Karvonsaroy
Salomatlik

Pekinning voqelikni yashirishi yanvar oyida COVID-19 virusining halokatli tarzda avj olishiga sabab boʻldi

Karvonsaroy

Suratda: Uxandagi temiryoʻl vokzali. Minglab yoʻlovchilar Yangi yil bayramini nishonlab, oʻz uylariga oshiqmoqdalar. 2020-yilning yanvar oyida Xitoy rasmiylari shaharda halokatli COVID-19 virusi avj olganiga qaramay, ushbu bayramni oʻtkazishga ruxsat berishgan. [STR/AFP]

Suratda: Uxandagi temiryoʻl vokzali. Minglab yoʻlovchilar Yangi yil bayramini nishonlab, oʻz uylariga oshiqmoqdalar. 2020-yilning yanvar oyida Xitoy rasmiylari shaharda halokatli COVID-19 virusi avj olganiga qaramay, ushbu bayramni oʻtkazishga ruxsat berishgan. [STR/AFP]

PEKIN – Xitoy hukumatining COVID-19 koronavirusi borasidagi qariyb bir haftalik sukuti butun dunyoni pandemiyaga ilk bosqichdayoq chek qoʻyish imkoniyatidan mahrum qildi. Bu haqda Associated Press (AP) axborot agentligi shu haftada xabar bergan.

Xitoy rasmiylari halokatli virus tarqalganini zimdan anglagan boʻlsalar-da, kasallik markazi boʻlgan Uxan shahrida oʻn minglab odam ishtirokida ommaviy ziyofat uyushtirishga va virusni har tomonga yoyishga ruxsat berishdi.

Bayonot olti kunga kechikdi. Nihoyat, XXR raisi Si Szinpin 20-yanvar kuni ommaga ogohlantirish bilan chiqdi. Biroq, AP ixtiyoriga kelib tushgan hujjatlar va ekspertlarning hisob-kitoblariga koʻra, bu vaqtga kelib, (14 dan 19-yanvarga qadar boʻlgan muddat ichida) 3000 dan ortiq odam kasallanib ulgurgan edi.

“Olti kun avval chora koʻrilganida kasallanganlar soni kamroq, tibbiy muassasalar ham yetarli boʻlar edi”, deb aytgan Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti epidemiologi Szo-Fen Chjan.

Xitoyning Uxan shahridagi koronavirus bilan ogʻrigan bemorlar kasalxonasi devoridagi XXR raisi Si Szinpinning surati oldidan oʻtib ketayotgan erkak, 11-aprel, 2020-yil. [Noel Selis/AFP]

Xitoyning Uxan shahridagi koronavirus bilan ogʻrigan bemorlar kasalxonasi devoridagi XXR raisi Si Szinpinning surati oldidan oʻtib ketayotgan erkak, 11-aprel, 2020-yil. [Noel Selis/AFP]

Ushbu daʼvolar virusning rasmiy Pekin taʼkidlaganidek hayvonlar bozoridan emas, balki xavfli sharoitlarda koʻrshapalak koronavirusi ustida tadqiqotlar olib borgan Uxandagi laboratoriyadan tasodifan chiqib ketgani haqidagi dalillar koʻpayib borayotgan bir vaqtda yuzaga chiqqan.

Shaffoflikning yoʻqligi

Olti kunlik kechikish kasallanishning ikkinchi haftasi oʻrtalaridan boshlangan, bu vaqt ichida Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi (CDC) rasman virusga chalinish holatlarini qayd etmagan, aslida esa 5-17-yanvar kunlari davomida yuzlab odamlar COVID-19 virusi bilan mamlakat kasalxonalariga olib kelingan.

Pekinning axborotni qatʼiy nazorat qilishi, byurokratiya va yomon xabarlarni tarqatmaslik istagi tufayli ilk ogohlantirishlar eʼtiborsiz qoldirildi, deydi kuzatuvchilar.

“Bu esa vaziyatni ogʻirlashtirib, rasmiylarni chegaradan chiqmaslikka undadi”, dedi Yel universiteti siyosatshunosi Daniyel Mattingli Sining avtoritar hukumati amaldorlarni chegaralashini nazarda tutib.

Xitoy rasmiylari 13-yanvar kuni mamlakatdan tashqarida – Tailandda birinchi kasallanish holati qayd etilganidan soʻng chora koʻrishni boshlaganlar.

Xitoy rasmiylari omma oldida sukut saqlasa-da, kasallik tarqalishiga qarshi yashirin chora koʻrishga urindilar, ammo Xitoy aholisi va boshqa davlatlarni xabardor qilmaganliklari sabab bu choralar samaradorligi cheklangan edi.

Davlat sogʻliqni saqlash komissiyasiga rahbarlik qiluvchi vazir Ma Syaovey 14-yanvarda viloyat sogʻliqni saqlash mutasaddilari bilan maxfiy tele-anjuman oʻtkazgan.

Mazkur tele-anjumandan soʻng Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi 15-yanvarda yuqori darajadagi favqulodda choralar koʻrishni boshlagan. 63 sahifadan iborat maxfiy koʻrsatmalar viloyatlardagi sogʻliqni saqlash rasmiylariga yuborilgan.

Ammo rasmiylar jamoatchilik oldida xavfni kamaytirib koʻrsatishga urindilar.

Xitoyning CDC favqulodda vaziyatlar markazi rahbari Li Tsun 15-aprel kuni Xitoy davlat televideniyesiga bergan intervyusida shunday dedi: “Kasallikning insondan insonga yuqish xavfi juda kam, degan xulosaga keldik.”

Oxir-oqibat, 20-yanvar kuni Si oʻz xalqiga kasallikni “jiddiy qabul qilish” kerakligini aytgan.

Hukumat bir hafta oldin ijtimoiy masofa joriy qilish, niqob taqish va harakatlanishni cheklash talabini qoʻyganida, kasallanish holatlari uchdan birga qisqargan boʻlardi, deyiladi tadqiqotlarning birida.

Halokatli kechikish

Pekinning mudhish sukuti kasallarning koʻpayib ketishiga sabab boʻldi.

Uxanda kasallanish holatlari juda tez va shiddat bilan koʻpaya boshladi –masalan, 17-yanvarda 4 ta, 18-yanvarda 17 ta va 19-yanvarda 136 ta bemor bor edi.

Virus Xitoydan butun dunyoga tarqaldi, insonlar hayotini xavf ostida qoldirib, misli koʻrilmagan gumanitar va iqtisodiy ziyonlar keltirib chiqardi. Juma, 17-aprel holatiga koʻra, dunyo boʻylab 2165500 kasallanish va 145705 oʻlim holati qayd etilgan.

Xitoyda COVID-19 virusining tarqalishini nazoratga olgan rasmiy Pekin nosoz tibbiy jihozlar sotish va ijtimoiy tarmoqlarda pandemiya kelib chiqishi haqida dezinformatsiya tarqatishga oʻtdi.

Pekin oradan uch oy oʻtib ham, COVID-19 virusi borasida shaffoflikka erishmadi. 17-aprel kuni Uxan maʼmurlari shaharda 1290 ta oʻlim holatini qayd etganlar, deb xabar beradi AFP nashri. Bu raqamlar ortidan shahardagi oʻlim holatlarning umumiy soni 3869 taga yetgan.

Shunday boʻlsa-da, Xitoyda COVID-19 virusidan halok boʻlganlarning yana qanchasi haqida xabar berilmagani savollarni keltirib chiqarmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500