Karvonsaroy
Salomatlik

Uxandagi koronavirus laboratoriyasida oʻtkazilgan xavfli tajribalar pandemiya manbaini soʻroq ostida qoldirmoqda

Karvonsaroy

Fevral oyida Xitoyning Uxan shahridagi kasalxonada COVID-19 bilan ogʻrigan bemorlarni davolash uchun intensiv terapiya boʻlimidagi jihozlarni tayyorlayotgan hamshira. [STR/AFP]

Fevral oyida Xitoyning Uxan shahridagi kasalxonada COVID-19 bilan ogʻrigan bemorlarni davolash uchun intensiv terapiya boʻlimidagi jihozlarni tayyorlayotgan hamshira. [STR/AFP]

AQSH rasmiylari 2018-yilda Xitoyning Uxan shahridagi tadqiqot laboratoriyasi haqida bir necha bor ogohlantirish bilan chiqib, 2020-yilda dunyoni larzaga keltirgan virus turi – koʻrshapalaklardagi koronaviruslar ustida xavfli tadqiqotlar oʻtkazishda yetarli xavfsizlik choralari koʻrmagani haqida ogohlantirgan, deb yozadi seshanba (14-aprel) kuni “Washington Post” nashri.

Bunday ochiqlamalar COVID-19 koronavirusi Xitoy hukumati taʼkidlaganidek, yovvoyi hayvonlar bozoridan emas, balki davlat tomonidan moliyalashtiriluvchi laboratoriyadan kelib chiqqan, degan mish-mishlarni kuchaytirgan.

2018-yilda AQSHning Pekindagi elchixonasi noodatiy ishga qoʻl urib, bir necha bor Uxan virusologiya institutiga (WIV) yetakchi diplomat-olimlarni yubordi. Oʻshanda WIV oʻz saytida bu delegatsiyalar tashrifi haqida ingliz tilida maʼlumot berdi, lekin oʻtgan haftada ularni saytdan olib tashladi, deyiladi hisobotda.

AQSH Davlat departamenti rasmiylari WIV laboratoriyasidagi xavfsizlik va boshqaruvga oid kamchiliklar toʻgʻrisida ogohlantirgan va “laboratoriyaning koʻrshapalak koronavirusi va ularning odamga yuqishi mumkinligi borasidagi tadqiqotlari” va uning “SARSga oʻxshash yangi pandemiya” keltirib chiqarish xavfi borligidan xavotir bildirib, unga koʻproq eʼtibor qaratish kerakligini aytganlar.

Niqob taqqan xavfsizlik xizmati xodimlari Uxandagi “Leyshenshan” kasalxonasi oldida turibdi, Xitoy, 2020-yil, 11-aprel. (Noel Selis/AFP)

Niqob taqqan xavfsizlik xizmati xodimlari Uxandagi “Leyshenshan” kasalxonasi oldida turibdi, Xitoy, 2020-yil, 11-aprel. (Noel Selis/AFP)

Ogʻir oʻtkir respirator sindromi (SARS) pandemiyasi 2002-yil oxirida Xitoyda paydo boʻlgan va 2003-yilda butun dunyo boʻylab 8000 dan ortiq odamni kasallantirgan edi.

2018-yilgi ogohlantirishlardan birida “WIV laboratoriyasi olimlari bilan oʻzaro muloqot chogʻida yuqori darajali izolyatsiyaga ega ushbu yangi laboratoriyaning xavfsiz faoliyat koʻrsatishi uchun talab darajasidagi malakali mutaxassislar va tadqiqotchilar yetishmasligi eʼtirof etilgan.”

Ayrim konspirologlar taʼkidlaganidek, virus sunʼiy yaratilganini isbotlovchi ishonchli dalillar mavjud emas; olimlar koʻp jihatdan virus hayvonlardan kelib chiqqan, degan fikrga qoʻshiladilar.

Ammo, bu virusning hayvonlardan kelib chiqqani – koʻp yillar davomida koʻrshapalak koronavirusini hayvonlarda sinash boʻyicha tajribalar oʻtkazgan WIV laboratoriyasida chiqarilgan boʻlishi mumkinligini inkor etmaydi, deydi Berklidagi Kaliforniya universitetining Axborot maktabining ilmiy xodimi Syao Tsyan.

Koronavirusning Uxan laboratoriyasida paydo boʻlgan-boʻlmagani nomaʼlum, ammo laboratoriya bilan bogʻliq xavotirlar haqiqatga yaqin, dedi u Washington Post nashri bilan suhbatda.

“Menimcha, bu fitna nazariyasi emas. Bu qonuniy tergov qilinishi va javobi izlanishi kerak boʻlgan savol”, dedi u. “Uning qanday paydo boʻlganini aniqlash – kelajakda shu kabi holatlarning oldini olish uchun zarur.”

Tarixni “oʻzgartirish”

Pekin bir necha oydan beri turli fitna nazariyalarini tarqatib, koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq aybni oʻzidan soqit qilishga urinmoqda.

Rasmiylar Xitoyda paydo boʻlgan virus dunyo boʻylab mislsiz tartibsizliklarni keltirib chiqarayotganini anglab yetganlaridan soʻng, Xitoyda dezinformatsiya mashinasi ishlay boshlagan.

Yevropa Ittifoqi, NATO va Katta yettilik davlatlari Xitoy rejimiga qarshi bayonot bilan chiqib, uning butun dunyoda insonlar hayotini xavf ostida qoldirayotgani, demokratik jamiyatlarga putur yetkazib, koronavirus pandemiyasi haqida yomon maʼlumot tarqatishda davom etayotganini qoraladilar.

Virusning vatani boʻlgan Uxanda yangi kasallanish holatlari qayd etilmaganini iddao qilayotgan Xitoy rasmiylarining qanchalik ishonchli maʼlumot berayotgani xalqaro hamjamiyatni tashvishga solmoqda.

Agar Xitoy rasmiylari avval-boshdan yangi koronavirus haqida ochiq maʼlumot berishganida, dunyo hozirda COVID-19ga qarshi kurash uchun ancha yaxshi holatda boʻlar edi, dedi virusga qarshi kurashdagi yetakchi figuralardan biri Entoni Fauchi.

Endilikda butun dunyoga, jumladan, Afgʻoniston, Pokiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropaga tibbiy jihozlar eksport qilayotgan Xitoy inqiroz sharoitida oʻzini olijanob qudratli davlat qilib koʻrsatishga urinmoqda.

Biroq, Pekin niqoblar va boshqa himoya vositalarini sotishdan milliardlab dollar daromad qilayotgan bir paytda, uning sifatsiz yoki nosoz tibbiy mahsulotlaridan shikoyat qilayotgan mamlakatlar koʻpaygan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500