Karvonsaroy
Terrorizm

Germaniyada AQSH kuchlariga hujum qilmoqchi boʻlgan IDga aloqador 5 gumonlanuvchi hibsga olindi

AFP

2020-yil 15-aprel kuni Germaniya janubidagi Karlsrue shahrida Federal Oliy sud hududidan chiqayotgan politsiya mashinasi, ID terrorchilik guruhiga aʼzolikda gumon qilingan besh tojikistonlik hibsga olinganidan keyingi holat. [Tomas Loxnes/AFP]

2020-yil 15-aprel kuni Germaniya janubidagi Karlsrue shahrida Federal Oliy sud hududidan chiqayotgan politsiya mashinasi, ID terrorchilik guruhiga aʼzolikda gumon qilingan besh tojikistonlik hibsga olinganidan keyingi holat. [Tomas Loxnes/AFP]

BERLIN – Nemis politsiyasi “Islom davlati” (ID) terrorchilik guruhiga aʼzolikda gumon qilingan besh tojikistonlikni hibsga oldi. Ular Germaniyadagi AQSH kuchlariga qarshi hujum uyushtirish niyatida boʻlishgan. Bu haqda chorshanba (15-aprel) kuni prokurorlar maʼlum qilishgan.

Erta tongda Shimoliy Reyn-Vestfaliya yeridagi olti xonadonda va boshqa bir qator obyektlarda oʻtkazilgan reydlar davomida toʻrt gumondor ushlangan. Yana bir tojikistonlik avvalroq qoʻlga olingan edi.

Karlsrue shahar prokuratura maʼlumotlarigat koʻra, ular amerikalik harbiy xizmatchilardan tashqari, Islomni tanqid qilgan shaxslarni ham nishonga olganlar.

2019-yil yanvar oyida IDga qoʻshilishda ayblangan Azizjon B., Muhammadali G., Farhodshoh K., Sunnatullo K. va Ravshan B. ismli gumondorlar dastlab Tojikistonda hujumlar uyushtirishni rejalagan.

Suriyadagi tojikistonlik jangarilar, 2016-yilning 13-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan surat. [Fayl]

Suriyadagi tojikistonlik jangarilar, 2016-yilning 13-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan surat. [Fayl]

Prokurorlarning aytishicha, ular Suriya va Afgʻonistondagi 2 nafar yuqori martabali ID rahnamolaridan koʻrsatma olganlaridan keyin oʻz eʼtiborlarini Germaniyaga qaratganlar.

Bu shaxslar bir nechta obyektlar, jumladan Germaniyadagi AQSH harbiy havo bazalariga hujum qilishni rejalashtirishgan va internet orqali bombaning tarkibiy qismlariga buyurtma berib, oʻqotar qurollar va oʻq-dorilar toʻplagan.

Ular, shuningdek Islomga nisbatan ochiqchasiga tanqidiy fikr bildirgan shaxsga qarshi suiqasd uyushtirishni rejalab, oʻz qurbonlarini kuzata boshlaganlar, deb xabar beradi prokuratura.

Gumondorlardan ikki nafar Albaniyada qotillik sodir etish uchun 40 000 dollarlik (409900 somoniy) kelishuv tuzgan.

Ular Albaniyaga borishgan, rejalari amalga oshmagach, Germaniyaga qaytib kelishgan.

Prokuraturaga koʻra, ular Germaniyada oʻz rejalari va Suriyadagi ID uchun toʻplangan pullarni terrorchi guruhga yoʻnaltirish uchun Turkiyadagi moliyaviy agentlarga yuborganlar.

Der Spiegel nemis haftanomasining yozishicha, 30 yashar Ravshan B. toʻda rahbari boʻlgan.

U 2019-yil mart oyidan beri, yonida qurol topilganidan beri tergov ostida edi, deb yozadi Spiegel.

Ravshan B. portlovchi moslamalar yasash boʻyicha yoʻriqnomalar tarqatganlikda va Albaniyada qotillik sodir etish uchun pul olganlikda ayblanmoqda.

Germaniya jangarilar nishonida

2016-yil dekabr oyidagisi ular ichida eng qonlisi boʻlgan edi – oʻshanda Berlindagi Rojdestvo yarmarkacida yuk mashinasining odamlar ustiga yurib borishi natijasida 12 kishi hayotdan koʻz yumgan edi.

2018-yil iyun oyida nemis politsiyasi ilk bor Germaniyada biologik hujumning oldi olingani haqida xabar bergan, oʻshanda tunislik ID izdoshi zaharli ritsin moddasi va bomba yasashda ishlatiladigan ashyolar bilan qoʻlga olingan edi.

Oʻtgan yilning noyabr oyida esa Offenbax politsiyasi “ID” nomidan portlash sodir etishni rejalashtirishda ayblab, uch kishini hibsga oldi.

Oʻsha oyning oʻzida Berlinda suriyalik fuqaro hibsga olingan, u portlovchi moslama uchun asosiy tarkibiy qismlarini sotib olish va Internetdagi onlayn-chatlarning birida boshqa gumondorlar bilan bomba yasash boʻyicha maslahatlarni muhokama qilishda ayblangan.

Germaniya xavfsizlik xizmatlari hisob-kitobiga koʻra, mamlakatda 11000 ga yaqin radikal fuqarolar bor, ularning 680 nafari oʻta xavfli va zoʻravonlik sodir etishga layoqatli hisoblanadi, bu 2013-yildagi raqamlarga nisbatan besh baravar koʻp.

Germaniya Iroq va Suriyada IDga qarshi kurashayotgan koalitsiyadagi ishtiroki va 2001-yilda Afgʻonistonda oʻz askarlarini joylashtirgani sababli jangari guruhlarning nishoni boʻlib kelmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500