Karvonsaroy
Diplomatiya

Qozogʻiston oʻz suverenitetini soʻroq ostiga qoʻyadigan maqola yuzasidan Xitoyga norozilik notasi yoʻlladi

Kanat Altinbayev

Xitoy va Qozogʻiston bayroqlari, Indoneziyaning Palembang shahrida 2018-yilgi Osiyo oʻyinlarida xotin-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan juft tuzoqli oʻq otish musobaqasi gʻoliblariga medallar topshirish marosimi. Qozogʻiston Sohu.com saytida chop etilgan “Nega Qozogʻiston Xitoyga qaytishga intilmoqda?” nomli maqola yuzasidan Pekinga norozilik notasi yuborgan. [Adek Berri /AFP]

Xitoy va Qozogʻiston bayroqlari, Indoneziyaning Palembang shahrida 2018-yilgi Osiyo oʻyinlarida xotin-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan juft tuzoqli oʻq otish musobaqasi gʻoliblariga medallar topshirish marosimi. Qozogʻiston Sohu.com saytida chop etilgan “Nega Qozogʻiston Xitoyga qaytishga intilmoqda?” nomli maqola yuzasidan Pekinga norozilik notasi yuborgan. [Adek Berri /AFP]

NUR-SULTON – Seshanba (14-aprel) kuni rasmiy Ostona Xitoy saytlarining birida chop etilgan “Qozogʻiston tarixan Xitoyning bir qismi boʻlgani va oʻz qoʻshnisi tomon intilayotgani” haqidagi maqola yuzasidan Pekinga norozilik notasi yoʻlladi.

Xitoyning Sohu.com veb-saytida “Nima uchun Qozogʻiston Xitoyga intilmoqda” sarlavhali maqola chop etilishi ortidan Xitoy elchisi Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan, deb xabar beradi 14-aprel kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL).

Maqola muallifi Qozogʻistonning oʻz hududiga nisbatan suverenitetini shubha ostiga olib, bu yerlar tarixda Xitoyga qarashli boʻlgani va “Qozogʻiston Sin sulolasining vassali boʻlganini” taʼkidlagan.

“Qozogʻistonning kichikroq shaharlarida yashovchilar oʻzlarini Li Bo (sakkizinchi asrda yashagan xitoylik shoir) avlodlari deb biladi, ulardan ayrimlari esa oʻzini Xan (Xitoyning eng yirik etnik guruhi) deb ataydi”, deyiladi maqolada. Maqolada aynan qaysi shaharlar nazarda tutilgani haqida maʼlumot yoʻq.

14-aprel kuni Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Shaxrat Nurishev va Xitoyning Qozogʻistondagi elchisi Chjan Syao oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Nurishev mazkur maqolaga norozilik izhor qilgan, deyiladi Qozogʻiston TIV bayonotida.

Xitoyning sassiz munosabati

Uchrashuv haqida oʻzining Facebook sahifasida xabar qoldirgan Xitoy elchisi muhokamaning asosiy mavzui haqida lom-mim demagan. “Ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida axborot maydonini soxta xabarlardan tozalash muhimligiga eʼtibor qaratildi”, deb yozadi elchi.

Bir qancha obunachilar xabarga “Gʻazab” tugmasini bosib munosabat bildirishgan.

Oxirgi yillar davomida Shinjon (Xitoy) maʼmurlarining yuz minglab musulmonlar, jumladan etnik qozoqlarni qayta tarbiyalash lagerlariga joylashtirishi ortidan ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar taranglashgan.

Ushbu hududda kamida 1,5 million etnik qozoq yashaydi, ular oʻz soniga koʻra uygʻurlardan keyin ikkinchi oʻrinda turuvchi turkiy guruhdir.

“Baʼzan (maqolaning asl manbai) shaxsiy fikrni bildirish orqali auditoriyaning reaksiyasi oʻrganiladi”, deb yozadi olmaotalik siyosatshunos, TIV va Yevropadagi diplomatik vakolatxonalarida 18-yillik ish tajribasiga ega Kazbek Beysebayev oʻzining Facebook sahifasida.

“Albatta, Xitoy saytida chiqqan bu maqolani kimningdir shaxsiy fikri, deyish ham mumkin, lekin davlat tuzilmalari va Kommunistik partiyaning Xitoy ommaviy axborot vositalaridagi oʻrni va mavqeini inobatga oladigan boʻlsak, bu gapga ishonish qiyin”, dedi Beysebayev.

“Elchini chaqirish va unga norozilik notasi taqdim etish – soʻnggi chora. Bu, odatda, davlatlar oʻrtasidagi tanglik yuzaga kelganida sodir boʻladi”, deb qoʻshimcha qildi u.

Beysebayevning taʼkidlashicha, 2014-yil fevral oyida Rossiya bilan ham shunday vaziyat yuzaga kelgan edi. Rossiya parlamenti aʼzosi Vladimir Jirinovskiy Markaziy Osiyo davlatlari, shu jumladan Qozogʻistonni Rossiya tarkibiga qoʻshib olishga chaqirgach, Qozogʻiston TIV norozilik notasi yuborgan.

