ketganlar.
Bu orada, 8-aprel kuni Vazirlar mahkamasi bilan pandemiya borasida videomuloqot qilgan Rossiya prezidenti tarixdan haqoratli misol keltirish bilan omma eʼtiborini tortdi.
“Yurtimiz koʻp qiyinchiliklarni yengib oʻtdi: bijanak va kumanlar (qipchoqlar) zulmini ham koʻrdi. Rossiya bularning barchasidan oʻta oldi. Bu koronavirusni ham daf qilamiz”, deb aytgan u 10-13-asrlarda Yevroosiyoda koʻchmanchi boʻlib yashagan turkiyzabon xalqni zararli va oʻta xavfli virusga taqqoslab.
Qipchoqlar zamonaviy qozoq, qirgʻiz va oʻzbeklarning uzoq tarixdagi ajdodlari hisoblanadi.
Bijanaklar haqida maʼlumotlar yetarli emas, ammo Rossiya qipchoqlar bilan doʻstona munosabatda boʻlgan, lekin 13-asrda tatarlar bosqini vaqtida ularni oʻz holiga tashlab qoʻygan, degan edi qadimgi Rus boʻyicha tarixchi mutaxassis Fedor Uspenskiy Meduza nashriga.
Putinning bu soʻzlari ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga qoldi.
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi va Markaziy Osiyo davlatlari boʻyicha tahlilchi va siyosatshunos moskvalik Arkadiy Dubnovga koʻra, Putinga nutq yozib beruvchi shaxs bijanaklar va qipchoqlarni tilga olib, uning masxara boʻlishiga sabab boʻlgan.
Rossiya prezidentining xavfli virusni turkiyzabon xalqlar ajdodlariga oʻxshatishi juda xunuk ish boʻldi, deydi toshkentlik Shuhrat Muhamedov.
“Putin aqlli va tarixni yaxshi biladi deyishadi. Unda nega bunaqa gaplarni gapiradi?”, dedi u.
Bemaʼnilik
Javob berishFikrlar 3
Oxirgi vaqtlarda turk mamlakatlari yaqindan hamkorlik qila boshlagani quvonarli.
Javob berishFikrlar 3
Maqolaning turgan-bitgani safsata. Putinning soʻzlarini qanday talqin qilinganini qarasangiz-chi!!! Muallif maqolaning oxirida Rossiya tomoni karamli perashkani oʻylab chiqarishda va “Yulduzlar urushi” stsenariysining yozilishiga taʼsir oʻtkazganlikda ham aybdor, deb qoʻshib qoʻymabdi-da!!!
Javob berishFikrlar 3