Qozogʻiston diplomatlari voqeaga rasman norozilik bildirib toʻgʻri qildilar, deydi Nur-Sultonlik siyosiy sharhlovchi Baurjan Tolegenov.

“Xitoy tarafga intilmayotganimizni unga bildirish, qolaversa, buni qozoqlarga ham anglatishning eng yaxshi usuli shu edi”, dedi u.

Pekinning Qozogʻistonga oid siyosati jamiyatimiz uchun juda ogʻriqli mavzu, bizda hatto bu boradagi shaxsiy fikrlarga ham munosabat asabiy”, dedi Tolegenov.

Yuz bergan voqea shuni koʻrsatmoqdaki, soʻnggi yillarda mamlakatdagi aksilxitoy kayfiyati Qozogʻiston hukumatini tashabbusni qoʻlga olishga va mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilish uchun chora koʻrishga undamoqda, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 6

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Xitoyni qoʻllab-quvvatlayman, Markaziy Osiyoning shimoliy va sharqiy qismi ularga tegishli ekanini iddao qilishlarini toʻgʻri deb bilaman, janubiy va gʻarbiy qismi esa Eron/Fors yerlari.

Javob berish

jalap Xitoyni tagiga yot

Javob berish

[Biz] Xitoy bilan chegarani yopib, ular bilan imzolangan hamma shartnomalarni bekor qilishimiz kerak. Qozogʻistondan barcha xitoyliklarni chiqarib yuborish va ularni kirgazmaslik (kerak). [Biz] ular ustidan Sharqiy Turkistondagi TURKIY XALQLARGA (qozoqlar, uygʻurlar, qirgʻizlar, oʻzbeklar va tatarlarga) qarshi sodir etilgan genotsid uchun Xalqaro sudga shikoyat qilishimiz va Xitoyga qarshi iqtisodiy blokada joriy etishimiz kerak. Xorijiy ishlab chiqarish korxonalarini Xitoydan Qozogʻistonga koʻchirish lozim. Xitoyga tovar va xomashyo eksportini, XXRdan importni taqiqlash (kerak). Sharqiy Turkiston, Tibet, ichki Moʻgʻuliston, Tayvan va Gonkongni mustaqil davlat sifatida tan olish. Sharqiy Turkiston, Tibet va ichki Moʻgʻulistondagi Xitoy aholisini ichki viloyatlarga koʻchirish kerak. Dunyoning barcha mamlakatlaridan xitoyliklarni chiqarib yuborish. Xitoy tilini Xitoydan tashqari hamma joyda taqiqlash. Xitoyni BMT Xavfsizlik kengashi tarkibidan chiqarish kerak.

Javob berish

Oʻzing amallaysanmi?
Yordam kerakmi? Shunchaki soʻradim!

Javob berish

Xitoyliklarni Markaziy Osiyodan quvib solish kerak. Ruslar esa vatandoshlarni koʻchirish dasturiga muvofiq oʻzlari Rossiyaga ketadilar.

Javob berish

Ularning tabassumiga qaramang; bu tabassum va moliyaviy vaʼdalar ortida kobraning hiylasi bor. Sharof Rashidov prezidentligi davrida mamlakatga Xitoy va Hindiston vakillari kelishgan, lekin negadir juda tez ketib qolishgan. Uylarning tomlariga lazer oʻrnatish, mikrochiplash amaliyotlari sizga nimanidir anglatmayaptimi? Pasportlaringizga qarang, hamma kodlarimiz yozilgan yoki qizil kaftlaringiz va bilaklaringizga boqing. Mayda qon tomirlarining tiqilib qolishi, barmoqlardagi uvishish – bu mobil telefonlaringizning radiatsiyasi kuchaygani sababli qon aylanishining buzilishidir. Ularning koʻrsatkichi 148 birlikdan yuqori boʻlsa, lazer nurlari radioaktivligini tekshirish kerak. Ha, bizni asta-sekin yoʻq qilishmoqda, virusni ham ular tarqatishgan. Nahotki, bizning DXX va odamlarning oʻzi mahalla nimaga kerakligini tushunmasa? Nega mahallalar huzurida yoshlar nazorati, tashkilotlarlarda esa davlat nazorati joriy qilinmaydi, hovlilarda navbatchilar tayinlanmaydi? Mahallalarda Timur jamoalari singari keksalarga yordam beradigan, uylarini supuradigan, dorixona va oziq-ovqat doʻkonlariga borib xaridlar qilib beradigan 20 va undan katta yoshdagi yigitlar bor. Prezidentimiz ijtimoiy markaz ochganidan juda mamnun boʻldim. Prezident farmoniga koʻra qancha vaqt davomida yoshlarga bilim berdim. Biz oqsoqollar – urush bolalarimiz. Yoshlar bizga quloq solsa, hammasi yaxshi boʻladi. Aytgancha, 13 foizlik zakot qani? Berishsin xalqqa. Aholiga har haftalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari bilan yo

Javob berish